• 2.Raqamli iqtisod bo’yicha o’quv kurslari
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet163/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    kriptovalyuta turlari ham gipotetik mavqe’ga ega) har biri bir tonna paxtaga ekvivalent bo’lishi mumkin. Demak, ICO tashkil etuvchilar bunday tokenlarni sotib olgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ular tokenlari miqdoriga teng bo’lgan paxta yoki tola yetkazib berish majburiyatinio’z zimmasiga oladi. UzGoldkriptovalyutasining bittasi bir gram oltinga ekvivalaent bo’ladi, demak, loyiha amalga oshganidan so’ng, bunday tokenlar evaziga tokenlar egalariga jahon birjasidagi narxlar bo’yicha O’zbekiston Respublakasida zarb qilingan oltin tangalar yoki valyuta beriladi. Agar innovatsion loyiha quyosh yoki shamol elektrostantsiyasi (fermasi) qurish bo’lsa, bitta UzEnergo kriptovalyutasi bir kilovatt energiyaga teng bo’ladi va demak elektrostantsiya ishga tushirilganidan so’ng, kriptovalyutani sotib olgan inson yoki tashkilot oldingi pastroq bo’lgan narxlarda tokenlariga mos bo’lgan elektroenergiyadan foydalanishi mumkin bo’ladi. Agar masalan, UzKvartira deb atalgan tokenlarning har biri bir kvadrat metr uy-joy maydoniga teng deb chiqarilan bo’lsa, u xolda tokenlarning egalari loyiha amalga oshganidan so’ng, ushbu tokenlar miqdoriga teng bo’lgan uy-joy maydoniga egalik qila oladilar. Ya’ni ularning jalb qilingan pullariga (kriptovalyutalar sotishdan yig’ilgan pullarga) uy quriladi va keyin uydagi kvartiralar kriptovalyutalar egalariga tokenlarga mos ravishda taqsimlanadilar. Demak, ko’pchilik insonlar uy-joyli bo’lish uchun banklardan yuqori foyizli ipoteka kreditini olish o’rniga hech qanday kredit mablag’lari jalb qilmasdan turib, uy qurayotgan kompanniyadan kriptotangalar sotib oladilar va birozdan so’ng, uy- joyli bo’ladilar. Agar ularga uy kerak bo’lmasa, kriptotangalarni ikkilamchi bozorda sotib, qo’shimcha daromad ishlab olishlari ham mumkin. Buni kriptovalyutalardan foydalanishning spekulyativ usuli deb atash mumkin.
    Ushbu risola kriptovalyutalarga bag’ishlangan va o’zbek tilida yozilgan dastlabki kitoblardan biri bo’lib, kamchiliklardan holi emas, albatta. Unda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellect, bulutli texnologiyalar, elektron tijorat, raqamli davlat hizmatlari, raqamli fintexnologiyalar, kriptologiya, kriptografiya, blokcheyn, kriptovalyuta, uning turlari, tarqalishi, ishjlatilishi, tarixi, rivojlanishi, bozorlari, birjalari, almashinuv punktlari, ICO lar va ularni tashkil qilish
    mexanizmi hamda kriptovalyuytalardan foydalanilish va ularning rivojlanish tendentsiyalari bo’yicha baholi-qudrat bir qancha ma’lumotlar berilgan. Shuni ham aytishimiz kerakki, har qanday yangi ma’lumot, u qanchalik foydali bo’lmasin, amalda ishlatilmasa, moddiy foyda keltira olmaydi. Buni unutmang, va bilimlaringizni amalda ishlatishdan erinmang. Bunda tavakkalchilik qilishga to’g’ri keladi, albatta. Ammo tavakkal qilmasangiz, hayotda hech nimaga erisha olmaysiz. Tavakkalchilik darajasini kamaytirishni usuli esa aktivlarning diversifikatsiyasi, doimiy o’qish va o’rganish, yangi texnologiyalarni bilish va tushunish, ishonchli hamkorlar topishdir.
    Endi raqamli iqtisodiyot bo’yicha jahon miqyosidagi asosiy trendlarni ham yoritib o’tishga harakat qilamiz:
    Innovatsiyalar hayotiy tsiklining kamayishi – sohalar bo’yicha muhim innovatsiyalarning paydo bo’lishini oldindan oldindan ko’ra olish juda ham muhim, chunki aks holda ushbu soha yangi innovatsion yechimlar ta’sirida yo’q bo’lib ketishi ham mumkin. Misol sifatida musiqa bozoridagi ilg’or texnologiyalar evolyutsiyasi vositasida tushuntirishimiz mumkin: vinil plastinkalar –magnitofon lentalari kassetalar kompakt disklar DVD MP3 on-line strimming servislari.
    Mehnat bozori tuzilishining o’zgarishi – information texnologiyalarning rivojlanishi ishchi-xodimlarning malakalariga bo’lgan talablarni ham tubdan o’zgartirib yuboradi. Natijada aqliy mehnatnig qadri oshib, bu sahada ishlaydiganlarga ish haqi miqdori ancha katta bo’lib ketadi. Buni iqtisodchilar texnik progressning yangi texnologiyalar bilan ishlay oluvchilar tomonga qarab burilishi (skill-based technological change – SBTC) deb ataydilar. Bu shubxasiz jahon trendidir va shuning uchun ham bu xolatni ta’lim dasturlari hamda rejalarini tuzishda hisobga olish kerak bo’ladi. Masalan, BCG konsalting kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra, Germaniyada ommaviy robotlahstirish hisobiga 2025 yilga kelib 610 ming ish joyi qisqaradi, ammo 960 ta malakali hodimlar talab qiladigan yangi ish joylari paydo bo’ladi (RAEK, NIU BSHE, Ekonomika Runeta RF, str.5).
    Asta-sekin jahon bo’ylab raqamli iqtisodiyot tamoillari va dasturiy-texnok hamda algoritmik vositalari mobil tijoratga o’tish jarayoni amalga oshadi;
    Internet tizimida va raqamli dunyoda oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan va kutilmagan ko’rinishdagi firibgarlik va tovlamachilik xolatlari yanaga rivojlanib boradi, kompaniyalar esa buning oldini olish uchu katta kuch sarflashlariga to’g’gri keladi;
    Sharing economy texnologiyalari insonlarning shaxsiy mulkka ega bo’lish istagiga ta’sir qila boshlaydi va yoshlar albatta shaxsiy mulikka ega bo’lish kerakligidan voz kehca boshlaydilar;
    Ijtimoiy tarmoqlar iste’mol imkoniyatlariga va harid bo’yicha qarorlar qabul qilish jarayoniga tobora ko’proq ta’sir ko’rsata boshlaydilar;
    Virtuallik xizmatlari va bulutli texnologiyalar biznes uchun tobora ko’proq imkoniyatlar yaratib, kompaniyalar ularni o’z faoliyatlariga yanada ko’proq jalb qila boshaydiar. Bu esa o’z navbatida information tizimlarning havfsizligi va ishnochliligini ta’minlab beradi;
    Kraudsorsong va kraudfanding texnologiyalarining biznesga kirib kelish jarayoni yanada kuchayadi va kompaniyalar jamoaviy fikr va jamoaviy mablag’lardan keng foydalangan xolda nafaqat tijoriy, balki ijtimoiy masalalarni ham hal qila boshlaydilar;
    Sun’iy intellect va Big Data texnologiyalarining Mashine Learning asosidagi imkoniyatlari kompaniyalarning mijozlarga yo’naltirilganligini ta’minlaydi va iste’molchilarning qoniqish darajasini oshiradi;
    Buyumlar interneti kompaniyalarni kerakli bo’lgan ma’lumotlarni shu zumdayor yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Bu esa insoniy faktorning ko’zda tutilmagan nojo’ya ta’sirlaridan qutulishga yordam beradi;
    Virtual va to’ldirilgan voqe’lik texnologiyalari hamda robotlashtirish ishlab chiqarish modellarining tubdan o’zgarishiga juda katta ta’sir qila boshlaydi;
    3D-printerlar esa ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilarga shu qadar yaqinlashtiradiki, endi mahsulotlarni individual zakaz bo’yicha kichik partiyalarda ishlab chiqarish ham juda foydali bo’lib qoladi;
    Kompaniya va tashkilotlarning yangi texnologiyalarni o’zlashtirish jarayoniga bog’liq ravishda, ishchi-xizmatchilarning malaka oshirishiga bo’lgan talablar ham keskin o’zgaradi va hodimlarning butun umri davomida ta’lim olishi (Life Long Learning) kerakligi zamona talabi bo’lib qoladi.
    2.Raqamli iqtisod bo’yicha o’quv kurslari


    Download 2,85 Mb.
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.