II BOB. LAZERLAR VA ULARNING AMALIYOTDAGI O’RNI




Download 255,01 Kb.
bet5/9
Sana29.05.2024
Hajmi255,01 Kb.
#257129
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Do\'stmatov Asomiddin

II BOB. LAZERLAR VA ULARNING AMALIYOTDAGI O’RNI
2.1 Lazerlarning tibbiyotda qo’llanilishi
Lazer nurining fokusida energiya to‘plangan bo‘lib, u biologik to‘qimalami qizdirib bug‘lantirish uchun yetarlidir. Jarroh lazer skalpelni sekin - asta yo‘naltirib, to‘qimani kesib boradi. Kesim chuqurligi va kesim tezligi to‘qimaning qon bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Òrtacha kesim chuqurligi 2-3 mm oraligida bo'ladi. Ko‘pincha to‘qimalami kesish bir marotaba bajarilmay, balki skalpel bir necha marta yurgizilishi bilan amalga oshiriladi, bunda to‘qima go‘yo qatlamlab kesiladi. Jarrohlik skalpeli tarzida lazer bir qator afzalliklarga ega.
Birinchidan, bu nur qon chiqarmay qirqadi, chunki u unchalik katta bo'lmagan qon tomirlarni shu vaqtni o‘zidayoq yamab qo‘yadi. Bu xususiyati bilan u elektrpichoqqa o‘xshaydi.
Ikkinchidan, lazer skalpeli kesish xususiyati hamma vaqt ishonchli va o‘zgarmasdir.
Uchinchidan, shaffofligi, ya’ni soya hosil qilmasligi tufayli jarrohga operatsiya qilinayotgan qismini kuzatib borish imkonini beradi. Odatdagi skalpelning tig‘i esa hosil qilgan o‘z soyasi tufayli ish joyini jarrohdan to‘sadi.
To'rtinchidan, lazer nuri to‘qimani ma’lum masofadan turib unga bosim bermay kesadi.
Beshinchidan, lazer skalpeli mutlaq sterillikni (ya’ni tozalikni) ta’minlaydi. Haqiqatan, nurdan tashqari to‘qimaga biror narsa bilan tegmaydi. To‘qima bilan faqat nurlanish o‘zaro ta’sirlashadi. Tozalikning yana bir sababi kesish joyida yuqori harorat hosil bo‘ladi.
Oltinchidan, lazer nuri lokal (muayyan joyga) ta’sir ko‘rsatadi. To‘qimani bug‘lanishi faqat fokus nuqtasidagina ro‘y beradi. Uning yonidagi to‘qimalar mexanik yoki elektr skalpeliga nisbatan kamroq jarohatlaydi.
Yettinchidan, klinik tajribalaming ko‘rsatishicha, lazer skalpelidan hosil bo'lgan yara aslo og‘rimaydi va nisbatan tez tuzaladi.
Lazer nuri yordamida qanday jarrohlik operatsiyalar o‘tkazish mumkin? Lazer nuridan tibbiyotda foydalanish 1966-yilda A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya oliygohida boshlandi. Lazer skalpelli qorin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi ichki a’zolami operatsiya qilishda qo’llanildi. Lazer skalpeldan ko‘p tomirli joylami operatsiya qilishda foydalanish jarrohlami juda qiziqtirgan muammodir. Xususan, jigar, yurak, taloqni operatsiya qilish tibbiyotning juda katta muvaffaqiyati hisoblanadi. SO2 - lazer yordamida oshqozon va ichakda turli xil operatsiyalar (qirqish, rezaksiya) o‘tkaziladi. Yo‘g‘on va ingichka ichakni kesish uchun lazerning chiqishdagi quvvati 9-11 Vt bo‘lganida numi bir marta o‘tkazish, yo‘g‘on ichak uchun ikki marta, oshqozonni kesish esa 2-3 marta o ‘tkazish yetarlidir. Masalan, ichakning devori oson kesilib, kesilgan joyi tekis va quruq bo'lib, usti yupqa jigarrang parda bilan qoplangan. Ichakning devoridan hech qanday qon oqish yuz bermagan. Oshqozonning devori ham lazer nurida osongina kesiladi. Oshqozon va ichakning kesilgan joyi 25 - 30 kunda bitib, kishining sog‘ terilardan juda kam farqlanadi. Lazer nurida to‘qimalami qirqishdan tashqari terilarni biriktirishda ham foydalaniladi. To‘qimalami qirqish fokuslangan nur yordamida amalga oshiriladi. Nurlanishning quvvati 20 Vt va fokuslangan dog' 1 mm bo‘lganda intensivlik 2,5 kVt/sm² teng bo‘ladi. Bunda nurlanish to‘qimaning 50 mkm chuqurlikkacha kiradi. Bunda 126 to‘qimani qizdirishda tushayotgan quvvatning sirt zichligi 500 kVt/sm² gacha yetadi. Bu biologik to‘qimalar uchun juda katta miqdordir. Bunda nur to‘qimani juda tez qirqadi va bug‘lanishi sodir bo’ladi, ya’ni to‘qimani qirqilishi ro‘y beradi. Agar lazer nurini fokuslashtirib nurning intensivligini 25 Vt/sm² gacha, ya’ni oldingi holdagiga qaraganda 100 marotaba kamaytirsak, to‘qima buģlanmaydi, balki sirtiy kaogulatsiya sodir boMadi. Bunday jarayon qirqilgan to`qimalami ulashda foydalaniladi. Biologik payvandlash qirqilayotgan a`zoning devori tarkibida mavjud bòlgan va ulanayotgan to`qimalar oraliģiga maxsus siqib keltirilgan suyuqlikning kaogulatsiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Yurak operatsiyasining eng murakkab jarayonlardan biridir. Hozirda lazer skalpeli yordamida bunday jarrohlik operatsiyalarida qo’llanilishi keskin ortib bormoqda. Bunday operatsiyalardan lazer nuridan qanday foydalanish mumkinligi to‘g‘risida bir misol keltiraylik. Ma’lumki, yurak klapanining darchasi xuddi ikki yaproqchaga o‘xshaydi. Barglarning bir cheti yurakning ichki devoriga mahkamlangan bòladi. Mazkur barglar erkin qirralari bilan yurakning ish sikliga mos ravishda goh bir - biri bilan zich yopishib teshikni ochib qonni bir yo‘nalishda qo‘yib yuboradi. Yurakning ba’zi bir xastaliklarida mazkur "barglar" ning chetlari qisman birga qo‘shilib ketadi va buning natijasida qonni o‘tkazuvchi teshik qisman bekilib qoladi. Xuddi shu birlashib ketgan yoģ chiziq bo`yicha jarroh yurak klapanlar darchalami qiratishiga to`g‘ri keladi. Shunday operatsiyalami o ‘tkazishda lazer skalpeli juda qo’l keladi. lazer nuri dastlab ko‘z kasalliklari orasida to‘rsimon pardaning qatlamlanishini davolashda qo‘llanildi. Ko‘zi ojizlik hollarining eng keng tarqalgani glaukomadir. Mazkur xastalik mamlakatlaming 40 yoshdan oshgan aholisining taxminan 2-3 % glaukoma xastalligi bilan og‘rishi qayd qilingan. Glaukomani an’anaviy usullar bilan davolash juda murakkab jarayon bòlib, ko‘z unda kuchli jarohatlanishi mumkin. Shuningdek, davolash natijasi tamoman ijobiy bòlishiga ishonish qiyin. Shu o‘rinda lazer nuridan foydalanish ayni maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Lazer nuri bilan ko‘zning rangdor pardasida teshik ochilib, shu yoģ bilan uning kapillar naylarini xususiyatini tiklab, ko`z suyuqligining normal oqimiga imkon tug‘iladi. Ammo rangdor pardani juda tez kuydirib teshik ochish shamollashga olib keladi va natijada hosil bo’lgan teshik bekilishiga sabab bo’ladi. Akademik M.M. Krasnovning tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, rangdor pardani kuydirish emas, balki uni urib teshish kerak ekan. Boshqa so‘z bilan aytganda, lazer impulslari pardaga issiq ta’siri emas, balki mexanik ta’sir ko‘rsatishi lozim.

 

 

 

 

 

 


Download 255,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 255,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. LAZERLAR VA ULARNING AMALIYOTDAGI O’RNI

Download 255,01 Kb.