Октябрь 2020 22-қисм




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana16.01.2024
Hajmi1,76 Mb.
#138544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
22.Biologiya yonalishi 1 qism

Октябрь 2020 22-қисм
Тошкент
O‘SIMLIKLARNING TABIATDAGI VA INSON HAYOTIDAGI O‘RNI, ATROF-
MUHITGA TA’SIRI
Rustamova Dilfuzaxon Muxtarovna
Andijon olimpiya zahiralari kolleji 
bilogiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada o‘simliklarning atrof muhitga, inson hayotiga ta’siri va o‘rni 
to‘g‘risida so‘z ketadi. O‘simliklar tuzilishi ularning foydalilik jihatlari yoritilib beriladi.
Kalit so‘z: o‘simlik, botanika, okean, uglerod, inson, atrof-muhit.
O‘simliklar butun yer yuziga tarqalgan bo‘lib, faqat quruqlikda emas, balki ko‘l, dengiz va 
okeanlarda, ba’zan, ancha katta chuqurliklarda ham o‘sadi
Fotosintez yoki uglerod assimilatsiyasi natijasida o‘simliklar tanasining tuzilishi va hayot 
faoliyatining saqlanishi uchun zarur bo‘lgan organik moddalar hosil bo‘ladi.
Fotosintez natijasida atmosferaga ajralib chiqadigan juda ko‘p miqdordagi kislarot planetamizda 
hayotni saqlab turadi, chunki o‘simliklar, hayvonlar va odamning nafas olishi uchun kislarod 
zarur. O‘simliklar, hayvonlar va odam nafas olish protsessida karbonat gazini ajratadi, bundan 
tashqari, nobud bo‘lgan organizmlarning chirishi, yonishi va achishi protsessida ham bu gaz 
atmosferaga chiqadi.
Biroq, atmosferada karbonat angidrid gazining zapasi ortib ketmaydi, chunki o‘simliklar 
fotosintezi protsessida har yili bu gazning qariyb 175 milliard tonnasini o‘zlashtirib, uni 
organik modda hosil qilishda sarflaydi. Shunday qilib, o‘simliklar karbonat angidridning biogen 
aylanishida ishtirok etib, uni assimilatsiya protsessida sarflaydi. Bundan tashqari, o‘simliklar 
qurib, chiriganda ham karbonat angidrid atmosferaga o‘tadi.
Yashil bo‘lmagan o‘simliklar (xlorofillsiz zamburug‘lar va bakteriyalar) ham moddalarning 
o‘zgarishiga ishtirok etadi. Ular o‘simliklar va hayvonlarning nobud bo‘lgan qoldiqlarida yashab, 
murakkab organik moddalarni birmuncha oddiyroq mineral moddalar (karbonad angidrid, ammiak 
, suv va boshqalar) ga parchalaydi. Bu moddalarni yuksak o‘simliklar osonlikcha o‘zlashtiradi. 
Azotning biogen aylanishi protsessi ham o‘simliklar yordamida sodir bo‘ladi. Bu protsesning 
mohiyati shundan iboratki, tuproq bakteriyalarining ayrim turlari atmosferadan erkin azotni 
o‘zlashtirib, o‘z tanasining oqsil moddalarini tuzish xususiyatiga o‘simliklar nobud bo‘lib, tanasi 
parchalanib ketgandan kiyin bu elementlar qaytadan tuproqqa tushadi. 
Shunday qilib, agar yer yuzida o‘simlik qoplami bo‘lmaganda edi, organik olamning boshqa 
formalari (odam, hayvonlar) yashashi mumkin bo‘lmas edi. O‘simliklar inson hayotida ham katta 
ahamiyatga ega. 
Ular tarkibidagi organik moddalar (oqsillar, uglevodlar, moylar ) ni inson non, sabzavot, meva 
shaklida iste’mol qiladi yoki ular mollarga beriladi. Inson o‘simliklardan qurilish materiallari, 
gazlama to‘qish uchun tola, qog‘oz buyumlar uchun hom ashyo, yoqilg‘i sifatida foydalanadi.
Ulardan ko‘p dorivor priparatlar, oshlovchi va bo‘yoq moddalar ham olinadi. O‘simliklar 
orasida insonga katta zarar yetkazadigan turlar ham bor. O‘simliklar olamini himoya qilish 
barcha insonlarning oldidagi asosiy burch hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy biologiya kursi.
2. Internet ma’lumotlari.


11

Download 1,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish