• Rethink
  • Willow Garage, Inc
  • MarketsMarkets
  • Amazon va Facebook
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet160/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    3D-printerlar ham Industriya 4.0 ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu texnologiyani amaliyotda „additiv texnologiyalar“ deb ham yuritiladi, 3D- pechatning ishlab chiqarishda ishlatilishi esa „additive manufacturing“ (AM) deb nomlangan. Ushbu usulning boshqalaridan farqi shundaki, kerakli mahsulot uni qavatma-qavat turli materiallarni (metallni, plastikni, gipsni, kompozir materiallarning kukunlarini) ishlatgan holda ko’p marotabalab chop qilinib hosil qilinadi. Bunday ko’p qavatli pechat usuli istalgan murakkablikdagi detallarni svarkasiz, ulovlarsiz va butlovchi qismlarsiz tezkorlik bilan yaratish (yasash) imkonini beradi. 3D-texnologiya aviatsiyada, avtomobilsozlikda, meditsinada, stomatologiyda, maishiy sohada, mahsus qurilmalar yasashda va boshqa yo’nalishlarda murakkab detallarni tez va arzon yaratishda ishlatilishi mumkin. 3D-printerlar yangi mexanizmlarning prototiplarini yaratishda va tayyor mexanizmlarning modellarini yasashda hamda ularni real sharoitlarda tekshirib ko’rishda ham ishlatilishi mumkin. Additiv texnologiyalarning boshqa afzalliklariga ishlab chiqarish tsiklining kamayishini, transport harajatlarining pasayishini, zakaz uchun mahsulotning kichik-kichik partiyalarini chiqara olishni ham ko’rsatish mumkin. Kelajakda 3D-printerlar ishlab chiqarish modelini o’zgartirib, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir-birlariga yaqinlashtirish uchun ham hizmat qilishi mumkin. Bu ayniqsa seriyali ishlab chiqarish va kichik partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan nomni olgan – distributed manufacturing (Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK, yanvar-fevral 2017. Str.21).
    Hozirgi zamonda robototexnikaning evolyutsiyasi shunga olib keldiki, endi ular nafaqat oddiy operatsiyalarni bajara oladilar, balki ular insonlarning ovozlarini
    taniy oladilar, harakatlarini kuzata oladilar va sun’iy intellektga egadirlar. Bular hodimlar va ishchilar bilan birgalikda ishlay oladigan avtonom robotlaridir. ABB firmasining YuMI deb nomlangan poboti mahsulot mahsulot yig’ish konveerida boshqa ishchilarning qo’llari konturlarini va yig’ilayotgan mahsulotning tarkibiy qismlarini taniy oladi. Kaliforniya shtatidagi Tesla avtomobillari zavodida 160 nafar universal ishlab chiqarish robotlari haftasiga 400 ta avtomobil yig’adilar. Robototexnika halqaro federatsiyasining ma’lum qilishicha 2000-2012 yillarda ishlab chiqarish robotlarining sotish hajmi 60% dan ortiqroq miqdorga o’sdi (Ford
    M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.21). Yaponiyada esa robotlar hizmat qiladigan mehmonhonalar juda ommabop hisoblanadi. Bu yerlarda robotlar ovqat pishiradilar, idish yuvadilar, yig’shtiradilar, kofe tayyorlaydilar, yo‘lovchilarga yordam ko’rsatadilar. Misol sifatida yaponiyaning sushi-restoranlar tarmog’i Kura ni keltirish mumkin. Unda robotlar sushi pishirishga yordam beradilar, ofitsiyantlar hizmatini qiladilar, hisob varaqlari tayyorlaydilar va boshqa amallarni bajaradilar. Avtomatlashtirishga asoslangan tizimga o’tish tufayli Kura bir tarelka sushining narxini bir dollargacha tushirishga mufaffaq bo’ldi, bu esa raqobatchilar oldida katta afzallillarga erishishga imkon berdi. (http://www.nytimes.com/2010/12/31/business/global/31sushi.html). Shu turdagi boshqa robotlarga misol sifatida ikki o’lchamli ko’rish tizimiga ega bo’lgan robot Rethinkni, yuk tashuvchi robot Industrial Perseption larni keltirishimiz mumkin. Robotlar uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar [ROS (Robot Operating Systems)] Stenford Universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasida ishlab chiqilgan. Keyinchalik bu tizimni to’laqonli robototexnik platformaga aylantirish Willow Garage, Inc. kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. ROS ochiq kodli va tekin dasturiy ta’minot hisoblanadi. Soha bo’yicha mutahassislarning fikrlaricha, 2025 yillarga kelib, robotlar ommaviy ravishda hayotga tadbiq qilina boshladilar va bu is samaradorligini 25% ga oshiradi(Ford M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.31). Uchuvchisiz qurilmalar (dronlar) ni ham tijoriy maqsadlarda ishlatish yuklarni tashish bo’yicha logistik operatsiyalarni, aerofotos’emkalarni, qurilish boshqaruvini va videokontentlar
    tayyorlashni avtomatlashtirishga yordam beradi. Markets&Markets
    kompaniyasining ma’lumot berishicha, 2020 yilga kelib, dronlar bozorining hajmi
    $5,6 milliard dollarga yetadi va yillik o’sish miqdori 32% dan kam bo’lmaydi. BI Intelligence kompaniyasi baholoviga ko’ra esa 2021 yilda dronlar bozori hajmi
    $12 milliard dollarga yetadi. Dronlardan foydalanish UPS, DHL, Amazon va Facebookkompaniyalariga logistika zanjirlarini yanada mukammallashtirishga va rivojlantirishga imkon beradi (PwC, Osipov I. Dronlar yetkazib beruvchilar//RBK, yanvar-fevral 2017.str.32-33).
    Ushbu kitobda ko’rib o’tilgan masala va muammolarga o’ziga xos hulosa tariqasida raqamli texnologiyalardan foydalanish bo’yicha kelajak trednlari va bizning kamtarona takliflarimiz sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.