• Октябрь 2020 22-қисм Тошкент BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Normurodova Zarina Sherali qizi
  • Kalit so‘zlar
  • Октябрь 2020 22-қисм




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/17
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #138544
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    22.Biologiya yonalishi 1 qism

    Октябрь 2020 22-қисм
    Тошкент
    Pedagоgik texnоlоgiyalardan majburan fоydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali 
    pedagоglar tоmоnidan asоslangan yoki ular tоmоnidan qo‘llanilayotgan ilg‘оr texnоlоgiyalardan 
    maqsadga muvоfiq fоydalanish bilan birga, ularni ijоdiy rivоjlantirish maqsadga muvоfiqdir.
    Ta’lim sifati va samaradоrligini оshirishda muammоli o‘qitish metоdlaridan foydalanish juda 
    zarur va kerak. Chunki muammоli ta’lim o‘quvchini izlanishga, ijоdkоrlikka, erkin fikrlashga 
    o‘rgatadi. O‘quvchida bunday sifatlarning shakllanishi, o‘quv-biluv mas’uliyatini оshiradi, 
    mustaqil bilim оlish uning kundalik оdatiy hоlatiga aylanadi. Bu esa ta’lim mazmunini, yangi 
    dastur va standartlarni o‘zlashtirib оlishga kafоlat bo‘ladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
    1. Tolipova J.O, G‘ofurov A.T Biologiya o‘qitish metodikasi T-2004
    2. O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobi T-2009
    3. www.ziyouz.com
    4.www.hujayra.uz 


    18
    Октябрь 2020 22-қисм
    Тошкент
    BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH 
    SAMARADORLIGI. 
    Normurodova Zarina Sherali qizi
    Samarqand viloyati Narpay tumani 11-maktab 
    Biologiya fani o‘qituvchisi. Tel: +998944702219
    Annotatsiya: ushbu maqolada biologiya fanining samaradorligini oshirishda foydalaniladigan 
    interfaol metodlar haqida ma’lumot berilgan. 
    Kalit so‘zlar: ta’lim, metod, bilim, an’anaviy dars, ko‘nikma, topib ko‘rchi usuli.
    Ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni bilim salohiyatinig rivojlanishida interfaol 
    usullardan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Dars jarayonida o‘quvchilarni diqqatini jalb 
    qilish, darslikdan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish, har bir o‘tilayotgan yangi mavzu yuzasidan 
    berilgan tushuncha va ta’riflarni o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan keng 
    foydalanish zarur. Metodlar asosida o‘tilgan dars an’anaviy darslardan ko‘ra yaxshi samara beradi. 
    O‘quvchilar ongida saqlanib qoladi, hamda ularning musatqil fikrlashga undaydi. Bugungi kunda 
    yoshlarga nisbatan davlat siyosati ham, asosan yosh avlodni keng fikrli, jamiyat ravnaqi uchun 
    munosib hissasini qo‘sha oladigan, har tomonlama kuchli, bilimli qilib tarbiyalashdan iboratdir.
    Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish maqsadida darslarda 
    o‘yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Metodlar vositasida darslarni tashkil 
    etish oquvchilar biologik qonuniyatlar, hodisalar va hayotiy jarayonlarni o‘rganish faoliyatini 
    intensivlantiruvchi va rivojlantiruvchi usullardan biridir. Metodlar o‘quvchilarning erkin fikrlash, 
    mustaqil xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatini, o‘rtoqlari bilan 
    muloqotga kirisha olish xususiyatlarini oshiradi, tez javob topish kunikmasini rivojlantiradi. 
    Metodlarni qo‘llash davomida o‘quvchilarda hosil bo‘ladigan ijobiy his hayajon tuyg‘usi ularni 
    charchashdan asraydi. Metodli darslari o‘qitishning faol shakllaridan bo‘lib bunday darslar 
    o‘qituvchi va o‘quvchilarnning ijodiy yondashuvlarini hamda o‘quvhilarning faol bilish 
    jarayonida bilim, ko‘nikma ,malakalarni o‘zlashtirishlarini ko‘zda tutadi.
    Metodlar asosida o‘tilgan dars an’anaviy darslardan ko‘ra yaxshi samara beradi. Men o‘z 
    darslarimni interfaol metodlar bilan olib boraman. Shunday metodlardan bir nechtasi haqida 
    ma’lumot bermoqchiman.
    ”Matn+test” usuli.
    Bunda o‘quvchilarga matn o‘qib beriladi yoki ovozli moslama yordamida matn eshittiriladi. 
    O‘quvchilar diqqat bilan tinglaydi va quyida beriladigan testlarning yechimini topishadi.Bu usul 
    orqali o‘quvchilarning diqqat va xotirasi mustahkamlanadi.Bu usul butun sinf bilan ishlaganda 
    qo‘llanadi.
    Masalan: Bir tup o‘simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 kmga 
    yetishi mumkin.Ildiz tukchalarining faoliyati 10-20 kun davom etadi.Ildizning po‘st hujayralari 
    tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo‘ladi.Makkajo‘xorining 1 mm2 so‘rish qismida 700 ta ildiz 
    tukchalari bo‘ladi.G‘o‘za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o‘sadi.
    Test
    1.Bir tup o‘simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa uzunligi qancha bo‘ladi? a)10 
    km b)20 sm d)20 km
    2.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi.
    a)10-20 kun b)20-31 kun d)18-48 kun
    3.Ildizning po‘st hujayralari qanday tuzilgan?
    a)o‘lik, yumaloq, yupqa qobiqli
    b)tirik, yumaloq, yupqa qobiqli
    d)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli
    4.Makkajo‘xorining 1mm2 so‘rish qismida qancha ildiz tukchalari bor?
    a)700 ta b)500 ta d)300 ta
    5.Go‘za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o‘sadi?
    a)5 sm b)10-20 sm d) 2-3 sm
    ”Topib ko‘rchi”usuli.
    Bunda o‘quvchilardan bir nafari doskaga chiqadi.Fanga oid rasmlardan birini doskadagi o‘quvchi 


    19

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish