Axborot xavfsizligi – tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish. Axborot xavfsizligi ko’p qirrali faoliyat sohasi bo’lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv muvaffaqiyat
keltirishi mumkin
O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida axborot va uning turlari to’g’risida quyidagi ta‘riflar keltirilgan:
Axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma‘lumotlar; axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;
Ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‗ljallangan
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar;
Hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‗yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta‘rif O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini amalga oshirish chora- tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296sonli qarorida quyidagicha ifodalangan:
Maxfiy axborot – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo’lmagan
hujjatlashtirilgan axborot.
Konfedensial axborot – hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi.
Saqlash, o’zgartirish, uzatish va ma‘lum maqsadlar uchun foydalanish obyekti bo’lgan tevarak olam haqidagi ma‘lumotlarni, keng ma‘noda axborot deb tushunish mumkin. Bu tushunchaga ko’ra inson, uning hayot tarziga va harakatlariga ta‘sir etuvchi doimiy o’zgaruvchi axborot maydoni ta‘sirida bo‗ladi. Axborot o’z tavsifiga ko’ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ishlab
chiqarishga yoki
tijoratga oid hamda maxfiy, konfedensial yoki nomaxfiy bo’lishi mumkin.
Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi. Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta‘sirlardan axborot va uni qo’llab-quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday tа‘sirlar ахbоrоt sоhаsidаgi munоsаbаtlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo‗llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan
va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Axborot sohasida shaxs manfaatlari fuqarolarning axborotdan foydalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug’ullanishida hamda jismoniy, ma‘naviy va intellektual rivojlanishda axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlovchi axborot himoyasida namoyon bo’ladi.
Axborot sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs manfaatlarini ta‘minlashda, demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy
huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy hamjihatlikni qo’llab-quvvatlashda o’z aksini topadi.
Axborot sohasida davlat manfaatlari milliy axborot infrastrukturasining rivojlanishiga sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishida, O’zbekistonning hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy tuzumining mustahkamligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta‘minlash maqsadida
axborotdan foydalanishda, qonuniylik va huquq tartibotni qat‘iy amalga oshishida, o’zaro tenglik va o’zaro manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ifodalanadi.
Axborotni ishlash, uzatish va to‘plashning zamonaviy usullarining rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo‘qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan bog‘liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. Hayotda qonuniy faoliyat olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1.1-rasmda
Alisa va
Bob timsolida akslantirilgan. Biroq, hayotda qonuniy faoliyat yurituvchi insonlarning faoliyatiga qiziquvchi, ularning ishlariga xalaqit beruvchivchi insonlar ham mavjud va ular 1.1-
tasvirda Tridi timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g‘arazli niyatlarnii amalga oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi.
1.1-rasm. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari