• 8 Ilova
  • 10-mavzu: Ota-ona ibrati va uning tarbiya jarayonida tutgan o‘rni Reja
  • 1-masalaning bayoni.
  • Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




    Download 11,8 Mb.
    bet102/147
    Sana21.03.2017
    Hajmi11,8 Mb.
    #732
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147
    6-ilova

    Kontseptual jadval

    7-ilova

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


    1. Marosimlar xalqimiz hayotida qanday o‘rin tutadi?

    2. «Mustaqillik kuni» qanday bayram?

    3. «Navro‘z» bayrami xaqida buyuk olimlar nimalarni yozib qoldirgan?

    4. Qurbon va Ro‘za hayitlari qachondan boshlab bayram qilina boshlandi?

    5. Yot g’oyalar qaerdan kirib kelmoqda?

    6. Yot g’oyalarga qarshi qanday kurashish mumkin?

    7. Milliy g’oyani qanday qilib yoshlar ongiga singdirish mumkin?


    8 Ilova

    9-ilova



    Insert jadvali

    V

    Q

    -

    ?





































    10-mavzu: Ota-ona ibrati va uning tarbiya jarayonida tutgan o‘rni

    Reja:

    1. Yoshlarni buzg’unchi g’oyalar ta’siriga tushib qolishdan, ularni jinoyat yo‘liga kirib qolishdan saqlashda ota-onalarning roli.

    2. Milliy g’oyalarni farzandlar ongiga singdirishda ota-onalarning roli.

    1-masalaning bayoni. Davlat mustaqilligini mustahkamlash mamlakatda yashaydigan barcha aholi tabaqalari, ijtimoiy guruhlar, elat va millatlar o‘rta-sidagi munosabatlarning qandayligiga ham ko‘p jihatdan bog’liqdir. Hozirgi paytda Respublikamizda 80 dan ortiq milliy, madaniy mar-kazlar ishlab turibdi. Ular o‘rtasidi hamkorlik, millatlar o‘rtasi-da totuvlik bo‘lmas ekan, davlat mustaqilligini rivojlantirish mushkul bo‘ladi. Ayniqsa, ko‘p millatli davlatda bu jarayon muhim-dir.

    O‘zbekistonimizda 30-yillarda ellikdan ortiq millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, endilikda ular 130 dan ortiqdir. Demak, bu hol davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash uchun yangi vazifalarini keltirib chiqaradiki, ularni juda ehtiyotkorlik va vazminlik bilan bajarishga intilish talab etiladi.

    Sababi, yuqorida aytib o‘tilgan toifalarning barchasi mamlakat mutaqilligi uchun u yoki bu darajada sa’y-harakatlar qiladilar, mamlakatni moddiy va ma’naviy boyitadilar. Zero, mustaqillikni mustahkamlashga harakat qilayotgan fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir. Shu sababli, taraqqiyotdagi boshqa yo‘nalishlar bilan birga xalq manfaatini ifodalaydigan, ma’naviyatini boyitadigan milliy istiqlol mafkurasining yaratilishi zamon talabidir.

    Milliy istiqlol mafkurasi endilikda hayotga tatbiq etilayotir. Bu mafkura va uning mazmuni to‘g’risida matbuotda iliq so‘zlar aytilayotganining guvohimiz. Shu sababli biz mafkurada tilga olingan va ma’naviyatimizning eng muhim qirralaridan biri bo‘lgan milliy g’ururni shakllantirishdagi omillar, uning iqtisodiy va ma’-naviy jihatlari to‘g’risida fikr yuritmoqchimiz.

    Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli asarida: “O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi, uning o‘ta mehribonligi va sof vijdonliligiga asoslangandir. Biz bundan keyin ham o‘zbeklarning milliy g’ururini ma’naviy yuksaltiramiz, shu bilan birga umumiy Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O‘zbekiston Respublikasiga sadoqatli bo‘lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka intilamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Bu so‘zlarda juda chuqur ma’no bor. Sobiq ittifoq davrida “dunyoviy millat”, “dunyoviy til”, “dunyoviy mada-niyat” kabi umumjahon maqsadlar asosida fikr yuritilganligi sa-babli milliy g’urur chetga chiqib qolavergan edi. Natijada, “yirik” millatlar soyasida boshqa millatlar g’ururi ravnaq topmadi. Chunki, mehnatkash xalq ongiga kundalik hayotimizdan uzoq fikrlar singdirilib kelinganki, bu jarayonda boshqa ba’zi xalqlar singari o‘zbek xalqining ham milliy g’ururi toptaldi, qiyinchiliklarga duch keldi. Endilikda xalqimiz mustaqillik sharofati bilan, bu muhim jabhada qaddini rostlamoqda.

    Milliy g’urur to‘g’risida so‘z ketar ekan, bu masalaning nozikligini xech qachon unutmaslik zarur. U hasad bilan emas, balki, havas bilan yuksalmog’i kerak. G’urur to‘g’risida turlicha fikr yuritgan allomalar uning salbiy va ijobiy tomonlarini taroziga solib ish yuritishni uqtirganlar. Jumladan, ingliz tanqidchisi J.Kollinz milliy g’ururni: “Garchi yaxshilik hisoblansada, lekin ko‘p yomonliklarning boshidir”,-degan bo‘lsa, nemis yozuvchisi I.Zeyme:“Agar biz haqiqiy g’ururli bo‘lganimizda edi, dunyoni bu qadar razilliklar bosmas edi”-deb yozadi. Yunon faylasufi Teofrast:- “G’urur-o‘zidan boshqalarning bariga nisbatan o‘ziga xos bir nafratdir”-deydi. Franztsuz adibi M.Janlis: “G’urur ko‘pincha haqiqiy ulug’vorlikka g’ov bo‘ladi”,-degan bo‘lsa, at-Termiziy: “Mag’rurning turishi xunuk”-deydilar.

    Bu kabi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, g’urur yuqorida ta’kidlanganidek, noyob va murakkab jarayondir. Milliy mafkuraning har bir targ’ibotchisi va tinglovchisi mazkur fikrlardan tegishli hulosa chiqarib, masalaga jiddiy yondashishi va uni hayotga tadbiq etishi kerak. Xususan, frantsuz axloqshunos olimi F.Laroshfukoning: “G’urur barchaga xos xususiyat: ammo farqi shundaki, uni qachon va qaerda ko‘rsatishni bilish kerak”,-degan da’vatiga amal qilinsa, mantiqqa to‘g’ri kelar edi.

    Xalqimizning “G’ururi bor elning minorasi baland bo‘ladi”, degan ajoyib naqldan kelib chiqsak, boshqa muhim jarayonlar singari milliy g’ururni ham shakllantirmay turib, O‘zbekistonimiz mustaqilligi barqaror, uning kelajagi buyuk bo‘lishiga to‘la erisholmaymiz. Milliy g’ururning shakllanishi va rivojlanishi iqtisodiy sohaga, ya’ni to‘qchilikka, moddiy noz-ne’matlarning etarlicha to‘kin-ligiga ham ko‘p jihatdan bog’liq. Shu sababli, milliy istiqlol mafkurasini xalqqa singdirishning siyosiy tomonlaridan biri bu–iqtisodiy sohadir. Avvalo, el-yurt uchun etarli miqdorda, keyin esa eksportga yuboriladigan sifatli, moddiy boyliklarni ishlab chiqar-masak, milliy g’ururimizni yuksak darajaga ko‘tara olmasligimiz tabiiydir. Etarlicha to‘kin va sifatli mahsulot esa xalqimizning jo‘shqin mehnati asosida yuzaga keladi. Bugun xalq, har bir fuqaro ongli mehnat qilgandagina, mahsulot sifati oshadi, miqdori ham ko‘payadi.

    Milliy mafkurani xalqqa singdirish uchun o‘tkaziladigan har bir tadbir xo‘jako‘rsinga o‘tkazilmasdan, balki astoydil, vijdonan amalga oshirilishiga erishish kerak. Har bir ma’ruzachi dalillar asosida tinglovchining fikrlash qobiliyatini shu darajada uyg’otishi kerakki, u iqtisodiyot sohasida bilimi etarli bo‘lmasa, beixtiyor bilim olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysin, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zligini iqtisodiy jihatdan ham anglashga harakat qilsin.

    Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini targ’ib qilish uchun targ’ibotchilarmizning hozirga qadar egallagan iqtisodiy bilimlari kamlik qiladi. Sababi, ko‘pgina targ’ibotchilar keng ko‘lamda ma’ruza qilib, barcha sohani umumiy jihatdan qamrab olishga harakat qilganlar. Natijada ma’ruza oldiga qo‘yilgan maqsad ham mavhum-lashgan. Shu sababli, ma’ruzalarga milliy istiqlol g’oyasi nuqtai nazaridan yondashilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ma’ruzalar qisqa, mantiqan kuchli, g’oyadagi chizgilar hamda shiorlar asosida tuzilgan bo‘lsa, samarali, ta’sirchan bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

    Ma’lumotlarimiz umumiylikdan alohidalikka qarab yo‘nalgan bo‘lishi kerak.

    Iqtisodiy soha bo‘yicha milliy g’ururni shakllantirish uchun yuqoridagi fikrlarni mustahkamlash maqsadida hozir mamlakatimizda etishtirilayotgan paxta, ipak, qorako‘l hamda paxtani qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mashinalari, oltin, foydali qazilmalar, radiotexnika mahsulotlari va turli xalq is’temoli mollari, umuman, moddiy boyliklarimiz to‘g’risidagi ilmiy asoslangan dalillar va ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Ishlab chiqarishimizning bu etakchi sohalarini tilga olganda, ularni boshqa mamlakatlar bilan taqqoslab gapirish maqsadga muvofiqdir.

    Xullas, milliy g’ururni avvalo, iqtisodiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashdan boshlash, har bir kishi iqtisodiy sohada ustuvor bilimga ega bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini iqtisodiy jihatdan anglash, har bir kishidan o‘z ustida qo‘shimcha ishlashni, bilim doirasini kengayti-rishni talab etadi. Albatta, o‘z-o‘zini anglash nafaqat iqtisodiy sohani bilish, balki o‘z tarixini, ona tili, dini, avlod-ajdod-larini, milliy urf-odatlarini, axloqiy qarashlari, an’analari, o‘z xalqining dunyo madaniyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yodgorliklari va boshqa ko‘plab jarayonlarni mukammal bilishni talab etadi. Binobarin, shu jarayonlarni har bir shaxs mukammal bilmas ekan, odatdagi muloqatda yoki chet mamlakat kishilari bilan suhbatlarda o‘zining kim ekanligini, avlodlari kim ekanini tanita olmaydi.

    Ma’lumki, milliy g’urur insonning rang, gavda tuzilishi, irqi, jinsi yoki diniga qarab belgilanmaydi. Milliy g’ururni bu alomatlarga qarab belgilovchilar qattiq adashadilar, undaylar shovinistlardir. Aslida bunday kishilarning dunyoqarashi buzilgan bo‘lib, bilim saviyasi sayozdir. O‘zbek xalqi bunday qarashlarni o‘ziga yot deb biladi, o‘z milliy g’ururini millatning insonparvarlik xislatlaridan kelib chiqib yuksaltiradi. Islom va boshqa dinlarning bu sohadagi ijobiy tomonlariga suyanadi.

    Iqtisodiy soha bilan bir qatorda milliy g’ururni yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarishning ikkinchi muhim bir jihati–bu ma’naviy yetuklikni egallashga bog’liq. Jamiyatimizdagi kishilar o‘z mutaxassisligi, ishlaydigan sohasini yaxshi bilishi mumkin. Le-kin, ma’naviy yetuklik bo‘lmasa, milliy g’ururni ko‘tarish, uni targ’ib qilish amri maholdir. Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda ko‘plab talabalar, tadbirkorlar, tuman, shahar, viloyat hokimliklari vakillari chet ellarga bomoqdalar. Kelajakda bu ish yanada rivojlanishiga aminmiz. Xorijga borayotgan har bir kishi o‘z xalqining milliy g’ururi qirralarini mukammal bilishi zarur. Ayniqsa, hozirgi talabalarimiz milliy g’ururni, uning qir-ralarini bilish bilan birga, uning targ’ibotchilari ham bo‘lishlari kerak. Talabalarni targ’ibotchilar qilib etishtirishni esa maktabda o‘quvchilik davridan boshlash zarur. Maktab o‘quvchilari ko‘pchiligi kelajak talabalardir. Mustahkam bilimni, ma’naviyat, qadriyat, urf–odatlar, udumlarni hamda allomalarimizning ta’limotlarini o‘quvchilarga hozirdan keng dasturlar, puxta darslik va rejalar aso-sida tushuntirishni boshlash – davr talabi. Zero, o‘quvchilar talaba bo‘lganlarida bu bilimlar uchun puxta zamin vazifasini o‘taydi. Aynan shu bilimlar kelajak uchun bebaho ekanligi va milliy g’urur-ni shakllantirishda ham o‘ta muhim omil bo‘lishi aniq.

    Buning uchun ayniqsa, ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari, barcha murabbiylar mas’uliyatni his qilishlari, jonkuyar bo‘lishlari lozim. Kelajakda chet davlatga borayotgan talabalar ham o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni olib, borgan mamlakati madaniyatini tezda o‘ziga singdirib, o‘z xalqi madaniyatini uyg’unlashtirish hamda o‘z millatiga xos bo‘lgan g’ururni o‘rni bilan targ’ib qilishni o‘ylab boradilar. Ma’lumki, xorijga qadam qo‘ygan kishilarga e’tibor o‘n karra oshadi.

    Salomlashish, muloqot qilish, mehmonxonada yashash, kiyinish, suhbat qilish, kishilarga munosabat, urf – odatlar barchasi hushyorlikni talab etadi. Afsuski, borgan kishilarning hammasi ham bularning o‘ta muhimligiga hamisha e’tibor beravermaydi. Sir emaski, chetga borayotgan ba’zi sayohlarimiz xorijga borganda kiyim–kechak, sovg’a buyumlariga diqqatni ko‘proq qaratadilar, imkoniyat bo‘lsa, o‘sha buyumlardan ko‘proq olib qaytishni o‘ylaydilar. Milliy g’urur to‘g’risida o‘ylash esa, afsuski, yodimizdan ko‘tarilar darajada bo‘ladi. Axir biz, buyuk jahongirlar, mo‘’tabar mutafakkirlar, ulug’ alomalar avlodlarimiz-ku! Ular timsolida o‘zbek xalqining kim ekanligini, o‘zbek xalqining jahon madaniyatiga, umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shgan ulkan hissasini endi dunyo ahli biladigan payt keldi-ku! Endilikda, barchamiz o‘zbek xalqini dunyo ko‘zi o‘ngida yana bir pog’ona ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak emasmi? Milliy madaniyatimiz va axloqimizning mustahkam zaminga ega ekanligini endi olamga ko‘rsatishimiz kerak emasmi?

    Har bir targ’ibotchi bu voqea, hodisalarni hisobga olish uchun uni ilmiy talqin qila olishi lozim. Albatta, bular haqida fikr yuritish uchun ham chuqur bilimga ega bo‘lish talab qilinadi. Demak, “Odamdan yuqori turarkan olam, bilim olmoqlikka muhtojdir odam”- degan naqlga amal kilib, milliy istiqlol g’oyasini tinglovchiga singdirish uchun har bir targ’ibotchi o‘z ustida ishlashi davr talabidir.

    Yurtboshimiz milliy g’ururni tiklash maqsadida olib borayotgan sa’y-harakatlari tahsinga loyiqdir. Prezidenimiz qaerga bormasin, u o‘sha mintaqa yoki davlatdagi aholining o‘zbek xalqiga bo‘lgan hurmatini oshirib , o‘zbekona milliy madaniyat va qadriyatlarni, o‘ziga xos xususiyatlarni yuksak darajada namoyish qilib qaytadi. Yurtboshimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi majlisida so‘zlagan ilmiy amaliy yo‘nalishdagi nutqi to‘g’risida ham dunyo matbuotida ko‘p iliq so‘zlar aytilganining guvohimiz.

    Milliy g’urur birdaniga shakllanib qolmaydi, albatta. Uning uchun avvalo yoshlarimizda or-nomus tuyg’ularini shakllantirib borish lozim. Chunki milliy g’urur mavhumlikdan emas har bir kishi-ning or-nomusidan kelib chiqadi. Or-nomussiz odamda hech qachon milliy g’urur, umuman, g’ururning o‘zi bo‘lmaydi.

    Or-nomus yaqin tushunchalar (tuyg’ular) bo‘lib, adabiyotlarda ularga shunday izoh beriladi:

    Nomus – kishining o‘z obro‘sini ulug’lash va ardoqlash his tuyg’usi.

    Beayb parvardigor, deydi xalqimiz. Haqiqatdan ham hayotda hech xato qilmaydigan odam yo‘q. Tajribasiz, e’tiqodi, milliy g’ururi shakllanmagan yoshlar ayniqsa, juda ko‘p xato qiladilar. Biroq xalqimiz bag’ri kengligi uchun yoshlar pushaymon bo‘lsa, ularni kechiradilar. Buning yorqin misoli sifatida Prezidentimizning adashib, diniy ekstemistik oqimlar ta’siriga berilgan, ammo keyin pushaymon egan yoshlarni kechirganini ko‘rsatish mumkin. Kechirim so‘rash ham oriyatli kishi qo‘lidan keladi. Chunki or – kishining o‘ziga nomu-nosib yoki ep ko‘rilmagan ishidan, narsadan xijolat bo‘lish, uyalish tuyg’usini bildiradi.

    Or-nomus tuyg’ulari barcha millatlar uchun xosdir. Biroq, ko‘rinib turibdiki, biz yoshlarda o‘zimizga xos, o‘zbekona or-nomus tuyg’ularini shakllantirmay turib, milliy g’ururni yarata olmaymiz. Milliy g’urursiz esa milliy istiqlol g’oyasini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.

    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy g’ururni aholiga yanada chuqurroq singdirish, yoshlarda or-nomus tuyg’usini yuksaltirish va ularni yuksak darajasiga ko‘tarish uchun katta kuch-g’ayrat sarflash lozim bo‘ladi. Bu ish eskirgan shiorlar, dabdabali yig’ilishlar, haybarakallachilik bilan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar orqali bo‘lmaydi. Bu bilan kerakli natijaga erishish qiyin. Xalqimizda shunday udumlar, urf-odatlar borki, ularda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg’unlashib, milliy g’ururni rivojlantirishga juda qo‘l keladi.


    Download 11,8 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147




    Download 11,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

    Download 11,8 Mb.