|
Ochiq darsi hujjatlari
|
bet | 23/36 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 21,76 Mb. | | #259811 |
Bog'liq Bidosheva Saida Rajab qzi«A’lo»
|
«YAxshi»
|
«Qoniqarli»
|
«Qoniqarsiz»
|
Joriy nazorat
|
|
|
|
| |
5
|
4
|
3
|
2
| |
5
|
4
|
3
|
2
|
Oraliq nazorat
|
5
|
4
|
3
|
2
|
Yakuniy nazorat
|
5
|
4
|
3
|
2
|
Jami:
|
5
|
4
|
3
|
2
|
2-ilova
Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari
K o` r s a t k i ch l a r
|
Baholar
|
5
|
4
|
3
|
2
|
Tayanch bilimlarini aniqlash: “Blits so`rov” usulidagi faolliklari
|
Savollarga to`liq javob beradi.
|
Savollarga noto`liq javob beradi.
|
Savollarga qisman javob beradi.
|
Savolllarga umuman javob bermaydi.
|
Bilimlarini mustahkamlash: “Muammoli vaziyat” usulidagi faolliklari
|
Masalani to`liq tahlil qilib, savollarga to`liq javob beradi.
|
Masalani to`liq tahlil qilib, savollarga
noto`liq javob beradi.
|
Masalani tahlil qilib, savollarga qisman javob beradi.
|
Masalani tahlil qila olmaydi, savollarga javob bermaydi.
|
Jami:
|
5
|
4
|
3
|
2
|
3-ilova
Kichik guruhlar faolliklarini baholash mezonlari
K o` r s a t k i ch l a r
|
Maks.bah o
|
Guruh ishi natijalarining bahosi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Ma’lumotning to`liqligi
|
5
|
|
|
|
|
|
Taqdimot (ma’lumotning chizmali tarzda taqdim etilishi)
|
5
|
|
|
|
|
|
Guruhning faollik darajasi (qo`shimchalar kiritish, savol-javoblar berish)
|
5
|
|
|
|
|
|
Baholarning maksimal hajmi
|
5
|
|
|
|
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QORAQOLPOG’ISTON RESPUBLIKASI
KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
VA MUVOFIQLASHTIRISH
BOSHQARMASI
AMUDARYO TUMANI 1-SON
KASB-HUNAR MAKTABI
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN
MAVZULAR TO’PLAMI
Fan o’qituvchisi: Bidosheva S
Mundarija.
Kirish.
1. Amallar va sodda ifodalarni hisoblash.
2. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi.
3. Boshqa varaq yoki kitobga murojaat.
4. Funksiya argumenti oynasi.
5. Matnli funksiyalar. Matn bilan ishlash.
6. Mustahkamlash uchun amaliy mashg’ulot.
7. Matematik funksiyalar.
8. Statistik funksiyalar.
9. MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish.
10. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha .
11. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi.
12. MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati.
13. MS Access dasturida ma’lumotlar omborini tashkil etish.
14. MS Accessda jadvallarni o’zaro bog’lash.
15.MS Accessda ma’lumotlarni berilgan shablon boyicha izlash.
16. Amaliy mashg’ulot.
17. Delphi dasturlash tilida loyihalar.
18. Delphini ishga tushirish va unda ilova yaratish .
19. Boshqarish tugmasi.
20. “Shaklni quvish” loyihasiShape komponenti.
21. “Parol kiritish oynasi” loyihasi: Edit komponenti.
22. “Raqamli soat hosil qilish” loyihasi Timer komponenti.
23. “Futbol to’pini sakratish” loyihasi: Image komponenti.
24. Chiziqli jadval elementlari yig’indisini hisoblash loyihasi: String Grid komponenti.
25. Ilovada bayroqchalardan foydalanish.
26. Ilovada radiotugmalar guruhidan foydalanish.
27. ListBox va ComboBox obyektlari .
28. Rasmga boshqa obyektlarni joylash.
29. Grafik va animatsion ilovalarga misollar.
30. Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari.
31. Nashriyot tizimlari. Page Maker dasturi va unda ishlash asoslari.
32. 1C buxgalteriya dasturi va unda ishlash asoslari.
KIRISH
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy va ma‘naviy Yangilanish uchun keng yo‘llar ochildi. Shu bois Respublikamizning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan ta‘minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi telekommunikattsiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi.
Mazkur qo‘llanma kirish, ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari hamda nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o‘qitish texnologiyalaridan tarkib topgan.
Ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari bo‘limida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning dolzarbligi asoslangan, mazkur fanning tuzilmasi keltirilgan hamda kurs bo‘yicha o‘qitishning mazmuni ochib berilgan. Shu bilan birga o‘qitish, kommunikatsiya, axborot va ta’lim jarayonini boshqarish usullari va vositalarining kontseptual asoslari, pedagogik texnologiyalarning yo‘nalishlari, muammolari va echimlari, tamoyillari, Yangi pedagogik texnologiyalarning istiqbollari yoritilgandir. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘qitish texnologiyalari loyihalashtirilgan:
nazariy mashg’ulotlarini olib borishning axborotli ma’ruza, muammoli ma’ruza, vizuallashtirilgan ma’ruza, konferentsiya ma’ruzalar ko‘rinishlari qo‘llanilishi;
amaliy mashg’ulotlarni olib borishning topshiriqlarni individual tarzda yoki guruhda bajarilishi, muammoli amaliy mashg’ulot hamda bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlarning bajarilishi.
« INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» FANINING DOLZARBLIGI VA O‘QITISH STRUKTURASI
Fanning asosiy maqsad va vazifalari
Informatika va axborot texnologiyasi fanining o‘quv ishchi dasturi kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining informatika asoslarini o‘zlashtirishlari va kompyuterdan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish malaka va ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan.
Informatikaning asosiy maqsadi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga informatikaning nazariy va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta‘minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma‘lumot berishdan iborat.
Informatikaning asosiy vazifasi- axborotning qayta ishlashning Yangi usullari va vositalarini yaratish hamda nazariyada olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iboratdir. Qo‘llanmani tuzishda mavzularning uzviy ketma-ketligi va ta‘limning ushbu bosqichida “Informatika va axborot texnologiyalari” kursining o‘qitilishi ham e‘tiborga olingan. Shuning uchun dasturda axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalargina
berilib, uning texnik vositalari bilan to‘liq tanishtirish va ularda ishlash ko‘nikmalarini shakillintirish ko‘zda tutilmagan.
O‘quv ishchi dasturda sxemali yoritishdan iborat bo‘lib, dasturning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, uni qismlarga bo‘ligan halda sxema tarzda yoritilgan. Har bir qism o‘z nomi bilan ataladi.
Axborotni turlari, ularni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish yo‘llarini, axborotning sifat ko‘rsatkichlari, jamiyatda axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyatni axborotlashtirishning huquqiy asoslari, axborotlashganlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari, axborot xafsizligi, axboriy xuquq va etika, o‘z kasbiy faoliyatda axborotning roli va ahamiyati, informatika va axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi, xususan o‘z kasbiy sohadagi o‘rni, roli va vazifalarini bilishi va ular haqida tushunchalarga ega bo‘lishi.
kompyuterni axborotga ishlov beruvchi vosita sifatidagi rolini, kompyuter dasturlari va ularning axborotlarga ishlov berish jaryonidagi o‘rnini, shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibini, tizimli blok va uning tuzilmasini, kompyuterda ma‘lumotlarni tashkil etish va saqlashni bilishlari;
Ofis dasturlari paketi va uning tarkibini, zamonaviy matn protsessorlarining imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi, gipersslkalar, rasmlar va murakkab jadvallar bilan ishlay olishi, zamonaviy jadval protsessorining imkoniyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi, taqdimot yaratishning dasturiy ta‘minoti haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi va Power Point dasturida murakkab animatsion taqdimotlarni yarata olishi, kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi ;
grafik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini, kompyuter grafikasi va uning turlarini, tasvirlarni grafik muharrir uskunalari(skaner, grafik planshet) yordamida kiritish va qayta ishlash yo‘llarini, rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta‘minotini bilishi, PhotoShop, CorelDraw dasturlaridan birida ishlay olishi, Ikki va uch o‘lchovli grafika haqida bilimga ega bo‘lishi va kasbiy faoliyatida grafik dasturlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi;
amaliy dasturlar va ularning kasbiy sohalarda qo‘llanilishi, nashriyot tizimlari haqida ma‘lumotga ega bo‘lishi, o‘z kasbiy sohasidan kelib chiqqan holda turli sohalarda qo‘llaniladigan dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, muhandislik grafikasi dasturi- AvtoCad, MathCad va boshqa dasturlar) haqida ma‘lumotga ega bo‘lishi va ulardan birida ishlay olishi malakalariga ega bo‘lishi;
Zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash tilining asosiy tushunchalari va operatorlarini, ob‘ektga mo‘ljallangan dasturlash haqida bilimga ega bo‘lishi, Delphi dasturlash tili va uning ishchi muhiti bilan ishlay olishi, komponentlar palitrasi va uning bo‘limlari va ayrim komponentlari bilan ishlay olishi, Delphi dasturi strukturasi, loyiha va modullar tuzishga oid masalalarni hal qilishni, Delphi da protsedura va funksiyalar bilan ishlay olishni, Delphi dasturlash tilining grafik imkoniyatlari oid dasturlar tuzish va ularni kompyuterga kiritib tahlil qilish, o‘z
kasbiy sohasiga oid uncha murakkab bo‘lmagan masalalarni dasturini tuzush va kompyuterda natijasini ola bilish malakalariga ega bo‘lishi;
Web-dizayn va uning dasturiy ta‘minoti, Flach texnologiyalari yordamida Web sahifa yaratish va bezashni, Web sahifalarga rasmli, grafikli ma‘lumotlarni turli usullarda joylashtirish va bezash usullarini, Web sahifalarda formalar yaratish va bezash usullarini, tovushli ma‘lumotlarni joylashtirishni, Web sahifalar bilan aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlarini bilishlari va amaliyotda qo‘llay olishlari;
axborotni tashkil qilish va izlab topish, ajratib olingan axborotni tizimlashtirish, tartiblantirish, tarkiblantirish, umumlashtirish va tushunarli shaklga keltirishni bilish;
kompyuterlarga xizmat qilishning asosiy qoidalari, ularga xizmat qiluvchi dasturlar va ulardan foydalana olishni bilish;
kompyuter viruslaridan saqlanish usullari, antivirus dastur vositalarining imkoniyatlaridan foydalana olishi;
fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi;
kasbiy sohaga oid soda masalalarning modellarini tuza olishi;
multimedia texnologiyasi va telekommunikasiya vositalarini bilishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
shaxsiy electron manzil(electron pochta) ochish va u bilan ishlash, Internet tarmog’ida axborot izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi;
internet va local kompyuter tarmoqlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishlari zarur.
«INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI » FANI BO‘YICHA MA’RUZA VA AMALIY MASHG’ULOTLARDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING
KONTSEPTUAL ASOSLARI
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ta’lim texnologiyasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida Yangi texnologiyalarni qo‘llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.
Qo‘llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv mashg’ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg’ulotning rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o‘quv mashg’ulotining texnologik kartasini, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar mazkur o‘quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanmada keltirilgan tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari,
har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo‘ladi. Bu o‘qituvchining mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo‘lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo‘lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo‘ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo‘ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin guruhdagi O‘quvchilarga beriladigan ta’lim bir xildir. O‘qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. O‘quvchi esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo‘ladi. Buning uchun u mustaqil o‘qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo‘ladi, eshitganlari va o‘qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo‘ladi.
O‘quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‘llan- malardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi.
Aytilganlardan kelib chiqgan holda «Informatika va axborot texnologiyasi» fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
|
| |