|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 161/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 Hulosa va takliflar
Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yo’nalishlar hosil bo’lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga asosiy turtkilardan biri bo’lib, jahon miqyosidagi internet tizimining barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo’ldi. Bu imkoniyatlar natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilishi hamda ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo’ldi. Bu esa o’z navbatida aniqroq bashorat qilish, asoslangan yechimlar qabul qilish hamda hisoblash imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo’l ochadi. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun esa global information platformalar ko’rinishidagi infratuzilma talab etiladi, albatta. Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo’qotish ehtimolligi, biznesni yoqotib qo’yish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, havfsizlikka putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati. Bu muammolarni iloji boricha tez hal qilish kerak bo’ladi, aks holda kechikich, katta zararlarga olib kelishi mumkin. Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik
bilan elektron ko’rinishga o’tkazilmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi:
Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?
Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim?
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak?
Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jayon bo’lib, uni to’xtatib turishga bizda imkon yo’q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish va qo’l mehnatini texnologiyalar bilna almashtirilishi hisobiga ish o’rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo’lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bog’liq – inson ham bunday global o’zgarishlarga tayyormi? Ilg’or texnologiyalar katta siyosiy g’alayonlar, to’qnashuvlar, misli ko’rilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun’iy intellect tizimlari insonlar o’rnini egallab olib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday o’zgarishlar ko’p martalab sodir bo’lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo’lib, ular odatiy mutaxassisliklarning o’rning egallaganlar. Ammo bularning natijasida insonlar ko’pchilik xollarda manfaat ko’rganlar holos. Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon bo’lib chiqqan, albatta. Lekin, ko’pchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasidan insoniyat hayoti yanada farovon va yanada yaxshi bo’lib boraveradi. Endi yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, hulosa sifatida kriptovalyutalar bilan bog’liq bir qancha taklif va mulohazalarni yoritib o’tamiz. Pullarni har kim va har kuni ishlatishiga qaramay, pul nima o’zi? - degan savolga ko’pchilik insonlar to’g’ri javob bera olmaydilar. Pulni absolyut
ko’pchilik insonlar qandaydir intuitiv ravishda tushunadi va bu ularning pullar bilan bemalol foydalanishlariga unchalik xalaqit bermaydi. Ammo,
Pul o’zi nima?
Nimaga puling bunaqa ko’plab turlari mavjud va ularning xususiyatlari qanday?
Pullarning bulardan ko’ra yaxshiroq ko’rinishlari bormi va qaysi birlari yaxshiroq?
|
| |