• Everpix
  • Aviation
  • Aerospan
  • O’zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlanishtendentsiyalari
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet153/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Elektron bozordagi aniq bir pozitsiyaning mavjud emasligi – kompaniya barcha narsani va hoziroq qilishga urinishi, bunga albatta iste’molchlarning ko’pchiligi ham, xamkorlr ham tayyor bo’lmaydilar.
    Mufaffaqiyatga bo’lgan ishonchni juda erta yo’qotish va tushkunlikka tushish.
    Infratuzilmani tashkil etishda xatolarga yo’l qo’yish – texnologik platformaning hajmi kamchilligi, xosting hizmatlariga bog’liqlik, infratuzilma uchun to’lovlarning kechitirilishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan moliyaviy muammolar. Masalan, foydalanuvchilarning rasmlarini saqlash hizmatini taklif qiladigan Everpix kompaniyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi uning Amazon Web Services kompaniyasining xosting bo’yicha xizmatlari uchun o’z vaqtida
    to’lov qila olamaganligi bo’lgan. Chunki xuddi shu sababli kompaniya foydalanuvchilarning 400 million fotosini yo’qotib qo’ygan.
    Foydalanilayotgan informatsion tizimlarning ishonchli emasligi - bunda gap texnik muammolar, shaxsiy ma’lumotlarni yo’qotish, firibgarlar xujumiga uchrash, xakerlar xujumi va shunga o’xshash sabablar xaqida ketadi.
    Katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatish uchun B2B segmentini tanlash – kompaniya nima bilan shug’ullanishidan qat’i-nazar, agar u 70-80% foyda keltiradigan katta kompaniyaga bog’liq bolsa, qandaydir vaqtda katta mijozning o’zi xuddi shunday servisga ega bo’lish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Masalan, Aviation kompaniyasi General Electric, Honeywell, Boeing va boshqa katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan edi. Lekin on-layn bozorda katta tarmoq kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan elektron savdo maydonlari paydo bo‘lganidan so’ng, kompaniya inqirozga uchradi. Chunki bu ishni aiakompaniyalarning sadvo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishga mo’ljallangan Aerospan va Trade Air elektron savdo maydonlari bajara boshladi.
    Kompaniya asoschilari, direktorlar kengashi va yetakchi menejerlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga chiqishi, kompaniya uchun muhim bo’lgan eng asosiy shaxslarning biznesni tark etishi, kompniyaning bir qancha sabablarga ko’ra bo‘laklarga ajrab ketishi va boshqalar.
    Faoliyat olib borilayotgan bozorning aloxida hususiyatlari ham biznesning rivojlanishiga to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, firibgarlar va tovlamachilarning kopligi, logistikaning talab darajasida emasligi, malakali kadrlarning yetishmasligi, injener-texnik xodimlar kamchilligi va boshqalar.
    Barcha startaplarning boshlang’ich g’oyaning yuzaga kelishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bopsqichlarida bir xildagi muammo va masalalar hal qilinadi: G’oyalar bilan qanday qilib ishlash lozim, Qanday qilib komandani tanlash mumkin, O’z g’oyasini qanday qilib himoya qilinadi, Qanday qilib kompaniyani moliyalashtirish mumkin, Bu ishni qilish muvaffaqiyatga olib keladimi, Qachon investorga murojaat qilish kerak, Qanday qilib mahsulotni yaratish va uni mukammalashtirish mumkin, Bugungi kunda qanday yangi turdagi
    mahsulot va hizmatlarini iste’molchilarga taklif qilish mumkin? Bu masalalarni hal qilishda mahalliy va halqaro raqamli elektron bozorni har tomonlama o’rganishdan boshqa chora yo’q albatta. Bu esa internetdagi adabiyotlar, yangiliklar va manba’lar bilan muttasil ishlashni, o’rganishni hamda eng yangi mahsulot va xizmatlarni bevosita sinab ko’rishni talab qiladi. O’z mahalliy bozoringizdagi hozircha qondirilmagan talablarni har tomonlama o’rganish ham biror bir yangi innovatsion g’oyaga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, innovatsion raqamli biznesning eng asosiy elementlari iste’molchilar uchun qandaydir yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish, uning ahamiyatini ko’rsatish, usabilityning oliy darajasiga erishish, mijozga yo’naltirlgan yondoshuv va individual talablarni maksimal darajada qondirishdir.

      1. O’zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlanishtendentsiyalari Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri – Alibaba Group ning asoschisi va direktorlar kengashi raisi Djek Maning ta’kidlashicha, «Taxminan 30 yillardan so’ng, biznesning 80% dan ortigi internet orqali amalga oshiriladi . . . . Agar bu paytga kelib, ertangi kun uchun qandaydir yechimingiz bo’lmasa, bu yechim kimdadir albatta bo’ladi». Xaqiqatan xam, bugungi kunda informatsion va kommunikatsion texnologtyalar xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Insonning kundalik xayotini ancha yengillashtiradigan va ma’lumot uzatilishini xamda uning qayta ishlanishini tezlashtiradigan texnologiyalarning va internetning bunday tezkorlik bilan rivojlanishi industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’tishining o’ziga xos katalizatori sifatida namoyon bo’la boshladi. Bunday jarayonlarning natijasida an’anaviy jamiyat raqamli jamiyatga aylana boshladi. Internet Live Stats ning ma’lumotlariga ko’ra, xar kuni Google tizimiga uch milliarddan ziyod so’rovlar bo’lar ekan. Undan tashqari, internet foydalanuvchilar orasida internet orqali telefon va video qo’ngiroqlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash xam borgan sari ommaviy bo’lib bormoqda. Oxirgi besh yilda internet foydalanuvchilari soni 29% dan 39% gacha ortdi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni esa 53% dan 64% gacha ortdi. Bu ma’lumotlar internetdan foydalanish ko’pchilik mamlakatlardagi insonlar

    uchun oddiy bir xolat bo’lib qolganini ko’rsatadi. Yoshlar va bolalar esa qandaydir darajada raqamli qurilmalar va ijtimoiy saytlarga bog’lik bo’lib xam qoldilar. Raqamli texnologiyalarning misli ko’rilmagan imkoniyatlari tufayli ko’pchilik tashkilot va korxonalar raqamli muxitga ulanib, mijozlar bilan onlayn muloqot qilgan xolda o’z bizneslarini elektron usulda tashkil etmoqdalar. Turli darajalardagi faoliyat turlarining integratsiyasi yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib, konkret biznes modellarning rentabelliligini oshirayapti. Xuddi shuning uchun xam ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat turlarini raqamlashtirish avvalgidan xam ko’ra ko’proq dolzarb bo’lib bormoqda. Chunki bu amal iste’molchilarning afzalliklaridan tortib, to yangi biznes modellargacha bo’lgan jaxon iqtisodiyotining bir qancha aspektlarini o’zgartirib yuboradi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy munosabatlarnig tubdan o’zgarishiga va raqamli iqtisodiyot tushunchasining paydo bulishiga olib keladi.
    O’tgan asrning 90 yillarida AQSH iqtisodiyotining rivojlanishi ancha tezlashdi va bu xolat iqtisodiyotga zamonaviy raqamli informatsion texnologiyalarning tezkorlik bilan kirib kelishiga sabab bo’ldi. Olimlar bu fenomenni ko’rib chiqib, AQSH da ishlab chiqarishning o’sishi hamda informatsion texnologiyalar soxasiga bo’lgan investitsiyalar orasida kuchli korrelyasiya borligini topishdi. Dunyo bo’yicha kompaniyalar xamda uy xo’jaliklariri faoliyatiga shaxsiy kompyuterlarning kirib borishi borgan sari kupayib borayotgan bir vaqtda, amerika kompaniyalari internetni “fuqarolik dasturlari” uchun (ma’lumotlarni uzatish va ko’plab sondagi insonlarga jo’natishni amalga oshiradigan ommaviy internet- muxit yaratish maqsadida) moslashtirishga qaror qildilar. Smartfonlar bilan to’yinib borayotgan internet tizimi iste’mol va ishlab chiqarishning yangi usullarini yaratdi. Bu esa zamonaviy to’lov va ish yuritish tizimlarini xosil qilgan xolda iqtisodiyotning yangidan-yangi raqamli sektorlarining xosil bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Xuddi shu tariqa internet-iqtisodiyot, veb-iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyot tushunchalari paydo bo’ldi. Ilmiy adabiyotda raqamli iqtisodiyotning turli-tuman aniqlanuvlari keltiriladi va ular vaqt o’tishi bilan xamda texnologiyalar rivojlanishi bilan o’zgarib turadi. Oxirgi paytlarda raqamli
    iqtisodiyotning aniqlanuvlari mobil (mobile technologies) va sensor tarmoqlarini (sensitive technologies), bulutli texnologiyalarni (cloud technologies) va katta ma’lumotlarni (big data) o’z ichiga ola boshladi. Amerikalik mutaxassis Tarskottning fikriga ko’ra, raqamli iqtisodiyot ikki segmentga bo’linadi: tarmoq texnologiyalari va «inson va texnika» ning o’zaro muloqoti. Demak, raqamli iqtisodiyot nafaqat tarmoq texnologiyalari, aqlli mashinalar va texnologik rivojlanishni, balki inson faktorini, ya’ni, boyliklar xosil qilish va ijtimoiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan intellektni, bilimlarni va ijodni xam o’z ichiga qamrab oladi. Keyinchalik Evropalik olim Margerino raqamli iqtisodiyotning aniqroq tushuntirib, iqtisodiy o’sishga ta’sir kiladigan to’rtta faktorni ajratib ko’rsatdi:

      • Internetdan va tarmoq texnologiyalaridan foydalanish;

      • Korxonalar orasidagi elektron savdoning amalga oshishi;

      • Maxsulot va xizmatlarning raqamli usulda yetkazilib berilishi;

      • Internet orqali moddiy tovarlar bilan chakana savdo amalga oshirilishi. Margerinoning ishini davom ettirgan xolda, boshqa olimlar ham raqamli iqtisodiyotning eng muxim xususiyatlarini aniqlab berdilar va raqamli iqtisodiy jarayonlar tarmoqlarining quyidagi tashkil etuvchilarini tasniflab berdilar:
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.