-&. Yuz ichida og`zaki hisoblash malakasini shakllantirish




Download 159,04 Kb.
bet2/5
Sana17.12.2023
Hajmi159,04 Kb.
#121128
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matyazova S . 5-m

2-&. Yuz ichida og`zaki hisoblash malakasini shakllantirish.
Ikki xonali sonlarni nomerlashni takrorlashda sonlarni yozish uchun hammasi bo`lib o`nta belgi – raqamlar mavjud, ular yordamida ixtiyoriy ikki xonali son, umuman istalgan sonni yozish mumkin ekani o`quvchilarga yana bir marta eslatiladi.
Raqamlarning o`rin qiymatni yaxshi o`zlashtirish uchun har bir raqamlar bilan yozilgan sonlarni taqqoslash foydalidir.
Masalan, 91va 19; 36 va 63 sonlarini va hakazo sonlarni taqqoslash kerak.
Yozib qo`yilgan sonlarni o`qish, sonlarni aytib turib yozdirish, sonni xona qo`shiluvchilari yig`indisini ko`rinishida yozish berilgan sondan oldin kelgan (keyin kelgan) sonni yozish kabi mashqlardan foydalanish mumkin. 20+1, 12-1, 70-1 ko`rinishidagi misollarni yechish sonlarning natural qatori xossasiga asoslanadi.
30+1, 9+40, 73-3, 68-60 ko`rinishidagi qo`shish va ayirish usullarini takrorlashda, o`quvchilarning e`tiborini sonning o`nli tarkibiga qaratiladi. Masalan, 30 va 2 sonlarini qo`shib, 3 ta o`nlik va 2ta birlikdan iborat son hosil qilamiz. Bunda qirqma raqamlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Qo`shish va ayirishning umumiy usullarini takrorlashda bu hisoblash usullari asoslangan to`rt qoidaning o`zlashtirishga alohida e`tibor berish kerak.
Masalan, sonni yig`indiga qo`shish qoidasini takrorlashda ko`rgazmali vositalar yordamida har uchala usulni ((2+4)+3) qarab chiqish kerak va ixtiyoriy sonlarni qo`shishni uchala usuli bilan bajarish mumkin bo`lgan bir vaqtda sonni yig`indidan har doim ham uch usul bilan ayirish mumkin bo`lmasligiga e`tiborni qaratish lozim.
Masalan: 1) (6+2)-10
2) (7+2)-5; misollarini keltirish mumkin.
Asosiy usul og`zaki hisoblashlarda keng qo`llash mumkin bo`lgan jadvallar bilan ishlashdir.
Bolalar jadvallar bilan ishlar ekanlar qo`shish (ayirish) amalining u yoki bu komponentlarni topish qoidasini takrorlaydilar, komponentlar nomlarini o`zlashtiradilar.
100 ichida ko`paytirish va bo`lishni o`rganishni boshlashdan oldin bolalarning birinchi sinfda 100 ichida qo`shish va ayirishni o`rgatayotganda olgan bilimlari va ko`nikmalarini mustahkamlashga oid ish bajariladi. Ilgari o`rganilgan materialni takrorlash bilan bir vaqtda, bir qator yangi materiallar ham kiritiladi: qo`shish va ayirishni takrorlash, yig`indini yig`indiga qo`shish, yig`indidan yig`indini ayirish qoidalari hamda bu qoidalardan kelib chiquvchi xossa bo`yicha qo`shish hamda ayirish qoidalari mustahkamlanadi. Shu vaqtning o`zida ko`paytirish va bo`lishga tayyorgarlik ko`riladi, yangi arifmetik amallarning aniq ma`nosi ochib beriladi.
Ko`paytirish jadvallarini tuzishga qadar, ko`paytirish bilan bo`lish orasidagi bog`lanish ochib beriladi, karrali bo`lish va teng bo`laklarga bo`lish o`rganiladi, ko`paytirish va bo`lish amallari komponentlarining hamda natijalarning nomlari kiritiladi. Bunday tayyorgarlik ishini ko`rish avval bitta ko`paytirish jadvalini tuzish va eslab qolish, so`ngra undan ko`paytuvchilarni almashtirish natijasida hosil bo`lgan misollarni yechishda hamda bo`lishga doir misollarni yechishda foydalanish imkonini beradi.
Jadvallarni o`rganishda o`quvchilarning ko`paytirish jadvallarini to`liq o`zlashtirishlari va bo`lishga tegishli misollarni yechishda zarur tez hisoblash malakalarini egallashlari uchun barcha choralarini ko`rish kerak.
Jadvalda ko`paytirish va bo’lishni o`rganishda bu amallarning maxsus xollari ko`rib chiqiladi: birga ko`paytirish va bo`lish, nolni ko`paytirish va nolga ko`paytirish, nolni bo`lish.Jadvalsiz ko`paytirish (bo`lish) va sonni yig`indiga ko`paytirishni o`rganish asosida qaraladi.

Download 159,04 Kb.
1   2   3   4   5




Download 159,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-&. Yuz ichida og`zaki hisoblash malakasini shakllantirish

Download 159,04 Kb.