|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 12/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Personifikatsiya qilinganservis modellari.Big Data, targetlangan(maqsadli) marketing, 3D-bosma kabi texnologiyalar rivojlanishi o‘rtacha statistik iste’molchining emas, balki har bir muayyan mijozning talab va ehtiyojlariga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko‘rsatishga imkon beradi.
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning bevosita o‘zaro aloqa qilishi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiishlab chiqaruvchini har bir yakuniy iste’molchi bilan «bog‘lash»ga imkon beradi. Uzundan-uzoq vositachilar, jumladan, institutsionalvositachilar zanjirini qisqartirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunga misol bo‘lib,FintexCroudMortgage–ipoteka qarzi oluvchilarga kreditni bankdan emas,
balki bevosita bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan shaxslardan olishga imkon beradigan telefonilovasi hizmat qilishi mumkin. Ushbu sxemavositachi-banklardan tashqari barcha qatnashchilar uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan mexanizmni amalga oshirishga imkon beradi.
Birgalikda foydalanish (Sharing Economy, Free Economy) iqtisodiyotining tarqalishi. Bu rivojlanish yo‘li ikkita hodisaga olib keladi:qandaydir tovarlarga birgalikda egalik qilish hamda axborot taqdim etganlik uchun pul to‘lash.Avtotransport vositasiga birgalikda egalik qilish (bir nechta oila uchun),shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish yoki taksi hizmatlaridan foydalanishdan ko‘ra foydali bo‘lib chiqishi mumkin.Axborot taqdim etganlik uchun to‘lov bu – to‘liq kuch bilan ishga tushmagantrend, lekinkattaehtimollikbilanboshqaanaloglardananchaarzonbo‘ladigan «ulangantovar- shpionlar» paydobo‘lishehtimolinitaxminqilishmumkin. Qiymatlar o‘rtasidagi farqni siz haqingizda ma’lumot to‘playdigan (ushbu tovar yordamida) va axborotni targetlangan marketing orqali monetizatsiya qiladigan ishlab chiqaruvchi kompaniyaning o‘zi qoplaydi.
|
| |