O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor
________ S.Normamatov
2023-yil “___” __-avgust
BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI 4-KURS TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
|
600 000 – Xizmatlar sohasi
610 000 – Xizmat ko‘rsatish sohasi
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60230600 – Noshirlik ishi
|
Amaliyot davomiyligi:
| |
Malakaviy amaliyotning o‘quv dasturi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining 2023-yil “___”______ dagi ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
|
|
|
|
|
|
Majidova G.A.
|
_
|
ToshDO‘TAU,“Kompyuter lingvistikasi va raqamli
texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi
|
|
|
Taqrizchi:
Atamuratov R.K.
|
_
|
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU, “Kompyuter lingvestikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsent v.b. p.f.f.d. (PhD)
|
Sh.A.Abduraxmonova
|
_
|
Nizomiy nomidagi TDPU, “Axborot texnologiyalari” kafedra mudiri (PhD), dotsent
|
O‘zbek tili ta’limi fakulteti dekani:
2023-yil “____” ______________ _____________ S.Muxammedova
(imzo)
Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri:
2023-yil “____” ______________ ______________ B. Elov
(imzo)
KIRISH
Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom” ning bandiga muvofiq 60230600 – Noshirlik ishita’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi.
Hozirgi kunda Respublika ta’lim
tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis
kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimini amalga oshirilayotgan islohatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi talab etilmoqda.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirilib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos.
60230600 – Noshirlik ishi ta’lim yo’nalishi talabalarining malakaviy amaliyotini to’g’ri tashkil qilish bo’lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va deversifikatsiyalash sharoitida “Noshirlik ishi “ ta’lim yо’nalishi bо’yicha tahsil olayotgan talabalar malakaviy amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanandi.
60230600– Noshirlik ishi ta’lim yо’nalishi 4- kurs talabalarining malakaviy amaliyoti 8 – semestrda, ya’ni 16 hafta davom etadi. Bunda haftasiga 6 kun, har bir kunda 6
soatdan amaliyot mashqlari, qolgan 3 soatida talaba o‘z mustaqil faoliyatini rejalashtirilishi talab etiladi. Talaba malakaviy amaliyotini tashkil etish bo’yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun institutdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan maqullanishi maqsadga muvofiq.