O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Telekommunikatsiyalar” yo’nalishi
CSF013-guruh
talabasi
Abdukabirov Nodirbekning
“
Kiberxavfsizlik asoslari” fanidan tayyorlagan
1-Mustaqil ishi
O’qituvchi: Karimov Abdukodir Abdisalomovich
Toshkent – 2023
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari, axborot xavfsizligi asosiy komponentalari.
Reja:
Kirish qism.
Asosiy qism.
Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari va axborot turlari
Kiberxavfsizlik asoslari
Konfidensiallik, yaxlitlik, foydalanuvchanlik,
Risk, hujumchi kabi fikrlash, tizimli fikrlash
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari
Xulosa qism.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi
qanchalik rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta‘minlash eng dolzarb
masalaga aylanib bormoqda, Ushbu soha albatta rivojlanishi kerak va buni qilamiz...
SH.M.Mirziyoyev
Har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o’tmishdan davlatning harbiy-strategik ahamiyatiga molik bo’lgan ma‘lumotlar qat‘iy sir tutilgan va himoyalangan. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish texnologiyalariga va mahsulotlarni sotishga tegishli axborot tovar ko’rinishiga ega bo’lib, ichki va tashqi bozorda unga bo’lgan talab ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish yo’nalishlarida muntazam mukammallashib bormoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat shpionaji,
kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma‘lumotlarga ruxsatsiz kirish, o’zgartirish, yo’qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O’zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o’z ifodasini topmoqda.
«Axborotlashtirish to’g’risida», «Davlat sirlarini saqlash to’grisida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma‘lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to’g’risida» va boshqa qonunlar hamda bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko’rinishda yo’qotishda (o’g’irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko’riladigan zararning oldini olishni ta‘minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me‘yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko’ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.