Xom ashyo materiallarini pishirish
Tashkilotlarda aylanma pechlardan chiqib ketayotgan gazlarni portlashga
xavfliligi
doimo
nazorat
qilib
turilishi
lozim.
Nazoratni
avtomatik
gazoanalizatorlarda amalga oshirish kerak.Klinkerni kuydirish texnologik jarayoni
uchun yokilg‘ini bir turi ko‘mir (yonuvchi slaneslar), gaz yoki mazut ishlatilishi
kerak.Pechning kattaligi 5 x 185 m bo‘lganida va «GMU-120» qurilma bilan
jihozlanganida, gaz va mazut bilan ishlashda pechning quyidagi xavfsizlik
choralariga rioya qilgan holda yoqishga ruxsat etiladi:pechni yoqish va 1000°S
gacha qizdirish faqat bir tur yoqilg‘i gaz bilan amalga oshirilganda (haroratni
nazorat qilish optik pirometr bilan amalga oshiriladi);mazutni dastlabki berilishi
uni eng yuqori xarajat miqdorining 30% mikdorida bo‘lganda;mazutni gaz
holatidagi yoqilg‘i aralashmasidagi eng yuqori miqdori 50% dan oshmaganida.
66
Chiqib ketayotgan gazlarning mo‘risini tozalanishi mexanizatsiya- lashgan
bo‘lishi lozim.
Barcha qo‘llanilayotgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega
materiallar ta‘siri hakida ularning nomlanishi, tarkibi, xavflilik (zaxarlilik) darajasi,
qo‘llanish sohasi, ularni qo‘llashda himoyalanish choralari to‘g‘risida ma‘lumot
bo‘lishi lozim. Ma‘lumotlarga ega bo‘lmagan materiallarni ishlatish taqiqlanadi.
Ishlab chikarish asbob-uskunalariga kuyiladigan xavfsizlik talablari
Ishlab chiqarish asbob-uskunalarini montaj qilish, foydalanish va ta‘mirlash
paytida ishlarning xavfsizligini ta‘minlashi, yong‘in va portlash xavfidan holi
bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan
sanitariya me‘yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh
radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida
xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi qismlari GOST
12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish
tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari,
o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon
bermaydigan xolatda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga
xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta‘mirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m
va undan baland joylashgan to‘siklari va zinalari bor maydonlar bilan ta‘minlangan
bo‘lishi kerak.
Asbob-uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan anik
yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim.Ishlab chiqarish asbob-uskunalari
tarkibiga kiruvchi himoya vositalari quyidagilar bilan ta‘minlanishi lozim:
O‘chirib ko‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunasining ishlashi
cheklab qo‘yilishi;xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan
holatlarda ishlab ketishi;faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta‘siri
67
tugagandan
so‘nggina
himoya
vazifasi tugatilishi ta‘minlanishi;himoya
vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni
yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalari bilan himoyalash vazifasi
ta‘minlanishi;xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda
o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat
qiluvchi qurilmalar bilan ta‘minlanishi.Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar o‘tkir
uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek
to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi
lozim.Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj
qilish, xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta‘minlashi kerak.
Klinker, sement va xomashyo aralashmasini saqlash sirimlari (siloslar,
bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk bo‘shatish paytida chang
tutish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Chang tutish moslamalari
ishga yaroqsiz bo‘lganda siloslarni ishlatish man etiladi.
Sirimlarning tepasi perimetri bo‘yicha to‘silgan bo‘lishi va to‘siqlar GOST
12.4.059-87 «qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar» talablari
bo‘yicha bajarilishi kerak.
Sirimlar galereyasidagi oynaning romlarini ochik holatda ushlab turish uchun
moslamalar bilan ta‘minlangan bo‘lishi lozim. Oyna romini ochish galereya
polidan turib amalga oshirilishi kerak.Sirimlar galereyasi truboprovodlaridan o‘tish
uchun o‘tish ko‘priklarini o‘rnatilishi GOST 12.4.059-87 «qurilish. Inventar
himoyalovchi to‘siklar. Texnik shartlar» talablariga muvofik bo‘lishi lozim.
Sirim ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari qo‘rilishi kerak:
sirimga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tikin jumraklari yopilishi va
GOST 12.4.026-76 buyicha «Tikin jumraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!»
yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi lozim.sirimga tushayotganlar
ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki
borlovchi (signal, arkon, gaplashish manbai, radioaloka) vositalari bilan
ta‘minlanishi lozim.Kajavalar utirgich, oyok uchun tirgovich, tusik va asbob
saklash va kotirish anjomlari bilan jixozlangan (chuntaklar, xomutlar va boshkalar)
68
bulishi lozim.Kajava tusirining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, qo‘shimcha
to‘siq planka balandligi 0,6 m bo‘lishi lozim, lyulkani osib qo‘yish vositalari uning
to‘nkarilishini bartaraf qilishi lozim.
|