• 9. Таджибаева Дилафруз Рахмонбердиева
  • Октябрь 2020 22-қисм Тошкент Биология ва экология соҳасидаги инновациялар BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLAR VA ZAMONAVIY
  • Kalit so‘zlar
  •  Normurodova Zarina Sherali qizi




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/17
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #138544
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    22.Biologiya yonalishi 1 qism

    7. Normurodova Zarina Sherali qizi
    BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH 
    SAMARADORLIGI. ...................................................................................................................18
    8. Rustamova Moxiba Raxmatillo qizi
    NAVOIY SHAHAR ATROF XO‘JALIGINI TASHKIL ETISHNING USTUVOR 
    YO‘NALISHLARI .......................................................................................................................20
    9. Таджибаева Дилафруз Рахмонбердиева
    ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ДИСЦИПЛИНАХ БИОЛОГИИ .........................22


    7
    Октябрь 2020 22-қисм
    Тошкент
    Биология ва экология соҳасидаги
    инновациялар
    BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION USULLAR VA ZAMONAVIY 
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
    Gaziyeva Muattarxon Saidmalikovna
    Andijon olimpiya zahiralari kolleji biologiya fani o‘qituvchisi
    Annotatsiya: Ushbu maqolada biologiya fanini o‘qitishda foydalaniladigan innovatsion 
    usullar, zamonaviy texnologiyalar va ularning ahamiyati haqida tushuncha beriladi.
    Kalit so‘zlar: Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar, «Keys», «Insert», «Klaster», 
    «Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalar zanjiri», «Atamalar varag‘i», tezkor o‘yinlar va o‘yin 
    mashqlar.
    Biologiyani o‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan «Keys», «Aqliy hujum», 
    «Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalar zanjiri», «Atamalar varag‘i», tezkor o‘yinlar va o‘yin 
    mashqlaming turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. 
    Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalami o‘qitishda «Keys»dan foydalanish yuqori 
    samara beradi. «Keys» — case studies ingliz tilidan olingan bo‘lib, jarayon yoki vaziyat degan 
    ma’noni beradi. Biologiyani o‘qitishda dastur mazmunidagi evolutsion tushunchalar yetakchilik 
    qilgan, shuningdek, munozarali «o‘simliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi», «hayvonot 
    olamining paydo bo‘lishi va rivojlanishi» kabi mavzulami o‘qitishda foydalanish mumkin. 
    Ta’lim-tarbiya jarayonida keysdan foydalanish uchun o‘qituvchi: dastur mazmunidagi muammoli 
    mavzulami aniqlashi, shu mavzularni o‘qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi; dars 
    davomida muammoli savol-topshiriqlaming qiyinchilik darajasiga ko‘ra yakka tartibda yoki 
    o‘quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlami tashkil etilishini aniqlashi; 
    • o‘quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o‘quv munozaralari orqali 
    bahsda qatnashtirish yo‘llarini rejalashtirishi; • muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil 
    etilgan o‘quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim. Dastur mazmunidagi faqat 
    faktik materiallarni o‘rganish nazarda tutilgan mavzularda Insertdan foydalanish tavsiya etiladi. 
    Insert — lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan o‘quv 
    materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo‘llaniladi. 
    O‘quvchilarni Insert yordamida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o‘rganiladigan 
    o‘quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O‘quvchilar har bir jumlani o‘rganib chiqib, maxsus 
    jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar jumlada berilgan ma’lumot 
    shu kungacha o‘zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, «Bilaman» - V, agar ma’lumotlar tushunarli va 
    yangi bo‘lsa, u holda «Ma’qullayman» +, agar ma’lumotlar o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlariga 
    mos kelmasa, u holda «o‘rganish lozim» —, o‘quvchilar o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda 
    qiyinchilik his etsa, u holda «Tushunmadim» ? belgisini qo‘yadi. 
    Insert bilan ishlashning afzallik tomoni aval kichik guruh a’zolari o‘rtasida kichik guruhlar 
    bilan o‘zaro o‘quv bahsi o‘tkazilishi, bahsda o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni 
    to‘ldirish, bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan o‘qituvchi tomonidan berilgan axborot 
    ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi. 
    Biologiyani o‘qitishda tezkor o‘yinlar va o‘yin mashqlardan ham foydalanish muhim o‘rin 
    tutadi. 
    Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o‘quvchilarning bilish 
    faoliyatini faollashtirib, ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. J.O. Tolipova, A.T. G‘ofurov. Biologiya ta’limi texnologiyalari. — Т.: O‘qituvchi, 2002. 


    8

    Download 1,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish