|
-&. Ming va ko`p xonali sonlar ichida og`zaki hisoblash malakasini shakllantirish
|
bet | 3/5 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 159,04 Kb. | | #121128 |
Bog'liq Matyazova S . 5-m3-&. Ming va ko`p xonali sonlar ichida og`zaki hisoblash malakasini shakllantirish .
Ming ichida og`zaki qo`shish va ayirish usullari ilgari 100 ichida birinchi bosqich amallarini o`rganishda qilinganidek amalga oshiriladi, yig`indiga sonni qo`shish, (yig`indidan sonni ayirish) va songa yig`indini qo`shish, (sondan yig`indini ayirish) qoidasiga asoslanib tuziladi.
100 ichida qoshish va ayirish Quyidagi tartibda qaraladi:
1) qo`shish yig`indiga sonni qo`shish qoidasi, ayirish yig`indidan sonni ayirish qoidasiga asosan bajariladigan hollar:
480+10, 480+200, 270-40, 860-500, 300-50;
2) qo`shish songa yig`indini qo`shish,ayirish sondan yig`indini ayirish qoidasiga asosan bajariladigan hollar:
500+140, 360+220, 80+40, 280+40, 280+140, 500-230, 670-350, 520-50, 520-250;
1000 ichida og`zaki ko`paytirish va bo`lish ushbu hollar bilan chegaralanadi:
1) yaxlit yuzliklarni bir xonali songa ko`paytirish va bo`lish (300*2, 800/4 va hokozo);
2) yaxlit o`nliklarni bir xonali songa ko`paytirish va bo`lish (30*8, 640*8 va shunga o`xshash)
3) yuzlardan va o`nlardan tuzilgan sonni bir xonali songa ko`paytirish hamda bo`lish (130*3, 850/5 va shunga o`xshash);
Og`zaki hisoblash malakasini shakllantiruvchi didaktik materiallar.
Maktab tajribasidan ma`lumki har qanday dars samaradorligini albatta didaktik materiallar belgilab beradi. Didaktik materiallar nafaqat o`qituvchiga muvaffaqiyat keltiradi. Ayni paytda o`quvchilarning erkin fikrlashiga, darsni chuqur va puxta tushunishlariga va og`zaki hisoblash malakalarining shakllanib borishiga zamin hozirlaydi. Turli jadvallar, mashqlar va ko`rgazmali qurollar, testlar, turli shakllar, sanoq materiallari, umuman, barcha matematik unsurlar didaktik materiallarni tashkil etadi. Biz 2-bobimizda didaktik material turlarining xususiyatlari va qo`llash texnalogiyalari haqida ma`lumot berib o`tamiz.
1-&. Og`zaki hisoblash malakasini shakllanatirishda ko`rgazmali vositalardan foydalanish.
Bilimlarni puxta o`zlashtirilishi ta`lim jarayonining faollashishi, fazoviy hamda miqdoriy tasavvurlarning puxta shakllantirishda ko`rgazmali qurollarni faol qo`llash tamoyili yordam beradi.
Matematikaning turli bosqichlarida hamda turli bo`limlarda ko`rgazmali qurollarning qo`llanilishi turlichadir. Masalan son tushunchasini shakllantirishda, arifmetik amallarning ma`nosini ochib berishda, 100 ichida qo`shish va ayirish usullari bilan tanishtirishda narsalar to`plamiga doimo murojaat etish to`g`ri keladi. Biroq sekin asta ularning roli kamayib boradi va didaktik materiallari sifatida (ishoralar, raqamlar va hakazolar) bo`la boshlaydi. Matematikada me’yorga rioya qilish boshqa har bir fanga qaraganda katta ahamiyatga ega. Narsali rasmlardan va sanoq materiallaridan keragidan ortiq foydalanish o`quvchilarda abstrakt tafakkuri rivojining sekinlashishiga olib keladi. Shu sababli o`qituvchi aniq qo`llanmalaradan aniqligi kamroq qo`llanmalarga o`tishini ustalik bilan ta`minlashi lozim.
Ko`rgazmali qurollar ma`lum talablarga muvofiq bo`lishi, chunonchi ular o`quv dasturiga va o`quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq bo`lishi lozim.
Ko`rgazmali qurollarning turlarini keltirib o`tamiz: suratlar, tarqatma materiallar, sanoq jadvallari, abak (sanoq asbobi), o`yinchoqlar, cho`tlar; har bir bolaga beriladigan sanoq materiali; geometrik shakllar; sanoq cho`plari; qo`lda yasalgan buyumlar (qog`oz qayiqcha va sharcha), geometrik shakllar chizilgan jadvallar, kartondan yasalgan shakllar, jadval va chizmalar solingan konvertlar, sanoq materiallari solingan yashiklar, geometrik shakllar qo`yilgan burchak va hokazo.
|
| |