Ochiq darsi hujjatlari




Download 21,76 Mb.
bet27/36
Sana03.06.2024
Hajmi21,76 Mb.
#259811
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
Bidosheva Saida Rajab qzi

Matematik funksiyalar


t/r

Funksiya

Vazifasi










1.

ФАКТР

argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblaydi

8.

НОД




Ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblaydi






















2.

ABS

Argument qiymatining modulini hisoblaydi

9.

НОК




Ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik umumiy bo‘linuvchisini hisoblaydi

3.

LN

Sonning natural logarifmini hisoblaydi

10.

ОКРУГЛ




Haqiqiy sonni yaxlitlaydi

4.

EXP

Sonning eksponentasini hisoblaydi

11.

СУММ




Ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini hisoblaydi

5.

SIN

Sonning sinusini hisoblaydi

12.

ПРОИЗВ




Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini hisoblaydi

6.

COS

Sonning kosinusini hisoblaydi

13.

ЗНАК




Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol bo‘lsa 0 nichi qaradi

7.

TAN

Sonning tangensini hisoblaydi (radianda)

14.

КОРЕНЬ




Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi

  • Sin(son)- radian o’lchov birligidagi songa mos burchakning sinusi.

  • Asin(son)- sinusi songa mos bo’lgan burchak

  • EXP(son)- e=2,718282 ning songa mos darajasi

  • Макс(son)- sonning eng katta qiymatini aniqlaydi.

  • Мин(son)- sonning eng kichik qiymatini aniqlaydi.

  • СРЗНАЧ(son)- sonning o’rta arifmetik qiymatini aniqlaydi.

  • ДЛСТР(matn)- matdagi belgilar sonini aniqlaydi.

  • ЛЕВСИМВ(matn, belgi soni)- matndagi eng chapdagi berilgan sondagi belgilarni kesib ko’rsatadi.

  • ЗАМЕНИТЬ(eski matn, qaysi o’rindan, nechtasi o’rniga, Yangi matn)- eski matnning belgilarini Yangisiga almashtiradi

Nazorat savollari !
1. Funksiya grafigini hosil qilish ketma-ketligini tushuntirib bering.
2. Y=sinx funksiyani grafigini hosil qiling.
3. Y=cos2 x funksiyani grafigini hosil qiling
4. Y=sin2 x funksiyani grafigini hosil qiling.
5. Y= x2 va Y= x3 funksiyalarning grafiklarini bitta oynada hosil qiling.

Statistik funksiyalar 


Reja:
1. MS Excelda statistik funksiyalar haqida umumiy ma’lumot.


2. МАКС fuksiyasini tanlash .ketma-ketligini tushuntirish.
3. Berilgan sonlarni o’rta arifmetigini hisoblash.




Mashq. MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud:

C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;


D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
Bajarish:
A1:A10 va B1:B10 bloklariga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi;
C1 katagida A1:B1 blokining = ПРОИЗВЕД(A1:B1) ko‘paytmasi hosil qilinadi;
D1 katagida A1:B1 blokining =A1+B1 yig‘indisi hosil qilinadi;

MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi. Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:
1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;
2-usul. Menyuning formulalar satri bandini tanlash orqali, bu holatda quyidagi oyna o‘chiladi:

MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz quyida ayrim
funksialar va ularning vazifalarini keltiramiz:

Nazorat savollari !
1. Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash
ketma-ketligini tushuntirib bering?
2. Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki
usulda bajaring.
3. Mustaqil ravishda СЧЁТЕСЛИ funksiyasi yordamida bironta mashq o‘ylang va uni bajaring.

9-MA’RUZA


MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish. O.N. №2.

Reja:


1. Tenglamalarni grafik usulida yechish ketma-ketligini tushuntirish.
2. Kvadrat tenglamani yeching .

MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik


usulda yechish imkoniyati mavjud. Buning uchun tenglamalar yoki
tenglamalar sistemasini funksiyalar ko‘rinishiga keltriladi. Grafikni tahlil
qilish orqali tenglamalarning taqribiy yechimlari aniqlanadi.
Mashq. x4- 2x3 -3x2 +1=0 tenglama yechimlar yotgan oralig‘ini toping.
Bajarish:
 A1 katakka x, A2 ga f(x) kiritiladi;
 B1:F1 da x ning qiymatlari kiritiladi;
 B2 quyidagi formulani kiritamiz: =B1^4-2*B1^3-3*B1^2+1;
 C2:F2 blokdagi kataklarga yuqoridagi formulaning nusxasi
ko‘chiriladi. Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi:

Jadvaldan qaralayotgan tenglamaning yechimi (0;1) va (2;3) oraliqlarda
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qaralayotgan oraliqni yanada maydalash hisobiga
izlanayotgan yechimga yetarlicha yaqinlashishimiz mumkin.

Nazorat savollari !

10-MA’RUZA


Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha 

Reja:
1. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha.


2. Ma’lumotlar omborining asosiy elementlari va maydon xususiyatlari.
3. MS Accessda ma’lumotlar omborini tashkil etish .
Ma'lumotlar deb ma'lum bir shaklga qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash, va uzatish uchun yaroqli bo'lgan voqelikka aytiladi.
Borliqni ma'lum bir sohasi bo'yicha birlashtirgan ma'lumotlar to'plami ma 'lumotlar ombori deb yuritiladi.
«Ma'lumotlar ombori» deyilganda ma'lum bir obyekt holatini aks ettiruvchi o'zaro bog'langan ma'lumotlar to'plamining avtomatik tarzda ishlashini ta'minlovchi tizim tushuniladi.
Ma'lumotlar bazasi - bu o'zaro bog'langan va tartiblangan ma 'lumotlar majmuasi bo 'lib, ko 'rilayotgan ob 'ektlarning xususiatini, holatini va ob 'ektlar o'rtasidagi munosabatni ma 'lum sohada tavsiflaydi Ma'lumotlar omborini boshqarish sistemasi deb, ma'lumotlar omborini yaratish, ishlatish va ko'pchilik foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanishni ta'minlovchi tillar hamda dastur ta'minotlari to'plamiga aytiladi.
Ma’lumotlarning turlari
Kompyuterlarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o‘z ichiga turli kasb egalariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli yetarlidir, chunki foydalanuvchiga yetkazilmoqchi barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan iborat bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, axborotlar tizimini yaratuvchi yana ikkita ma’lumot turi – sanalar va mantiqiy o‘zgaruvchilardan xabardor bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo – raqamli belgilar majmuidan iborat masalalan, «5», «Vatan», «10+25», …). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» gat eng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o‘lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasining o‘z ichiga olgan matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin.

Download 21,76 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Download 21,76 Mb.