Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet38/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147
2-masalaning bayoni. Farzand tarbiyasiga qo‘ni-qo‘shnilar ta’siri, mahalladagi muhit ta’siriga ham bog’likligi sababli o‘zbeklar barcha davrlar jamoatchilik fikriga befarq qaramagan. «Hovli olma qo‘shni ol...», «Qo‘shning tinch bo‘lsa, sen ham tinchsan», «Qiyomat kuni qo‘shnilardan...» maqollar ijtimoiy muhitning insonlar jamiyat hayotidagi urnini ifodalaydigan hikmatlardir.

Har bir oilaning tinchligi yonma-yon yashayotgan qo‘shnining ham tinchligidir. Qo‘shnilar qo‘shnilarning ikir-chikirigacha biladi. «Qo‘shnilaringiz yaxshi odam deyishayotgan bulsa, demak sen yaxshi odamsiz. Ammo ular sizni ... Bu ham jamoatchilik fikri, oila barqarorligi farzandlar tarbiyasi uchun katta ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.

Er va xotin, farzandlar jamoatchilik fikrini hurmat qilishlari uchun ham oiladagi ikir-chikirlarni ovoza qilmay kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etishga harakat qilganlar, jamoatchilikdan, qo‘ni-ko‘shnilardan uyalishi... arzimas bahonalar bilan yosh oilalar buzilib ketishlarini oldi olingan. Mahalla jamoatchillikning ta’siri munosabatlari yaxshilanib, ahil turmush kechirayotgan oilalar hozir ham mavjud. Jamoatchilik bola tarbiyasiga ham befarq qarashmagan. Yoshlar axloqiy poklikka yo‘l qo‘yganlari birinchi galda ota-onasiga tanbeh berganlar, foyda bermasa noqobil farzandlarining o‘zi bilan suhbatlashilgan. Ota-ona noqobil farzandi uchun jamoatchilik oldida hijolat chekkanlar. O‘zbeklar bir qizga sovchi qo‘yishsa, uning yurish turishini yaqin qo‘ni-qo‘shnilaridan surishtirilgan. Farzandlarining o‘z ota-onasiga munosabatlari ham jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmagan. Noahil oilalar, noqobil farzandlarga ko‘rsatiladigan, jamoatchilik ta’sirida nihoyatda murakkab, mas’uliyatli, ijtimoiy tarbiyaviy psixologik jarayondir. Agar yoshlar, noqobil farzandlarga nisbatan jamoatchilik fikri yuzaki bo‘lsa, uning hech kanday ta’siri bulmaydi... yana shunday davom etaveradi.

Odamzotda qiziq bir xususiyat bor. Hamma boshqalarga nasihat qilishga qiladiyu, ammo o‘ziga-o‘zi xolis baho berishga ojizlik kiladi. Inson o‘zini-o‘zi aldasa ham jamoatchilikni aldashi qiyin. Hayotdagi hato kamchilikni bizdan ko‘ra boshqalar yaxshi sezadi, shu sababli ota-onalar farzandlariga qo‘ni-qo‘shnilarning jamoatchilikning fikrini hisobga olib yondashadi. Ota-ona uchun dunyoda farzandidan shirin narsa yo‘q. «Qo‘ng’iz ham bolasini oppog’im»1, -deydi xalq maqolida.

Shu sababli ham ota-onalar ko‘pincha o‘g’il-qizlarning axloqsizligiga, jinoiy ishlariga to‘ri baho berolmaydi. Oilalardagi kelishmovchiliklar, janjallar, axloqsizliklar, mayda bezoriliklarga baho berishlarni aqlli, obro‘-e’tiborli, katta hayot tajribasiga ega oilalarga topshirish ma’quldir.

Biz oiladagi yomon vaziyatga nisbatan jamoatchilik fikrini bildirishdan maqsad axloq, odob ba’zan qonun chegarasidan chiqqan kishilarga nasihat kilish ularni to‘g’ri yo‘lga solishdir. Shaxsni vijdoniga murojaat qilishga o‘rgatishdir. Kishilarni o‘z vijdoniga quloq solishga da’vat etishlar ayniqsa murosaga kelmayotgan ota- onalar, aka-ukalar, opa-singillarni yarashtirib quyishda ancha qul keladi. Jamoatchilik fikri ota-onalar va boshqalarning jamiyat jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini kuchaytiradigan katta ijtimoiy ma’naviy omildir.

Milliy va diniy an’analarimizga ko‘ra, qo‘ni-qo‘shnilarning yoshlarga ma’naviy ta’sir etishi, oilasi buzilgan er va xotin yoki ikki oilaning urtasiga tushib yarashtirib quyishlar sababliligi jihatidan ro‘za, namoz va sadaqa kilishdan ham afzalrok turadi.

O‘zbek oilalarining qarindosh- urug’, quni- qo‘shnilar mahalla kuy bilan munosabatlariga asos bulgan ma’naviy omillar orasida hamdardlik, maslahatgo‘ylik, g’amxo‘rlik, elkadosh bo‘lish va boshqa fazilatlar ham kiradi. Bunday milliy boyligimiz qadriyatimiz, ma’naviyatimiz ravnaqining sinalgan yo‘lidir. O‘zbeklarda bitta bolaga etti qo‘ni-qo‘shni ota-onadir, degan gap bor. Bu ham bizning buyuk milliy qadriyatimiz. Odatda o‘zbeklarda biror hanodonda tuy deb kolsa yoshlar hech kimlarning da’vatisiz ertadan kechgacha xizmat kiladi. Bular juda katta ma’naviy muhit, ma’naviy qadriyatlardir. Jamoatchilik fikri ta’sirida shakllangan qadriyatlardir. Bularni asramoq uchun o‘zbekona qalb kerak.

Oilalarni mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalashda jamoatchilik fikrining kuchi va ta’siridan ham foydalanish hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu boradagi tajriba va an’analardan samarali foydalanish mustaqillik sharoitida amalga oshiriladigan ma’naviy, tarbiyaviy ishlarni yaxshilash muhim shartidir.


Download 11,8 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.