MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH




Download 50,31 Kb.
bet5/8
Sana13.02.2024
Hajmi50,31 Kb.
#155816
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-kurs amaliyot

4. MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH


Talabalarning malakaviy amaliyotiga rahbar etib “Kompyuter langvistikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi professor- o’qituvchilari hamda korxonalarning yetuk mutaxassislari belgilanadi. Nizomga ko’ra talabalar malakaviy amaliyotiga rahbarlik va ish borishining nazorati Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Kompyuter langvistikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi. Joylarda amaliyotga umumiy rahbarlik ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish korxonasining rahbarlariga yuklatiladi. Dasturning ayrim bo’limlari bo’yicha rahbarlikni marketing bo’limining yetakchi marketologlari olib boradilar.
Amaliyotga rahbarning vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Amaliyotni o’tish dasturiga muvofiq zarur bo’lgan ishlarning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;

    • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonada yetuk mutaxassislar yordamida korxonasini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan ma’ruzalarni tashkil etish;

    • Amaliyot o’tadigan talabalarning amaliyot obektlaridagi mavjud tartibga bo’ysunishlari ustidan nazorat olib borish, ayrim hollarda, ya’ni tartib buzilgan paytlarda bu haqida institutdagi rahbar bilan xabarlashishlari lozim.

Talabalar amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirayotgan rahbarning majburiyatlari:

    • amaliyot dasturi bilan tanishib chiqish;

    • malakaviy amaliyotni o’tishda qo’llaniladigan yakka tartibda tuziladigan talabalarning amaliyot o’tish jadvalini tuzishga ko‘mak berish;

    • talabalarning belgilangan vaqtda amaliyotga kelishlari, ish vaqtidan unumdorlik bilan foydalanishlari ustidan nazorat yuritish;

    • ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan hamda ichki tartib, iqtisodiy axborotlar manbalari va ulardan foydalanish tartibi bilan talabalarni tanishtirish;

    • maslahat soatlarini belgilash;

    • talabalarga dasturda ko‘rsatilgan, bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarga sharoit yaratib, shu bilan bir qatorda ularga marketing bo‘limida ish joyi bilan ta’minlash;

    • kalendar rejasida ko‘rsatilgan topshiriqlar bo‘yicha talabalarga topshiriq berish;

    • uzluksiz ravishda amaliyot dasturida belgilab qo‘yilgan yakka tartibdagi ishlarning o‘z vaqtida talaba tomonidan bajarilishi ustidan nazorat olib borish;

    • Talabalar tomonidan hisobotlarning to‘ldirilshi to‘g‘risida kundalikdagi qaydnomalarni kunora tekshirish;

    • Malakaviy amaliyoti vaqtida talabaning tutayotgan xulq atvori to’g’risida “Kompyuter langvistikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi hamda institut tomonidan belgilangan rahbarga axborot berish.

Kundalikdagi qaydnomalar xar kuni yozib borilishi, ish kuni so‘ngida korxona (tashkilot,muassasa) tomonidan belgilangan rahbar kamchiliklarini bildirib dastxatini qo‘yishi zarur. Amaliyot so‘ngida amaliyotchi talaba kundalikning ohiriga o‘z dastxatini qo‘yadi, shundan so‘ng ishlab chiqarish korxonasi tomonidan belgilangan rahbar dastxatini qo‘yib korxona muhriga tavsiya etiladi.



  1. Download 50,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 50,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH

Download 50,31 Kb.