|
Октябрь 2020 22-қисмBog'liq 22.Biologiya yonalishi 1 qismОктябрь 2020 22-қисм
Тошкент
orqasidan o‘tirganlarga ko‘rsatadi.O‘tirgan o‘quvchilar shu rasmga tegishli tushunchalarni ayta
boshlaydi.Doskadagi o‘quvchi rasmda nima tasvirlanganligini topadi.
“Munozara”o‘yini. Munozara o‘tkazish mavzusi aniq bo‘lishi kerak. Biologiyadan “Orol
dengizini saqlab qolish” ekologik muammosi tarixidan tanlangan muammo qismlarga ajratilib 15-
20 ta qisqa savollar o‘quvchilarga berilib, sinf o‘quvchilari 3-4 kishidan guruhlanadi. Guruhlarning
savollarga javobi muhokama etiladi va munozara boshlanadi. Munozarada har bir guruh a’zosi
qo‘yilgan muammolar haqida o‘z fikrini bayon etish huquqiga ega. Boshlovchi va 3 kishidan
iborat ekspert guruhi barcha javoblarni tahlil qilib, eng maqbul javob variantlarini aniqlaydi va
muammoni hal qilishning optimal varianti aniqlanib, munozaraga yakun yasaladi.
“Xayoliy sayohat” o‘yini. Ta’limning bu o‘yini biologiya, geografiya, til adabiyot va boshqa
fanlarda qo‘llanilishi mumkin. O‘simlik yoki hayvonlar tarqalgan biogeografik viloyatlarga
xayolan sayohat qilib, uni yozma tarzda yozish talab etiladi. Ishtirokchi o‘zi mustaqil o‘sha joyni
yozma tasvirlashi kerak. Kimning yozma tasvirlashi mazmunan yuqori saviyada yozilgan bo‘lsa,
u g‘olib hisoblanadi.
Biologiya - darslarini hayotga bog‘lash, ularni qiziqarli va ijodiy tashkil etish bosh maqsaddir.
Bunda asosiy rolni biologik o‘yinlar egallaydi. Biologik o‘yinlar nihoyatda xilma xil bo‘lib,
darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni qiziqarli bo‘lishida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirishda qulay va samarali vositalardan biri hisoblanadi. Biologiya darslarida
ana shunday zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol metodlarni qo‘llash
natijasida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlari ortadi, mustaqil o‘qib o‘rganish, jamoa bo‘lib
ish olib borish sifatlari ortadi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan darsda o‘quvchilar
o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga
ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini
oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va oquv dasturi; Biologiya,- Toshkent-2010.
2. J. O‘. Tolipova, M.T.Umaraliyeva. “Botanika darslari”. “O‘qituvchilar uchun metodik
qo‘llanma”. Toshkent 2011 yil.
3. Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent
2004
|
| |