|
Raqamli iqtisodiyot sohasida turli mamlakatlarning strategiyalari
|
bet | 19/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar muqarrarligini tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon jadal harakatni ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan AQSH, Yaponiya, Koreya va Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy yetakchilar sanaladi. Ularning keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya,Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Avstraliya, Belorussiyava boshqalar turadi. Biroq agar biz ularningstrategik hujjatlari va rivojlanish dasturlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ma’lum bo‘lishicha, ular tarkibida quyidagilar mavjud emas ekan:
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi ifodalanganqandaydir konsepsiyahamda uningtaktik va strategik ko‘rinishi;
Raqamli iqtisodiyotning barcha jihatlarini aniq va ravshan aks ettiradigan aniqlanuv yoki raqamli iqtisodiyot paradigmasi;
Raqamli iqtisodiyotning mavjud iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini
tavsiflash (mehnat unumdorligini oshirishdan tashqari);
Raqamli iqtisodiyotta’sirida boshqa sohalarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan asosiy son va sifat o‘zgarishlarini tavsiflash.
Bu dalillarni birlashtirgan holda qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘laqonli falsafiy tushunish yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko‘plab mamlakatlariqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan kommunikatsiya va to‘lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos. Aftidan, ko‘pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil etmaydi, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos. Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga tashlanib turganiga qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan jarayoni hisoblanmaydi.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olgan. Masalan,AQSH bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko‘ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuvfoydali, chunkiiqtisodiy jihatdan kuchliroq bo‘lgan o‘yinchi doimo o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Agar bu sohadagi AQSH ning strategiyasini batafsilroq ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum bo‘lib qoladi:
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitlarini yaratish (normativ- huquqiybaza tashkil qilish);
Bu sohaga transformatsiya qilinishga eng tayyor iqtisodiyot sub’ektlarida raqamli iqtisodiyotplatformalarining vujudga kelishi;
Raqamli iqtisodiyot platformalarning o’zaroraqobat kurashi va ularning
asta-sekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi;
Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektivyechimlarni butun iqtisodiyotga joriy qilish.
Ushbu strategiyaAQSH uchun quyidagi sabablarga ko‘ra, o‘zini oqlagan bo‘lib ko‘rinadi:
AQSH qolgan dunyo oldida sezilarli iqtisodiy va texnologik ustunliklarga ega ekanligi tufayli;
Raqamli iqtisodiyotinfratuzilmasini qurishda AQSH Google, FaceBook, Amazon, Intelkabi yuqori texnologiyali transmilliy korporatsiyalarga tayanishi mumkinligi uchun;
AQSHdauning salohiyatidan firmaning o‘zi uchunhamda mamlakatga naf keltirish uchun raqamli iqtisodiyotni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish mumkin va buning uchun xususiy kompaniyalar zaruriy miqdori bo‘lishi lozim.
Biroq ushbustrategiyada yaqqol kamchiliklar ham bor bo‘lib, ularning asosiylaridan biri,yetuk raqamli iqtisodiyot shakllantirish jarayonining ancha uzunligi hisoblanadi.Boshqa norasmiy yetakchi – Xitoy esa ko‘p jihatdan qarama- qarshi strategiyani, raqamli iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirishyo’linitanlagan. Bu fenomenni yaqindan ko‘rib chiqilganida ma’lum bo‘lishicha, Xitoy e’lon qilgan strategiya ikkita parallel va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlardan iborat:
1. Sanoat internetini joriy qilish hisobiga ishlab chiqarishni raqamlashtirish; 2.Sotuv bozorini yanada kengaytirish uchunInternet imkoniyatlaridan
foydalanish.
Tanlab olinganstrategiyaquyidagi to’rt asosiy tarkibiy qismni ko‘zda tutadi: Logistika va ishlab chiqarishi total raqamlashtirish;
Raqamli iqtisodiyot uchun normativ-huquqiy baza ishlab chiqish; Boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish, raqamliplatformalar yaratish;
Raqamli platformalar va ekotizimlarni umumiy makonga optimal ravishda integratsiyaqilish.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan
strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.Shuni hamtan olish kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – birinchi navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hosirda esamamlakatimizda zarur miqdordagi iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk va to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish uchun shart-sharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart- sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir.
Milliy iqtisodiyotning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIMning asosiy qismi davlatkorporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo‘lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlarida davlat ishtirokidagi o‘yinchilarbozorning 80%gacha bo‘lgan qismini tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlardaprofilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini yaratadi.Raqamli iqtisodiyotplatformalarituzishdaasosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish zarur: transport, telekommunikatsiyalar, energetika, ma’lumotlarni qayta ishlash, sog’likni saqlash, dori-darmonlar logistikasi, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga imkon beradi, ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin.Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muoviq bo‘lib ko‘rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Mos keluvchi strategiya unga asoslanishi lozim bo‘lgan raqamli iqtisodiyotkonsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim.
Ushbu bobga yakun tariqasida shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko‘plab dasturlari (AQSH,
|
| |