• Idrok va uning nazariyalari.
  • Mavzu bo‘yicha nazorat topshiriqlari




    Download 1,25 Mb.
    bet30/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Mavzu bo‘yicha nazorat topshiriqlari:
    1.Sezgi va sezgi turlari hakida tushunchangizni izoxlang?
    2. Sezgilarning qonuniyatlarini ko‘rib chiking va qiyosiy solishtiring?
    3. Interioretseptiv sezgilarni taʼriflang?
    4. Propriretseptiv sezgilarni ajrating?
    5. Eksterioretseptiv sezgilarni belgilang?
    6. Sezgilarni fiziologik asoslang?
    7. Sezgilarning chegarasi nima? Аsoslang?
    8. sineztiziya hodisasini taʼriflang?
    9. Аdaptatsiyani tushuntiring?
    10. Sezgilarning umumiy xususiyatini sanab bering?

    Idrok va uning nazariyalari.
    Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, kunikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
    Idrok tushunchasi lotin tilida “perceptio” qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha perception – idrok, qabul qilish) deyiladi. Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, yaʼni ular aynan bir xil narsani o‘zining bilim saviyasi, maslagi, pozisiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, “ildiz” tushunchasini biologlar o‘simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug‘chilik shaklida ko‘z ungiga keltiradi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar maʼlumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo‘lishi , muayyan obʼektiv vaqt birligidagi hukm surilishi inson ongida bevosita inʼikos kilinadi. Odatda, inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan, ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro urin almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos tugilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obʼektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga bog‘lik bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning maxsuldorligi o‘lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji, motivasiyasi, qiziqishlari va intilishga mos, muttanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obʼektiv jihatdan (kechinmalar, xis-tuyg‘ularga nisbatan shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda, yoqtirmaslik, idrok maydoniga (qamrovga ) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt “ sekin” utinsh tuyg‘usini uyg‘otadi.
    Fazoni idrok qilish – voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan urnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlarning bilish jaryonlarning shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to‘g‘risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi ( ich tomoni, chuqurligi yuzasidan muayyan maʼlumotlar, xossalar, axborotlar tuplash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo‘l yordamida muayyan obrazlar (timsollar, tasvirlar, imidj) mujassamlashadi, natijada yaxlit inʼikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid aksariyat maxsullar tuplanadi. Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha “phainomenon – noyob, g‘ayriodatiy holat degan maʼno anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, inʼikosning turlicha aniqlikda namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida maʼlumot beradi. Ular jaxon psixologiyasi fanida gallyusinasiya (lotincha – hallucinftio «- alaxlash, bosinqirash, valdirash, yaʼni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha « illusio” xato, aldashish, yanglashish degan maʼnoni bildiradi), attraksiya (franso‘zcha «attraction» o‘ziga tortish, maxliyo etish, jalb qilish maʼnosini beradi), yaqqol ko‘rinish ( ruscha «yasnovidenie» yaqqol oldindan kurish, yaqqol g‘oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalari orqali nomlanadi.
    Yaqqol voqelikdagi narsa va hodisalarning tana aʼzolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita taʼsir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishi dan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‘lib, baʼzan qurqinch xissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patologik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, xaddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Illuziya xissiy aʼzolarimizga bevosita taʼsir etib turgan narsa va hodisalarning noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayonining noyob hodisasidir. Baʼzan psixologiya fanida idrok qilishga olib keluvchi ko‘zgatuvchilar konfigurasiyasining (lotincha «contiguratio» tashqi tuzilishida o‘xshashlik, o‘zaro o‘xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o‘zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi lotincha «adaegguatus», yaʼni teppa-teng, mutlaqo mos, ayni to‘g‘ri demakdir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni kurshab turgan fazoviy joylashuvi bilan fark qiluvchi boshqa shakllar o‘rtasida ulchov munosabatining bo‘zilishida namoyon bo‘ladi. Tasvirlar yorug‘ fondi qora fonga nisbatan qoraroq tuyo‘ladi, yangi holat mahsuli deyiladi. Kontrast « contraste» - keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so‘z bilan aytganda yorug‘lik bilan fon o‘rtasidagi munosabat ifodasidir. « Fon « tushunchasi franso‘zcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag maʼnosini bildiradi.
    Atraksiya insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda namoyon bo‘lib)o‘ziga maxliyo qilish, qalbni « jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, ko‘zgatuvchilar, motivlar taʼsirida vujudga keladi. Jumladan: 1) dastlabki tashqi ko‘rinish, istarasining issiqligi; 2) subʼektga nisbatan rishtasiz bog‘lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o‘xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
    Psixologiya fanida juda kam tadqiq kilingan idrok fenomenlaridan bittasi – bu yaqqol ko‘rinish ( yasnovidenie ) deb atalib, vokealik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan kurish, yaqqol g‘oiblardan xabar qilish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko‘rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo‘lishi mumkin, holos. Aksariyat fazifalarda yaqqol kurishlik bilish subʼektning shaxsiy xayoloti, o‘zlarining diqqatini tortishga, jalb qilishiga aloqador xissiy kechinmalardan boshqa narsa bulmasdan uning yaqqollik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan kurish imkonining yuksalligi, aniqligi qilishni hanuzgacha xayajonga soladi. Idrokning muhim tomonlardan biri uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokning muxim xususiyatlaridan biri – bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda, insonning idrok qilish faoliyati uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to‘plagan tajribalari, shuningdek, murakkab, analitik sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.
    Idrokning boshqa bilish jarayonlaridan, shu jumladan, sezgidan farqli tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir. Xuddi shu yaxlitlik belgisi alohida namoyon buluvchi ayrim alomatlarda ifodalanuvchi narsalarni predmet yoki jism tarikasida inʼikos qilish qobiliyatiga ega, Chunki jismlarning aniqligi, ravonligi predmet yoki jism sifatida ko‘zga tashlanishida o‘z ifodasini topib, muayyan to‘zilish, strukturani vujudga keltiradi, Idrok mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xox verbal, xox noverbal tarzda ifodolanishdan kaʼtiy nazar bu predmet yoki jism sifatida gavdalanadi va unga qiyos berilgan yaxlitligini namoyish etadi.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu bo‘yicha nazorat topshiriqlari

    Download 1,25 Mb.