• Ms Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati. ms access bilan ishlash; Ms Access da tasvirlanadigan maydon turlari.
  • Ochiq darsi hujjatlari




    Download 21,76 Mb.
    bet29/36
    Sana03.06.2024
    Hajmi21,76 Mb.
    #259811
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
    Bog'liq
    Bidosheva Saida Rajab qzi

    Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
    Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg‘on) «0» qiymatlarni qabul qiladi.
    Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
    Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rish to‘g‘ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
    Ma’lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli).
    Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
    Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Iyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. Kerakli elementni tanlashi ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.
    Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.
    Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.
    Ma’lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.
    Quyidagi misol orqali iyerarxik tizimni ifodalash mumkin:


    Iyerarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri unda joylashgan mahsulot turini izlashda kerar bo‘ladi. Ikkinchi va uchunchi sathdagi jadvalga esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborini iyerarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi.
    Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizimli iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalar o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl) shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat bilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkon beradi.
    Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
    Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
    Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970-yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo‘lib, hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog‘lanishlarni amalga oshirish mumkin.
    Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.
    Ma’lumotning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion modeli deyiladi.
    Ma’lumotlarning jadval ko‘rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.
    Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish mumkin. Ya’ni ixtiyoriy tuzilishiga ega ma’lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga keltirish mumkin.
    Relyatsion tizim sifatida telefon ma’lumotnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko‘rsatilgan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro‘yxatni tuzing» kabi o‘qiladi.
    Nazorat savollari:
    1. Ma’lumot tushunchasiga ta’rif bering.
    2. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz.
    3. Ma’lumotlar omborining asosiy tuzilmasi nima?
    4. Ma’lumotlar omborining qanday turlarini bilasiz?

    12-ma’ruza


    Mavzu: Ms Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati. ms access bilan ishlash; Ms Access da tasvirlanadigan maydon turlari.




    Reja:
    1. MS Accessning asosiy elementlari va maydonlar haqida.
    2. MS Access bilan ishlash.
    3. MS Accessda tasvirlanadigan maydon turlari.

    Nazorat savollari:
    1. Ma’lumot tushunchasiga ta’rif bering.
    2. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz.
    3. Ma’lumotlar omborining asosiy tuzilmasi nima?
    4. Ma’lumotlar omborining qanday turlarini bilasiz?

    17-ma’ruza


    Arifmetik, mantiqiy operatorlar.



    Reja:

    1. SQL so’rovlar tili

    2. SQL so’rovlar tilining asosiy komponetlari

    SQL (Structured Query Language) tili strukturalashgan so’rov tili deyilib, u ma’lumotlar bazasi bilan a’loqa o’rnatish uchun xizmat qiladi. SQL tili 70 yillar oxirida IBM firmasi tomonidan Sytem r nomli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining tajribaviy loyihasini ishlab chiqish doirasida yaratildi. Keyinchalik IBM firmasi tomonidan Sytem r ga yaqin bo’lgan yana ikkita sistema - SQL/DS i DB2 sistemalari ishlab chiqildi. Bu tilning xalqoro standarti 1986 yili ishlab chiqildi va u 1989 yilga kelib yanada kengaytirildi, lekin uning to’liq xalqaro standarti 1992 yil qabul qilindi. 1995 yilga kelib SQL92 standarti Yangi komponentalar bilan to’ldirildi. Birinchi bo’lib SQL dan foydalanish Oracle MBBTda ishlatildi. Hozirgi kunda ko’pgina ishlab chiqilgan relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) SQL92 standartini ishlatmoqda. Hozirgi kunda bu standart ham kengaytirilib SQL:2003, SQL:1999 -standartlari ishlatilmoqda. Bu standart tillari ancha murakkab bo’lib, u «asosiy» (entry), «oralik» (intermediate) va «tulik» (full) pogonalariga bo’linadi..


    SQL quyidagi komponentalarni o’z ichiga oladi:
    -adminstrativ ma’lumotlar vositasi;
    -tranzaksiyalar balan boshqarish vositasi;
    -DLL (Data Definition Language) ma’lumotlarni aniqlash tili;
    -DML (Data Manipulation Language) ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish (murakkab harakatlar bajarish) tili;
    -DQL (Data Query Language) ma’lumotlar bazasiga so’rovlar tili.
    Adminstrativ ma’lumotlar - ma’lumotlar bazasini yaratish, unga kirishga ruxsat berish va parollarni o’zgartirishda kerak bo’ladi.
    Tranzaksiya - bu ma’lumotlar bilan monipulyatsiya qilib ketma-ket operatsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya yoki to’liq bajariladi va ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o’tkazadi, yoki agar ma’lum sababga ko’ra tranzaksiyaning biror holati bajarilmaydigan bo’lsa yoki sistemada biror xatolik yuz bersa, ma’lumotlar bazasi boshlang’ich holatiga qaytadi.
    Ma’lumotlarni aniqlash tili - ma’lumotlar bazasi jadvalini tuzish, o’zgartirish yoki o’chirish, indeks tashkil qilish (ma’lumotlarni tez izlab topish vositasi), har xil foydalanuvchilar bilan ishni tashkil qilish va boshqa kabilarni amalga oshiradi.
    Ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish tili - ma’lumotlar bazasiga yozuvni qo’shish, o’chirish yoki Yangilash imkonini beradi.
    So’rovlar tili - foydalanuvchi tamonidan berilgan kriteriyalar asosida kerakli ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasidan tanlab olishni tashkil etib beradi.
    SQL- bu relyatsion bazalardagi ma’lumotlarni shakillantirish va ularni qo’llab- quvvatlash uchun maxsus yaratilgan tildir. SQL umum yo’nalishga mo’ljallangan dasturiy til emas, lekin ayrim kuchli vositalar nuing tarkibida mujassamlashgan.
    Ma’lumotlarni aniqlash tili (DDL) – SQL tilining bu qismi ma’lumotlar bazasini yaratish, uning strukturasini o’zgartirish va unga ehtiyoj qolmaganda uni o’chirish imkonini beradi. Bu elementlar tarkibiga jadvallar, sxemalar, kataloglar, klasterlar va boshqalar kiritilishi mukin. Bu bo’limda konteynerli iyerarxiya to’g’risida fikr yuritilib, u yuqoridag elementlarni bir-biri bilan bog’lab, ma’lumotlar bazasi elementlari yordamida bajariladigan buyruqlarni ko’rib chiqadi.
    Ma’lumotlar bazasining jadvallari massiv ko’rinishida bo’lib, ular satr va ustunlardan iborat bo’ladi. Jadvalni SQL tilining CREATE TABLE ( jadvalni tuzish) buyrug’i bilan tuzish mumkin. Buyruqda har bir ustunning nomini va ma’lumot turini ko’rsatib o’tish kerak.
    Jadval tuzilgandan keyin uni to’ldirishga kirishish mumkin. Ma’lumotlarni kiritish - bu DML va DDL tilining vazifasiga kiradi. Tuzilgan jadvalning strukturasini ALTER TABLE (jadvalni o’zgartirish) buyrug’i bilan amalga oshirish mumkin. Keyinchalik bu jadval foydasiz va ayrim bir sabablarga ko’ra eskirib qolishi mumkin. Agar jadval eskirganda uni DROP (uchirish) buyrug’i orqali amalga oshirish mumkin.
    Ko’pchilik ma’lumotlar bazasining ma’lumot jadvallarini grafik asbob- uskunalar yordamida tuzish mumkin. Lekin bunday jadvallarni SQL tili yordamida tuzish ham mumkin.
    Tasavvur qiling sizning olidngizda o’z korxonangizning ma’lumotlar bazasini tuzish kerak degan masala qo’yilgan. Siz shijoat bilan bu bazani tuzish uchun kirishib, SQLtili yordamida CREATE buyrug’ini kiritmoqdasiz.
    Aniqrog’i bu noto’g’ri yondashishdir. SHoshilinch paytda tuzilgan, puxta o’ylanmagan ma’lumotlar bazasi keyinchalik samarasiz bo’lib qoladi. Bazani tuzishdan oldin, uni puxta o’ylab, kerakli joylarni qog’ozga yozib olish kerak.
    Nazorat savollari.
    1. Ma’lumotlar ombori haqida ma’lumot bering.
    2. Ma’lumotlarni strukturalash qanday amalga oshiriladi.
    3. Rekvizitga ta’rif bering.

    18-ma’ruza


    Ma’lumotni vizualizatsiya qilish.



    Reja:
    1. Ma’lumotlarni strukturalash.
    2. Maydon, yozuv va rekvizitlar
    Inson o’z hayoti davomida ko’plab axborotlar bilan ishlaydi. Ular biron bir narsa yoki jarayonga aloqador (masalan, tabiat, jamiyat, ular orasidagi munosabatlar vahokazo.) ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Narsa yoki jarayonni o’rganishda ularni obyekt deb atash qabul qilingan. Har bir obyekt o’ziga hos xususiyatlar (tavsif)ga ega. Masalan, koptokni obyekt deb qaraydigan bo’lsak, uning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: shakli, rangi, og’irligi, o’lchami, nimadan yasalgani vahokazo.
    Obyektlarni o’rganish jarayonida ular haqida ma’lumotlar yig’iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning ko’plab usullari mavjud. Kompyuterlar yaratilgunga qadar axborotlar bilan ishlash,asosan, qog’ozda amalga oshirilgan edi. Masalan, ma’lumotlar yig’ma jildlarda saqlangan, ularni uzatish esa odatdagi pochta orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ham bu usuldan voz kechilganicha yo’q. Lekin, bugungi kunda, axborotlar asri davrida katta hajmdagi ma’lumotlarni odatdagi usullar orqali qayta ishlab bo’lmaydi. Ma’lumki, axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish- kompyuterning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
    Kompyuterda ham axborotlarni turli usulda saqlash mumkin. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari (Bloknot yoki MS Word dasturlari) yordamida katta hajmdagi axborotlarni saqlash mumkin. Lekin, axborotlarni matn muharrirlari va protsessorlari yordamida saqlash va ular bilan ishlash axborotlarni qog’ozda saqlash va kerakli ma;lumotlarni izlash bilan diyarli teng. Ikkinchi tomondan katta hajmdagi ma’lumotlar ichidan kerakli ma’lumotni tezda topish uchun bu ma’lumotlarni ma’lum bir tartibda saqlash talab etiladi.
    Tasavvur qiling, katta zavodning korxonaning barcha hodimlari haqida yig’majild tashkil etgan. Aytaylik,korxonada 2000 dan ortiq hodim ishlaydi. Korxonaning hodimlar bilan ishlash bo’limi hodimlar ichidan yoshi 25 dan 30 gacha bo’lganlari ro’yhatini aniqlashi kerak. Bu vazifani bajarish uchun bo’lim hodimlari barchaning yig’ma jildlarini birma-bir o’rganib chiqishiga to’g’ri keladi. Kerakli axborotlarni izlashning bunday usuli sermashaqqat va juda ko’p vaqt talab etadi.
    Ma’lumotlar bilan ishlashda kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, u holda barcha ishni avtomatlashtirish mumkin. Lekin, shunda ham avval barcha ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritib olish zarur.
    Bugungi kunda ma’lumotlar bilan ishlashni kompyuterlar yordamida avtomatlashtirish diyarli barcha sohada qo’llanilib kelmoqda. Masalan, avtomobillar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlar fuqarolarning pasport ma’lumotlari, shahar telefon ma’lumotnomalari va boshqalar.
    Ma’lumotlar ombori nima?
    Ma’lumotlar ombori- aniq bir sohaga tegishli ma’lumotlarning strukturalangan va o’z nomiga ega bo’lgan majmui.
    Ma’lumotlarni strukturalash- ma’lumotlarni ma’lum bir xususiyatlari bo’yicha birlashtirish.
    Masalan, korxonaning ma’lumotlar omborida quyidagi axborotlar saqlanishi mumkin;

    • Korxonaning ishchi va xizmatchilari haqidagi barcha ma’lumotlar

    • Korxonaning moddiy va texnik bazasi haqidagi ma’lumotlar

    • Omborlardagi zahiralar haqidagi ma’lumotlar

    • Tayyor maxsulatlar haqidagi ma’lumotlar vahokazo .

    Kompyuterda bu kabi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotlar strukturasi (tuzilishi)ni belgilab olish kerak. Ma’lumotlar omborini tashkil etishda axborotlarni jadval ko’rinishda saqlash talab qilinadi.
    Ma’lumotlar omborida ustunlar Maydon, satrlar – Yozuv, maydon va yozuvlar kesishgan katakchalar esa – Rekvizitlar deb yuritiladi.

    Download 21,76 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




    Download 21,76 Mb.