• Malakaviy amaliyotning mazmuni va tarkibi
  • Malakaviy amaliyotning obyekti va muddati




    Download 50,31 Kb.
    bet3/8
    Sana13.02.2024
    Hajmi50,31 Kb.
    #155816
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-kurs amaliyot

    2.2. Malakaviy amaliyotning obyekti va muddati


    O‘quv jarayoni grafigiga muvofiq har yili malakaviy amaliyot o‘tishning aniq muddati belgilanadi.
    Malakaviy amaliyot obekti bo‘lib turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish korxonalari, sug‘urta kompaniyalari, ulgurji savdo kompaniyalari, firmalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, kichik korxonalar, xizmat ko‘rsatish korxonalari hisoblanadi.
    Amaliyot dasturlariga mos holda amaliyotni o‘tayotgan talaba ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonasining marketologi sifatida ish o‘rganadi. Shunisi muhimki, amaliyot o‘tayotgan talabalar amaliyot davrida o‘z mutaxassisliklariga zid keladigan ishlardan ozod bo‘lishlari hamda dasturda ko‘rsatilmagan ishlarni bajarishlari amaliyot mohiyatiga ziddir.
    Amaliyot davrida talaba ishlab chiqarish tomonidan belgilangan rahbarlari, ya’ni bular ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining marketing bo‘limi boshlig‘i, marketologlar bilan hamkorlikda ish rejalarini tuzadilar va bu reja o‘z ifodasini berilgan dasturda topishi lozim.
    Bajariladigan ishlar muddati va bosqichlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish amaliyotidan biriktirilgan rahbar tomonidan belgilanadi.
      1. Malakaviy amaliyotning mazmuni va tarkibi


    Malakaviy amaliyot kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish reja asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot obyektiga individual tarzda yondashishi zarur. Shuningdek, “Talabaning kalendar ish rejasi” aniq, maqsadli va natijaga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim.



    Mavzu raqami

    Amaliyotning namunaviy mavzulari

    Sarflanadigan kunlari


    Tashkilot bilan umumiy holda tanishish

    4 kun


    Tashkilotda mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish

    4 kun


    Tashkilot boshqaruv strukturasini o‘rganish

    4 kun


    Tashkilotda mavjud kommunikasiya tizimini va rahbarlik fazilatlarini o‘rganish

    4 kun


    Tashkilotda mavjud “xodimlarni rag‘batlantirish va chora ko‘rish” tizimi bilan tanishish

    4 kun


    Tashkilotda faoliyat yuritayotgan namunali xodimlar ish faoliyati bilan tanishish va tahlil qilish

    6 kun


    Malakaviy amaliyotning tashkilot uchun bo‘lgan ahamiyati

    4 kun


    Malakaviy amaliyotning tashkilot uchun bo‘lgan ahamiyatini tahlil qilish

    4 kun


    Tashkilot faoliyatidan kelib chiqqan holda reja tuzish va tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot ma’suli bilan rejani tahlil qilish

    4 kun


    Tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tanishish

    4 kun


    Tegishli huquqiy-normativ hujjatlar bilan tanishish

    4 kun


    Me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish

    6 kun


    Biriktirilgan rahbar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlab chiqarish amaliyoti tahlili va uni tashkil etish choralarini ko‘rish

    4 kun


    Malakaviy amaliyot davrida olinadigan tajribalar hamda samaradorlikni tahlil qilish

    4 kun


    Amaliyot o‘tash joyida texnika va texnologiyalarni mutaxassisligiga mosligini aniqlash

    6 kun


    Tanlangan BMI yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha amaliyot rahbari bilan takliflarini ishlab chiqish va amalga oshirish

    4 kun


    BMI mavzusiga oid ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish

    6 kun


    To‘plangan statistik ma’lumotlarni tahlil qilgan holda ilmiy tadqiqot ishiga moslash

    6 kun


    Amaliyot o‘tash joyida olingan ma’lumotlarni BMIning asosiy qismi bilan bog’lash va tegishli takliflarni ishlab chiqish

    6 kun


    Amaliyot jarayonida to‘plangan ma’lumotlar asosida malakaviy amaliyot hisobotlarini tayyorlash

    4 kun


    Amaliyot jarayonida to‘plangan ma’lumotlar asosida malakaviy amaliyot hisobotlarini tayyorlash va oqqa ko’chirib, amaliyot rahbariga taqdim etish

    4 kun





    Download 50,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 50,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Malakaviy amaliyotning obyekti va muddati

    Download 50,31 Kb.