• Gartner
  • Yandex.Wordstat
  • Unit-ekonomika
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet147/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Tavakkalchilkni „yuqoridan“ baholash usuli – bunda tahlil uchun bozor bo’yicha umumiy ma’lumotlar olinadi. Masalan, Rossiyada 30 mingdan ortiq internet-magazinlar bo’lib, ularning 26% qismi startap ishladigan dasturiy ta’minotdan foydalanadi va demak, ular kompaniyaning mijozlari bo‘lishlari mumkin.

  • Tavakkalchilkni „pastdan“ baholash usuli – bunda tahlilda kichik raqamlardan kattalariga o’tiladi. Masalan bitta foydalanuvchini jalb qilish $5 ga tushsa, byudjet $10 000 dollar bo’lganida 2000 ta foydalanuvchini jalb

    qilish mumkin bo’ladi. 2000 ta foydalanuvchi esa $28 000 kirim keltiradi, bu esa bozorning 3% ini tashkil qiladi.
    Shuni ham aytish kerakki, investorlar „pastdan“ hisoblash natijalariga ko’proq ishonadilar. Agarda „yuqoridan“ va „pastdan“ deb nomlangan usullar bir hildagi natija bersalar, bu bozorni baholash to’g’ri bo’lganini anglatadi. Bozor va maqsadli auditoriya to’g’risida ma’lumotlar analitik hisobotlardan, raqobatchi saytlarga kirganlar sonini aniqlash vositasida, maqsadli auditoriyani interyu qilish orqali yoki qidiruv natijalari statistikasi vositasida yohud bu soha bo’yicha mutaxassislashga kompaniyalar (Gartner, Emarketer, Nielsen, ComScore va boshqalar) yordamida yig’lishi mumkin. Qidiruv talablarining statistikasi Internet tarmoq’i rivojlanishi tufayli vujudga kelgan usul hisoblanadi. Bu usul kalit so’zlar va so’z bo’laklarining so’rovlardagi chastotasi qanchalidi vositasida u yoki bu hodisani baholashdir. Qidiruv talablari har qanday saytni ishga tushirishdagi asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Odatda bacha qidiruv talablarini yuqori chastotali, o’rtacha chastotali va past chastotali talablarga hamda yuqori raqobatli, o’rta raqobatli va past raqobatli qidiruv talablariga bo’lish mumkin. Chastotasi nolga yaqin bo’lgan talablarga ortiqcha ahamiyat berish tavsiya etilmaydi. Yandexda Yandex.Wordstat deb nomlangan mahsus servis bo’lib, u ko’rsatilgan so’zlar yoki so’z bo’laklarining chastotasini aniqlash imkonini beradi. Ko’pchilik hollarda shu ma’lumotlarning o’zigina u yoki bu talabning qanchalik ommabop ekanini aniqlash uchun kifoya qiladi. Google tizimi ham u yoki bu talabning chastotasi qanchalik o’zgarish tarixini aniqlash uchun Google Adwords hizmatini taklif qiladi. Shuni ham aytish kerakki, ba‘zi bir turdagi talablar mavsumiy harakterga ega bo’lishi ham mumkin – ya’ni bunda „qiziqishlarning parvozi“ kuzatiladi.
    Endi Unit-ekonomika (unit-iqtisodiyot, unit-ecomomics) bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqamiz. Unit-iqtisodiyot innovatsion kompaniya moliyaviy ko‘rsatgichlarining bir mijoz hisobiga aniqlangan kattaliklaridir. Unit-iqtisodiyot quyidagi savolga javob topish uchun hizmat qiladi: biznesni tashkil qilish va uni masshtablashtirish moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqmi yoki yo’qmi? Unit-
    iqtisodiyot Eliyahu Goldrattning tizimlar chagaralanishi nazariyasiga asoslangan. Ushbu nazariyaning asosiy g’oyasi istalgan tizimda kompaniya potentsialini amalga oshirishga halaqit beradigan va uning o’sishini sekinlashtiradigan chegaralanish bor degan fikrdir.
    Endi startap tomonidan tanlangan biznes-modelning hayotiyligini aniqlashga imkon beradigan asosiy metrikalarni ko’rib chiqamiz:


    1. Download 2,85 Mb.
  • 1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.