Oliy ta’limda quyosh energetikasi fanini raqamli texnologiyalar yordamida o‘qitish metodikasiни takomillashtrish. Kirish




Download 41.16 Kb.
bet1/7
Sana21.02.2024
Hajmi41.16 Kb.
#160231
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 maqola Oliy ta’limda Quyosh energetikasi fanini o’qitish metodikasi.
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)

OLIY TA’LIMDA QUYOSH ENERGETIKASI FANINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASIНИ TAKOMILLASHTRISH.
Kirish. Muqobil energiya deganda, odatda zahirasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari nazarda tutiladi. Bularga quyosh va shamol energiyasi, dengiz to‘lqini va oqim energiyasi, yoqilg‘i olish maqsadida etishtiriluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chiqindilari, kichik suv havzalarida, suvning tabiiy oqimiga ta’sir etmagan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish kiradi. Er qobig‘i issiqligi energiyasidan, mexanik tizimlar (harakatlanuvchi jismlarning, shu jumladan inson harakatining) energiyasidan va turli muhandislik inshootlarida hosil qilingan energiyadan (masalan katta bosimli gaz trubalaridagi yoki issiqlik uzatish tizimlari energiyasidan) elektr energiyaning birlamchi manbai sifatida foydalanib elektr eneriyasi ishlab chiqarish ham muqobil energetika sanaladi.
Bugungi kunda amaliyotga jadal kirib kelayotgan muqobil energiya manbalari, bu quyosh va shamol energetikasidir.Bu ikki tur energiya manbalari er yuzining deyarli barcha mintaqalarida rivojlanib bormoqda. 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” da qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi.[1]
Bugungi kunda mamlakatimizda inovatsion va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida harakat shiddat bilan ortib borayotgan bir davrda yosh avlodning tarbiyaviy, ma’naviy - axloqiy, innovatsion ilmiy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, o‘quv jarayonlariga yangi - yangi o‘qitish metodlari, texnologiyalari va inovatsiyalarni tadbiq etish bugungi kunimizning talabiga aylanib bo‘ldi.Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi ham bugungi kunning o‘rganilish darajasi mukammal dolzarb muammosiga aylandi. Barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning ta’lim berish va o‘qitish samaradorligini oshirish, olib borilayotgan dars tushinarli va oson bo‘lishi uchun zamonaviy texnologiya va metodlardan foydanalib dars jarayonlarini tashkil qilish orqali sifatli ta’lim bermoqdalar. Respublikamizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalarida ham sifatli ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab qo‘yilgan.Hozirgi vaqtda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ertangi kelajagini bugundan boshlab qurishi uchun ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. oliy ta’limda Quyosh energetikasi fani, talabalarni o‘qitish metodikasiga bog‘liq bo‘ladi deb qarash mumkun. Bu metod orqali asosan, talabalarga Quyosh energetikasi fanini tushunish, ulardan foydalanish va ularni ishlatish bo‘yicha chuqurroq bilim beriladi. Quyosh energetikasi fanini o‘rganishda odatda nazariy bilimlar, amaliy dasturlar va amaliy tajribalarning kombinatsiyasi talab etiladi. Mamlakatimizning barcha ta’lim sohasida ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan ta’lim sohasida yangiliklardan biri bo‘lgan zamonaviy fanlar va zamonaviy o‘quv vositalari yordamida dars sifatini oshirish va talabalarning bilim salohiyatini oshirishdagi yangiliklarni tadbiq etish va amalda qo‘llash imkonini berdi. Bu imkoniyatlardan keng foydalanish va maqsadli ishlarni amalga oshirishga pedagoglar va soha bilimdonlari tomonidan o‘qitishning interfaol metodlari va zamonaviy dastur va metodlar orqali talabalarning bilim darajasini va aqliy salohiyatini o‘rganish bugungi kun talabiga aylanib qoldi.Bu esa talabalarning Quyosh energetikasi sohasida o‘qitish innovatsion uslublarni joriy qilish, Quyosh energetikasini o‘qitishda qiziqtiruvchi o‘yinlar texnologiyasi hamda interfaol metodlardan foydalanish ayni muddao hisoblanadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarning roli beqiyos hisoblanadi. Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish, dasturiy vositalar yordamida yaratilgan yangi innovatsion elektron o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi ta’lim sifatini oshirishda va talabalarning aqiliy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi .
Oliy ta’lim muassasalarida va aholi orasida O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori bilan “Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish” to‘g‘risidagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida va aholi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish orqali yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonlariga tadbiq etish chora tadbirlari ham aytib o‘tilgan. Mana shu munosabat bilan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv darsligi sifatida ham kiritilib fan sifatida shakllantirilib turli metodlar orqali tushuntirib berilmoqda.
Quyosh enegetikasi fanini o‘qitish uchun quyidagi usullar va metodlar mavjud:

Download 41.16 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 41.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy ta’limda quyosh energetikasi fanini raqamli texnologiyalar yordamida o‘qitish metodikasiни takomillashtrish. Kirish

Download 41.16 Kb.