|
UAcq(Unit Acquisition) – jalb qilingan mijojlar soni;
CAC
|
bet | 148/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020UAcq(Unit Acquisition) – jalb qilingan mijojlar soni;
CAC (Customer Acquisition Cost) – yoki CPA (Cost per Acquisition) bir mijozni jalb qilish narxi. CAC ni hisoblash uchun barcha mijozlarni jalb qilish uchun ketgan harajatlarni mijozlar soni UAcq ga bo‘lish kerak. Masalan, mijozlarni jalb qilish uchun amalga oshirilgan tadbirlarga 200 ming so’m sarf qilingan bo’lsa va natijada 400 ta yangi mijoz topilgan bo’lsa, CAC ning qiymati 500 so’m bo’ladi. Lekin kompaniyaning jalb qilish kanallari bir nechta bo’lgani tufayli, har bir kanal uchun CAC ning qiymati ham turlicha bo’ladi;
CAC Payback – mijoz tufayli olingan foydamiqdori uni jalb qilish uchun ketgan mablag’ni qoplashi uchun ketgan vaqt;
MRR (Monthly Recurring Revenue) – kompaniyaning barcha mijozlari tomonidan har oyda keladigan tushum miqdori;
ARPU (Average revenue per user) – har birjalb qilingan foydalanuvchidan keladigan o’rtacha daromad miqdori. ARPU ning kattaligi MRR ni UAcq ga bo’lish natijasida hosil qilinadi;
LTV (Life time value) – bir mijozning kompaniya mahsulotidan foydalanishi yoki kompaniya bilan muloqot qilishi natijasida olingan daromad miqdori. Masalan, mijoz servisni 3 yil davomida ishlatdi va buning uchun har oyda 350 dollardan to’lab turdi, kompaniya esa unga oyiga 100 dollardan sarf qildi. Bu holda LTVning kattaligi quyidagicha hisoblanadi: 3x12x(350-100) = 9000 dollar. Ya‘ni, mijoz 3 yil davomida kompaniyaga 9000 dollar fayda keltirgan ekan;
COGS (Cost of goods sold) –har bir sotuvga hizmat ko’rsatish uchun sarflangan mablag‘.
Metrikalarning iqtisodiy turi qanday qilib katta pul topish va bu nimaga bog’liqligini ko’rsatib bersa, mahsulot metrikalari mahsulotni qanday qilib yahshilash mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
|
| |