• Bilim sohasi: 900000-Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot Ta’lim sohasi: 920000-Ijtimoiy ta’minot Ta’lim yo’nalishi: 60920100-Ijtimoiy ish(faoliyatning turli
  • Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish
  • Mas’ul muharrir
  • Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish




    Download 395.35 Kb.
    bet1/65
    Sana01.04.2024
    Hajmi395.35 Kb.
    #184767
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Oilalar va bolalarga nomunosib munosabat
    ADOBE PHOTOSHOP programmasında tekstler hám sayalar menen islew

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

    MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI”


    kafedrasi

    OILALAR VA BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISH”


    FANIDAN
    O’quv-uslubiy majmua


    Bilim sohasi: 900000-Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
    Ta’lim sohasi: 920000-Ijtimoiy ta’minot
    Ta’lim yo’nalishi: 60920100-Ijtimoiy ish(faoliyatning turli
    sohalari)
    1-QISM
    Guliston-2022/23
    Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish fanidan ma’ruza matni. - Guliston.
    2022. 72-bet.
    Ushbu “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” o’quv uslubiy majmua
    Guliston davlat universiteti Ilmiy kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Mazkur “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” fanining o‘quv-uslubiy majmuasi kunduzgi ta’lim yo’nalishining 1-kurs talabalari uchun tayyorlangan


    Tuzuvchi: f.f.n., dots. N.Temirova


    Mas’ul muharrir: f.f.n., dots. R.Mahmudov

    Mustaqillik davrida komil insonni shakllantirish masalasi eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. Bu borada mustaqillik davrida shakllangan “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” fanining alohida ahamiyati bor. Yurtimizdagi ta’lim va tarbiya jarayonida ijtimoiy fanlarga alohida mas’uliyat yuklanadi. Mustaqillik davri ta’lim tizimida tubdan yangi “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” fanni o’qitishdan asosiy maqsad: ijtimoiy ishning etik tamoyillari va qadriyatlarini o’rganishdan iborat.



    Mundarija
    1. Kirish…………………………………………………………………………….4
    2. Oila tizim sifatida……………………………………………………..…….…...5
    3. Bouen oilaviy tizimlari va Minuxin tarkibiy terapiyasi yondoshuvi……....……20
    4. Oila bilan ishlash qoidalari……………………………………………...…........32
    5. Oila vaziyatini baholashni o`tkazish……………………………..……………...36
    6. Oilani baholashda genogramma va eko xarita…………………………….….....45
    7. Oila rivojlanishini rejalashtirish………………………………………………….52
    8. Oila va bolalar ijtimoiy himoyasi……………………………………………..…57
    9. Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila bilan ishlash………………………..69
    10. Notinch oilalardagi bolalarga yordam berish texnologiyalari……………..…...75
    11. Ijtimoiy xavf guruhidagi oilalar bilan ijtimoiy ish metodlari…………………...80
    12. Glossariy……………………………………………..…………………………88


    Kirish
    Ushbu o’quv uslubiy majmua oila va bolalar bilan ijtimoiy ish fanining nazariy asoslarini, ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar yordamida bakalavr talabalarida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish ko’zda tutilgan. O’quv-uslubiy majmuaning vazifasi bakalavr talabalarining ushbu fan bo`yicha olgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlar va interfoal vazifalarni bajarish orqali amaliyotda qo`llay olish ko`nikmalarini hosil qilishdir. Jamiyat va oila tushunchalari bir biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi atroflicha ilmiy yoritib berilgan. O’quv-uslubiy majmuada oila nafaqat jamiyatda balki umumbashariyatdagi o’rni,roli,ijtimoiy ahamiyatiga ilmiy yondashgan holda tavsif berilgan. Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʻla oʻzlashtirish, tahlil natijalarini toʻgʻri aks ettira olish kabilarni shakllantirishni ko’zda tutish. O’quv-uslubiy majmuada oila tizim sifatida,oila turlari va uning funktsiyalari, oila bilan ishlash qoidalari, oila vaziyatini baholash, genogramma va eko xarita bialan ishlash, oila rivojlanishini baholash, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bialan ishlash, notinch oilalardagi bolalarga yordam berish texnologiyalari kabi mavzularga amaliy yondashgan holda, ilmiy jihatdan yoritib o’tilgan.


    Download 395.35 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 395.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish

    Download 395.35 Kb.