• 4.0 Industriya
  • Aquila
  • Forrester Research
  • Pokemon Go
  • BOB. RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI




    Download 2,85 Mb.
    bet156/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    BOB. RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI


    1. Elektron tijoratda mobil internet va mobil savdo jarayoni

    Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, biznes- modellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratilishini ko’rib va kuzatib turibdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning eng asosiy ko’rsatgichlariga ishlab chiqarishning yangi turlariga (peer-to-peer production), ommaviy hamkorlik (mass coollaboration), intellektual mulkka ommaviy egalik (public property), taqsimlangan iste’mol modellar (sharing economy) ochiq mejnat bozori (free lancing) kabilar kiradi. Onlien retailing Europe ma’lumotlariga ko’ra hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chakana savdoning umumiy hajmida elektron tijoratning ulushi o‘rtacha 9,7% ni tashkil qiladi va bu ulush yil sayin ortib bormoqda (Euromonitor, BCG tahlil ma’lumotlari). Masalan, Rossiyada raqamli iqtisofiyot bozori (internet savdo, internet servislar, kontent, elektron to’lovlar)
    YMD ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa YMD ning 16% ni tashkil qiladi (Rossiyadagi internet servislar va kontentlar iqtisodi, RAEK, NIU BSHE, Ekonomika Runeta RF, c.5) va bu bozorlar salmog’i yil sayin o’rtib bormoqda. Bunga sabablar orasida to’rtinchi sanoat inqilobini, 4.0 Industriya texnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik texnologik platformalarini, 3D-printerlar kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. 4.0 Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida paydo bo’ldi va u qiymat hosil qilinishining global zanjiridagi tub o’zgarishlarni aniqlab bergan edi. Bunday industriya ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo’layotgan munosabatlarning majmui bo’lib, raqamli texnologiyalarning biznesning va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liqdir. O’zbekitonda 4.0 Industriya atamasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha tarmoqlarning raqamli transformatsiyasini anglatadi deyishimiz ham mumkin. Agarda bu atamani tizimlar nazaruyasi tilida ifodalasak, uni quyis=dagicha ta’riflash mumkin: 4.0 Industriyaishlab chiqarish zanjirlaridan tashkil qilingan tizim bo’lib, uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida online texnologiyalar (insonlar, mashinalar, bulutlar va data-markazlar) vositasida yaratilgan tizim elementlari orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladi. Ushbu industriyadagi innovatsion texnologiyalarga big data, mobil texnologiyalar, sun’iy intellekt, neyron texnologiyalari, kvant texnologiyalari, taqsimlangan reestr texnologiyalari, ishlab chiqarish interneti (IioT), buyumlar interneti (IoT), robototexnika va sensorika, virtual va qo’shimcha voqe’lik (VR va AR) larni kiritishimiz mumkin.
    Mobil internet davriga o’tish web-texnologiyalar rivojlanishidagi yangi bir bosqichlardan biri bo‘ldi. Buning natijasida 2008 yildan to 2016 yilgacha internet tarmog‘i foydalanuvchilari soni ikki martadan ko’proq ko’payib, jahon miqyosida 3,2 millardga yetdi. Mamlakatlarning barcha xududlarida internet tizimining ishlay olishiga erishish nafaqat davlat miqyosidagi masala bo’lib qoldi, balki bu yo’nalishda transmilliy korporatsiyalar ham faol shug’ullanmoqdalar. Masalan, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari uchun mo’ljallangan internet_org
    mobil ilova yaratish loyihasi Facebook korporatsiyasi tomonidan Samsung, Ericsson, Nokia va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Bu loyiha bo’yicha ijtimoiy ahamiyatli saytlarni ko’rib chiqish uchun kerakli bo’lgan trafik bepul bo‘ladi. Facebook ning yana bir loyihasi uchuvchisiz apparatlar – dronlar yordamida internet tarmoqlari yaratishdir. Bunga misol sifatida 2016 yil iyulida ishga tushirilgan quyosh batareyalarida ishlaydigan uchuvchi qurilma Aquila ni keltirish mumkin. Uning qanotlari uzunligi 42 metr, og’irligi esa 450 kG bo’lib, 90 kun davomida parvozda bo‘lishi mumkin (. Bu loyiha amalga oshirilganidan so’ng, Facebook borish qiyin bo’lgan xududlardagi barcha uylarda internetning beto’tov ishlashini ta’minlashi mumkin bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda mobil qurilmalar orqali internet va kontentning iste’moli miqdori internetga boshqa qurilmalardan bo’lgan chiqishlardan ko’ra ancha ko’proqdir. Bunga asosiy sabab, uyali aloqa operatorlari tomonidan mobil internet narxining kamaytirilishi va smartfonlarning sotuvi ko’payishidir. Masalan, 2015 yil avgust oyida jahondagi mobil qurilmalar soni dunyo bo’yicha yalpi aholi sonidan oshib ketdi (we are social, avgust 2015). Internetga mobil qurilmalardan chiqishlar vaqti ko’pchilik mamlakatlarda 50% dan ortib ketdi. Masalan, bu ko’rsatgich Kanadada 52% ni, Britaniyada 56% ni, AQSH da 61% ni tashkil qiladi (comScore, mart 2015). Forrester Research ning ma’lumotlariga ko’ra, 65% marketologlar mobil marketingdan foydalanadilar, ulardan 45% qismi esa mobil elektron pochta yordamida reklamani amalga oshiradilar (digital brending // brend management,
    1 (80), 2015, c.25).
    Keyingi yillarda messenjerlar bozorining keskin rivojlanishi va komp’yuter o’yinlarining ommaviylashuvi kuzatilayapti. Masalan, Pokemon Go o’yining tezlik bilan ommaviylashuvi bunga bir yaqqol misol bo’la oladi. Facebook ning 2014 yil 4-choragidagi mobil reklamadan oladigan daromadi ijtimoiy saytdagi jami reklamaning 69% ni, uning foydalanuvchilari soni esa bir milliarddan oshib ketdi. tashkil qildi. Bundan tashqari Facebook avtomatik ravishda ko’rsatildigan 15 soniyali videorolikdan iborat bo’lgan mobil reklamaning yangi formatini taqdim qildi (http://rbcdaily.ru/media/562949991966597). Hozirgi kunga kelib, Google,

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOB. RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

    Download 2,85 Mb.