|
Lazer nuri yordamida ayrim jarayonlarni nazorat qilish
|
bet | 7/9 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 255,01 Kb. | | #257129 |
Bog'liq Do\'stmatov Asomiddin 2.3. Lazer nuri yordamida ayrim jarayonlarni nazorat qilish Lazerlardan faqat o‘simliklamigina emas, atmosferani ham tadqiq qilishda foydalaniladi. Atmosferani lazer yordamida tadqiq qilish quyidagi rasmda ko‘rsatilgan .Lazer nurlanishi tadqiq qilinayotgan sohaga yo‘naltirib, fotoqabulqilgich yordamida bu sohadan sochilgan nurlanishni qabul qilib olinadi. Qaytgan nurlanishning spektral tarkibiga qarab atmosferada mavjud birikmalaming konsentratsiyasini aniqlash mumkin.Atmosferani ifloslantiruvchi kimyoviy birikmalarni aniqlash uchun yorug‘likni kombinatsion sochilishi hodisasidan foydalaniladi, Ma'lumki, atom va molekulalar tebranma harakatda bo‘lib, tebranish chastotalari kimyoviy birikma uchun xosdir. Eng sodda, ikki atomli molekula uchun bir tebranish chastotasiga ega bo'ladi. Bunday molekulalaming nurlanish chastotasi v - vm yoki v +vm qiymatga ega bo’lishi mumkin. Bu hodisa yorug’likning kombinatsion sochilishi deyiladi. Masalan, atmosferaga to‘lqin uzunligi A = 694 nm bo'lgan nurlanish yo‘naltirilganda sochilgan nurlanishda to’lqin uzunliklari A = 798 nm va A =785 nm bo’lgan nurlanish kuzatilgan bo’lsin. To’lqin uzunliklarining siljishi A =798 - 694=104 nm, A =785-694= 91nm atmosferada SO va NO molekulalari mavjudligidan dalolat beradi. Atmosferadagi gazlarni tarkibini o'rganish uchun odatda yoqut lazeri nurlanishining ikkinchi garmonikasi A= 347 nm qo'llaniladi. Lazer nurlanishini yutgach molekulalar, lazer nurlanishi chastotasidan farqli bo’lgan kichik chastotada nur Lyuminesensiya nurlanishi chastotasi mazkur birikma uchun aniq qiymatlarga ega. Lyuminesensiya nurlanishining spektral tarkibini o‘rganib, atmosferadagi birikmalaming konsentratsiyasi aniqlanadi. Lazer meterologiyada temperature, namlik, zichlik, shamolning tezligi va yo‘nalishini aniqlashda katta ahamiyatga ega, chunki ular yordamida uzoqdan turib kerakli sohadagi kattaliklar o ‘lchab olinadi. Lazer nurlanishining qat’iy yo‘nalganligidan Mars va Venerani hamda samolyotlarni radiolokatsiya qilishda foydalaniladi. Qo‘nish oldidan lazerdan foydalanish samolyot uchun ob-havo yomon paytlarida qo‘l keladi, chunki samolyot qo‘nish chog‘ida trayektoriya bo‘ylab silkinishlar bo‘lishi kuzatiladi. Lazer nurlari esa uchuvchiga qo‘nish yo‘lakchasini aniq ko‘rishga yordam beradi. Shuningdek, lazer nuridan ekologiyada foydalaniladi. Rangli lazerlar atmosfera holatini kuzatishga imkon beradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatlar osmonida yig‘ilib qolgan chang, tutunlarga lazerlar tushganda ularning rangi ko‘rinadi. Ifloslanish darajasini lazerlaming nuri rangidan ajratib olish mumkin bo'ladi. Toza havoda lazer nurlari rangi ko‘rinmaydi .Hozirgi vaqtda mikroelektronika sohasida ham lazerlar qo’llanilmoqda. Jumladan, lazer disklarga axborotni yozish va uni qayta tiklashga oid texnik qurilmalar yaratilgan. Fotosintez - yoruģlik ta`sirida o`simlik barglarida, dengiz o`tlarida, ba’zi bakteriyalarda ro`y beruvchi murakkab biologik jarayondir. Fotosintez xlorofil molekulalari, pigmentlar tomonidan yorug`likni yutishdan boshlanadi. Keyin yutilgan energiya ta’sir markazlari deb ataluvchi markazga uzatilib, u yerda zaryadlarning ajralishi ta’sirida oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari uchun zamin yaratiladi. Bu jarayonlar 10-12 s davomida sodir bòlgani uchun lazerlar kashf etilguncha, bulami o‘rganish imkoni yo‘q edi. Fotosintez jarayonlarini tadqiq qilish uchun lazer spektroflyurometri yaratilgan. Uning yordamida ta’sir markazlarining tuzilishi, fotosintezning o‘tkinchi holatlarni yorug'likning yutilish jarayonlarini tadqiq qilindi.
|
| |