Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.
Berilgan
gaplarning
ifoda maqsadiga ko
'
ra
turlarini
aniqlang.
1. Qalmoqlar Boychiborni tutib, tuyog‘iga gulmixlar qoqib, pichoqlar urishadi.
(«Alpomish»dan) 2. Bu kishi kimingiz bo'ladir, bek aka? (Abdulla Qodiriy) 3.
Sherxon bostirib kelmasdan tezroq jo'nang. (P. Qodirov) 4. Qaniydi, bu
kunlarni uning o'zi ham ko'rsa edi! (Erkin A’zam)
Yechim:
1.
Qalmoqlar Boychiborni tutib, tuyog‘iga
gulmixlar qoqib, pichoqlar urishadi.
Ushbu gap darak gap. Chunki unda xabar mazmuni ifodalangan.
2. Bu kishi kimingiz bo'ladir, bek aka? Ushbu gap so‘roq gap.
Chunki unda
so‘roq mazmuni ifodalangan.
3. Sherxon bostirib kelmasdan tezroq jo'nang. Ushbu gap buyuruq gap.
Chunki unda buyruq mazmuni ifodalangan.
4. Qaniydi, bu kunlarni uning o'zi ham ko'rsa edi! Ushbu gap istak gap.
Chunki unda istak, xohish mazmuni ifodalangan.
2-topshiriq. Berilgan gaplarning asosiy mazmuniga yuklanayotgan qo'shimcha
ma'nolarni izohlang.
1. Taklifnomaga tushirilgan rasm xuddi mana shu qasri oliyning tagida olingan
desa, ishonadigan zot topilarmikan bu dunyoda?! (Erkin A 'zam) 2.
Bu odamlar
bilan yashashning o'zi baxt emasmi?! 3. Piyoda yurishga nima yetsin?! (0'.
Umarbekov)
Yechim:
1. Taklifnomaga tushirilgan rasm xuddi mana shu qasri oliyning tagida olingan
desa, ishonadigan zot topilarmikan bu dunyoda?! Ushbu gap so‘roq gap
hisoblanadi. Unga shubha-gumon ma’nosi yuklangan.
2. Bu odamlar bilan yashashning o'zi baxt emasmi?!
Ushbu gap ritorik
so‘roq gap hisoblanadi. Unga sevinch-hayajon ma’nosi yuklangan.
3. Piyoda yurishga nima yetsin?! Ushbu gap ritorik so‘roq gap hisoblanadi.
Unga sevinch-hayajon ma’nosi yuklangan.