|
Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari
|
bet | 16/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari
Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd qilishimiz mumkin:
1990-2005 yillar: Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo’lib, bu davr to’rt qismdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin – dotkomlar davri, yangi elektron hizmatlar ko’rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga kelishi va elektron tijorat.
2005-2010 yillar: Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi.
2010-2015 yillar: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta- sekinlik bilan kirib kela boshladi.
2015-2020 yillar: Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib kelishi va an’anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi elektron biznes modellarining paydo bo’lishi.
2020-2030 yillar: Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga oshirilishi, ya’ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib, ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish.
4.0-Industriya biznesning va mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli texnologiyalar texnik va dasturiy ta’minotlari vositasida tub o’zgarishlarni amalga oshirishdir. Demak, 4.0-Industriya o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi:
Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;
Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;
Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini ta’minlaydi;
Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;
Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan tashkilotlar hosil bo’lishiga olib keladi va boshqalar.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak:
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish;
Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Global miqyosda va global bozorlarga respublikaning raqobatbardoshliligini oshirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotnning asosiy ko’rsatgichlariga quyidagilarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin:
Raqamli mahsulotlar va elektron hizmatlarning paydo bo’lishi;
Turli tashkilot va korxonalarning tabiatini o’zgartirishga erishish va shuning asosida ularning faoliyatini ham raqamlashtirish;
Raqamli iqtisodiyotning asosi sifatida hizmat qiladigan raqamli platformalar yaratish;
Raqobat kurashining tabiatini raqamli iqtisodiyotga moslagan holda o’zgartirish;
Iste’molchilarning tabiatini ham raqamli iqtisod jarayonlariga moslashtirish;
Ishlab chiqarishning yangi progressiv modellari va mexanizmlarining paydo bo’lishi;
Yangi turdagi biznes modellarning hosil bo’lishi va rivojlanishi;
Yuqorida tilga olingan 4.0 Industriyaning texnologiyalari ta’siri ositida an’anaviy kompaniyalar biznes modellarining transformatsiya bo’lishi.
Shuni ham aytish kerakki, hozirgi davrda internetdan foydalanuvchilarning soni to’rt millarddan oshib ketdi. Mobil telefonlarning soni esa insoniyat sonidan ham ko’payib ketdi. Kompaniyalar orasidagi raqobat va ularning tabiati ham tubdan o’zgarmoqda. Kompaniyalarning kapitalizatsiyasi esa uning internet foydalanuvchilari soniga, unga yozilib qo’yganlar soniga va qiziquvchi jamoalar ishtirokchilariga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. Freemium-model, Free-to-play, Print-on-demand, Donation kabi biznes modellar kompaniyalarga IT-infratuzilmasisiz, omborlarsiz (dropshipping modeli),
moddiy aktivlarsiz (Sharing Economy) va bulutli texnologiyalardan foydalangan holda konkret dasturiy ta’minotsiz ish faoliyatini yuritishga imkon berdi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodoyotning asosiy tamoillariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Mahsulot yoki hizmatlarning iste’mol qiymatini oshirish;
Kastom (Custom)lashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’satishga o’tish;
Omnikanallilikni ta’minlash (mijoz bilan doimiy aloqa qilish va bevosita aloqani amalga oshirish maqsadida bir qancha aloqa kanallarining bir butun qilingan xoldagi integratsiyalashni anglatadigan marketing atamasidir), ya’ni, offlayn va onlayin kommunikatsiya kanallaridan foydalangan xolda mizojning barcha harakatlarini kuzatib turish kabi innovatsion imkoniyatini amalga oshirish;
Qiymat hosil qilishning gorizontal zanjirlari sonini kamaytirish; Tranzaktsion harajatlarni imkon darajasida kamaytirish;
Innovatsiyalarning hayotiy tsiklini imkon darajasida kamaytirish;
An’anaviy kompaniyalarning elektron hizmat ko’rsatishning yangi bozorlariga o’tishini ta’minlash;
Elektron hizmat ko’rsatishning yuqori darajadagi sifatini ta’minlash;
4.0 Industriyaning iqtisodiyot va ishlab chiqarishning barcha sohalarga kirib borishini amalga oshirish;
Ekotizimlilikni ta’minlash, ya’ni, dasturiy ta’minotning turli xil avtonom qismlari birgalikda ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga erishish.
Bunda gap nafaqat biznesni internetda tashkil qiladigan kompaniyalar haqida, balki iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish faoliyatini offlayn usulda olib boradigan tashkilot va kompaniyalar haqida ham boradi (masalan, qishloq xo’jaligi, sanoat, tog’-kon metallurgiyasi, hizmat ko’rsatish va boshqalar).
Endi rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz:
|
| |