Ochiq darsi hujjatlari




Download 21,76 Mb.
bet24/36
Sana03.06.2024
Hajmi21,76 Mb.
#259811
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Bidosheva Saida Rajab qzi

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g’inlarini o‘zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z- o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama- qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – Yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqothamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

1-BOB. OFIS DASTURLARI VA ULARNING YANGI IMKONIYATLARI.



1-ma’ruza
Amallar va sodda ifodalarni hisoblash.


Reja:

  1. Microsoft Excel electron jadvalining asosiy elementlari.

  2. Ilovalar darchasining asosiy elementi.

  3. MS Excelda matematik masalalarni yechish

Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operatsion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan. Qayd etilgan ishlar ko’lami Excelning asosiy imkoniyatlarini belgilaydi.Excel electron jadvali 65536 ta qator va 256 ustundan iborat.Qatorlar 1da 65536 gacha raqamlangan ,ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A,B,….,AA,AB,…..IV) bilan belgilangan.Qator va ustunlar kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy asosiy elementi-yacheyka joylashgan. Har bir yacheykaga son ,matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi.Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lish talab etiladi.
Inson o’z ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma'lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba'zida esa, murakkab bo’lgan ishlarini bajarishga majbur bo’ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi harid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro’zg’or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.
EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
— sonli ifodalar;
— formulalar.
Matnli ma'lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o’z ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
EXCELning asosiy ishlov berish ob'ekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokument­lari) ixtiyoriy nomlanadigan va .xls kengaytmasiga ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Uar bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Ular bir ishchi varaq uz nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.

Download 21,76 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Download 21,76 Mb.