|
Individual qatnashchilar hissasining ahamiyati sezilarli ekanligi
|
bet | 13/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 Individual qatnashchilar hissasining ahamiyati sezilarli ekanligi.
Oxirgi paytlargacha deyarli barcha iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro aloqalaribiznes-tsentrik paradigmasiga joylashadi, ya’ni,B2B, B2C, B2G. Texnologiyalar rivojlanishi yakka holdagi tashabbuskorlarga biznes-jarayonlarda muhim rol o‘ynashga imkon beradi. Shunday qilib, iqtisodiyotda o‘zaro aloqalarning mutlaqo yangi turlari paydo bo‘lmoqda: C2BvaC2S. Yangi turdagi o‘zaro aloqalarga misol bo‘lib, autsorsing asosida shartnoma majburiyatlarini bajaradigan Frilanserlar hizmat qilishi mumkin. Ikkinchi turdagi o‘zaro aloqalarga CrowdFunding kabistartaplar (Amerikadakickstarter.com, Rossiyadaplaneta.ru)hizmat qiladi.Bunday yangi turdagi o‘zaro biznes aloqalarning paydo bo‘lishiiqtisodiyotdagi muhim bir hodisa hisoblanadi va o‘ziga jiddiy e’tibor qaratishni talab qiladi, chunki bugungi kunda O‘zbekistonda ushbu soha uchunpuxta ishlab chiqilgan normativ-huquqiy va soliq bazasi mavjud emas, uning umumiy iqtisodiyotga qanday qilib integratsiya qilinishi borasida ham biror-
bir pichoqqa ilinadigan fikr ham yo’q. Frilanserlarni qanday qilib soliq to‘lashga motivatsiya qilish mumkin? Ularning aksariyati iqtisodiyotning “kul rang” sektorida ishlaydi va o‘z hizmatlari uchun to‘lovniBitCoin da oladi. CrowdFundingtashabbuslarga qanday soliqlar va imtiyozlar qo‘llanishi mumkin? Ushbu yo‘nalishlar yuqori salohiyatli bo‘lib ko‘rinadi va yaqin kelajakda umumiy iqtisodiyotda sezilarli ulushni tashkil qilishi mumkin, shu sababli, bunday masalalar hozirgi kundayoq puxta ishlab chiqishga ehtiyoj sezadi.
Umuman aytganda, postindustrial yoki information jamiyatga xizmatlar sektori mamlakat yalpi milliy daromadning 60% dan ortig’ini tashkil qiladigan davlatlar kiradi. Ularda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi tarmorlarni moliyalashtirish miqdori keyingi o’ttiz yilda 130 martadan ko’proq ortdi. Informatsion innovatsiyalarni tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi global kompaniyalarga misol sifatida quyidagilarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba va boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi iqtisodiyotning elektron ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi elektron hizmat turlari paydo bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga transformatsiya qilina boshlandi. Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy, network economy va virtual economy. Agarda BCG (The Boston Consulting Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyotming yana bir diqqatga sazovor ta’rifini ko’rishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion raqamli texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”.
Xozirgi davrda ko’pchilik raqamli iqtisodiyotdagi bir qancha transformatsiyalarning, shu jumladan, biznes modellar, yangi bozorlar hosil bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibdi. Raqamli iqtisodning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod (internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 Industriya texnologiyalari bilan bog’liq bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi. Yuqorida aytib o’tilgan 4.0 Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida iste’molga kirdi va uning ma’nosi qiymat hosil qilish global zanjirini ko’rsatishdan iborat. “Aqlli zavodlar”, “aqlli texnologiyalar” va “aqlli robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo’ylab tarqalishini amalga oshirgan holda, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviy tizimlarning bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida mahsulotlarning to’liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion modellar yaratilishiga olib keladi. Demak, 4.0 Indistriya – mamlakat va biznesning raqobatbardoshligini oshirishga mo’ljallangan, raqamli texnologiyalarning jamiyat hayotiga kirib kelishi bilan bog’langan hamda ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarning majmuidan iborat. Bundan kelib chiqqan holda 4.0 Industriyani iqtisodiyot barcha tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi deb ham tushunish mumkin. Shuning uchun ham kelajakda korporativ boshqaruvda bu holatlarni hisobga olish zamona talabi bo’lib qoldi.
Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi joriy qilinish yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
|
| |