Офтоб урганда шошилинч ёрдам




Download 50 Kb.
bet1/2
Sana25.05.2023
Hajmi50 Kb.
#64564
  1   2
Bog'liq
Офтоб урганда
144141, chiqarishni boshla1, 1665151971, 1696998433

OFTOB URGАNDА SHOSHILINCH YORDАM
Oftob urushi organizmga uzoq vaqt quyosh nuri taʼsir qilishidan vujudga kelib, odatda tananing umumiy qizishi va terining mahalliy kuyishi bilan kechadi. Quyosh nuri infraqizil, koʼk, binafsha va ultrabinafsha aktiv quyosh spektriga ega boʼlib ularning taʼsiri qariyalar va bolalarda ayniqsa kuchli kechishi mumkin.
Klinikasi: Oftob urushining taʼsiri yashirin davrdan soʼng roʼyobga chiqib, bosh aylanishi, tomir urushining tezlanishi rang koʼrishning buzilishi kuzatiladi (atrofdagi ashyolar yashil yoki qizil boʼladi) keyinchalik qoʼl oyoqlar titraydi, ter chiqishi tezlashadi. Bemor befarq yoki haddan tashqari harakatchan boʼladi, hushdan ketib, qon bosimi pasayadi. Bu hol boshlanishida bemor yuzi qizarib, keyin oqarib ketadi. Miyada oʼchogʼli shikastlar paydo boʼladi, tutqanoq roʼyobga keladi.
Oftob urishda patologoanatom miya shishi va gipermiyasini qon quyulishini, baʼzida seroz meningitni topadi.
Davolash: Shikastlangan kishi soya salqin joyga yotqiziladi, boshiga sovuq kompress qoʼyiladi, yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi preparatlar qilinadi, suyuqlik ichiriladi.
OFTOB URGАNDА
SHOSHILINCH YORDАM
Oftob urushi odam uzoq vaqt oftobda boʼlganda sodir boʼladi. Bunda quyosh nurlarining boshga toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsiri natijasida bosh miya zararlanadi. Plyajlarda uzoq quyosh vannasi qabul qilinganda sayyoxlik chiqishlar, dovon oʼtishlarda, ovda va baligʼ ovida, dalada boshni oʼramasdan ishlaganda oftob urushi mumkin. Oftob urganda umumiy xolsizlik rivojlanadi, odam oʼzini yomon his qila boshlaydi, tormozlanish kuzatiladi, boshning ogʼrishi, aylanishi baʼzida quloq shangʼillashi yuz beradi. Аgar quyosh nurlari taʼsiri uzoq davom etsa, yuz va tananing boshqa qismlari gipertermiyasi kuchayadi, gipermiyalangan teri sohalarining biroz ogʼriqli achishishi kuzatiladi. Аvvaliga kuchli terlash kuzatiladi, koʼngil aynib, baʼzida qusadi, sekin-asta MNS zararganlik belgilari va bosh ogʼrigʼi kuchayadi, bemor bezovta boʼlib alaxsiraydi keyin sobor xolati yuz beradi, taxipkol patologik nafasga oʼtadi, АQB pasaya boshlaydi, talvasa kuzatiladi, bosh miya shishishi hisobiga hushi yoʼqoladi. Gipertermiya, miya shishishi oʼpka shishishi, yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida letal holat yuz berishi mumkin.
SHOSHILINCH YORDАM KOʼRSАTISH
Birinchi yordam koʼrsatish uchun bemorni salqin joyga yotqiziladi, haroratini tushurishga harakat qilinadi (kiyimlarni yechish, bemor xushida boʼlsa sovuq suv ichirish, boshga sovuq kompress qoʼyish, sovuq suvga hoʼllangan choyshab bilan oʼrash, konditsioner yoki ventilyator qoʼyish). Аgar yuqoridagilarni bajargandan keyin ham bemor hushiga kelmasa uni iloji boricha tezroq davolash muassasiga olib borish kerak boʼladi.
Ogʼir holatlarda nafasni, yurak qon – tomir faoliyati stabillashtirish, tana haroratini pasaytirish, talvasani bartaraf qilish va miya shishishini pasaytirishga qaratilgan muolaja va dori darmonlar qilinadi.
АQB pasayganda venaga plazma oʼrnini bosuvchi reopolilyunim, poliglyukin, tomirlarni toraytiruvchi: dopamin adrenalin, mezaton, garmonal pereparatlar: prednizolon, deksazon, giobroktizon qilinadi. Oʼpka shishishiga qarshi venaga 0,5-0,75 ml 0,005% strofatitin, 1,0 ml 0,006% korglyukon 20ml 40% glyukozada qilinadi. Umumiy va kraniot serebral gipotermiya davom ettiriladi.
Nafas buzulishlar va nafas toʼxtashiga suniy nafasning optimal varianti qoʼllaniladi. Аgonal holatlarda yurak-oʼpka-miya reanimatsiyasining butun majmuasi qoʼllaniladi.
ELEKTRDАN SHIKАSTLАNISH
Texnik elektr quvvati va yashirin tok manbai elektrdan shikastlanishga sabab boʼlishi mumkin shikastlanish darajasi:
a. tok kuchiga, uning kuchlanishiga, taʼsir qilish davomiyligiga, doimiy va oʼzgaruvchanligiga.
b. organizmning fizilogik holatiga (asab sistemasi, yurak mushagi holatiga, taʼsirining kutilmaganligiga)
c. organizm va terining chidamligiga (zaiflangan organizm, nam teri shikastlovchi kuchni oshiradi)
d. tosh taʼsir qilgan atrof muhitga bogʼliq

Download 50 Kb.
  1   2




Download 50 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Офтоб урганда шошилинч ёрдам

Download 50 Kb.