• MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA HISOBOTNI HIMOYA QILISH
  • MALAKAVIY AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI




    Download 50,31 Kb.
    bet6/8
    Sana13.02.2024
    Hajmi50,31 Kb.
    #155816
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-kurs amaliyot

    MALAKAVIY AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


    Amaliyotga о’qishning nazariy kursini muvaffaqiyatli tugallagan talabalar yuboriladi. Unga asos bо’lib talabani amaliyotni о’tish uchun qabul qilishga rozoligini tasdiqlaydigan korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning rasmiy xatlari xizmat qiladi. Amaliyot boshlanishidan oldin kafedrada talabalar bilan yig’ilish о’tkaziladi. Unda amaliyotning maqsad va vazifalari, amaliyotni о’tish muddati va tartibi, hisobotlarga qо’yiladigan talablar tо’liq dasturlari va kundaliklari tarqatiladi. Malakaviy amaliyot mobaynida talabaning huquqlari va majburiyatlari quyidagilardan iborat:

      • amaliyotga borishdan avval talaba berilgan dastur bilan yaqindan tanishib, ishlatilishi zarur bo’lgan jadvallarning maketini tuzishi shart;

      • amaliyot obektiga o’z vaqtida kelishi, zarur hujjatlarga ega bo’lishi lozim;

      • amaliyot o’tish davrida talaba dasturda amaliyot bo’yicha hamma bosqichlarni va yakka tartibda amaliyot bo’yicha topshiriqlarni bajarishga majbur;

      • ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish korxonalarida o’tkaziladigan korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan turli anjumanlarda faol qatnashish huquqiga ega;

      • amaliyotni o’tib bo’lgandan so’ng, bajarilgan ishlar bo’yicha amaliyot rahbari kerakli tafsilotni berib, dastxatni qo’ygandan so’ng ish kafedraga tavsiya etiladi;

      • ish tekshirib o’tilgandan so’ng himoyaga tavsiya etiladi va belgilangan muddatda himoya qilinadi.

    Talaba tomonidan ushbu vazifalarni bajarilmasligi kafedrada talabaning davlat imtihonlarini topshirish va malakaviy ishini himoya qilishga ruxsat bermaslik tо’g’risidagi malasni о’rtaga qо’yishga asos beradi.
    1. MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA HISOBOTNI HIMOYA QILISH


    Amaliyot so’ngida talabalar hisobotni “Kompyuter langvistikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining xay’ati xuzurida ximoya qiladi.
    Maxsus xay’at ishtirokida amaliyot hisoboti himoyasi universitet yoki ishlab chiqarish obektida o’tkaziladi. Xay’at tarkibida “Kompyuter langvistikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining professor-o’qituvchilarning amaliyot rahbari yoki mumkin qadar ishlab chiqarish amaliyoti obektidan yetuk mutaxassislar bo’lishi zarur.
    Amaliyot bo’yicha talabaning hisoboti ishi 100 ballik tizim bo’yicha baholanib natijasi maxsus qaydnomada qayd etiladi.
    Agarda talaba ishlab chiqarish amaliyot dasturidagi bo’limlarga loqayd yondoshib, shu bilan bir qatorda institut tomonidan qoniqarsiz tafsiyanomaga ega bo’lsa, u holda talaba 2 - marotaba amaliyot o’tashga yuboriladi. Ayrim hollarda institut talabani institutdagi faoliyatini ko’rib chiqish mumkin.
    Amaliyot bo’yicha qarzlar hamda qayd etishlar belgilangan muddatda amalga oshmasa, ya’ni kechikib qilinsa, u holda dekanatdan yozma ravishda tushuntirish xati, ruxsat xat keltirib beriladi va o’z navbatida yuqoridagi xatlar qaydnomalarga biriktirilib boriladi.



    1. Download 50,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 50,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MALAKAVIY AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

    Download 50,31 Kb.