|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 166/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020SkillFactory deb nomlangan raqamli mutaxassislar tayyorlash maktabida mashinaviy ta’lim, neyron tarmoqlari, Python va information havfsizlik bo’yicha online kurslar ochilgan. Kurslardagi o’quv muddati 11 haftadan bir yilgacha. Mutaxassislik bo’yicha noldan boshlab o’qitishga bag’ishlangan ba’zi kurslarni, shu jumladan, Machine Learning va Data Scientistlar o’rgatiladi, boshqalari esa tajribali insonlarga mo’ljallangan (Deep Learning va neyron tarmoqlar kabilar). Kurslar Nvidia Corporation kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Нетологияonlayn universitetida ham davomiyligi 1,5 oy bo’lgan Big Data bo’yicha onlayn kurslar tashkil qilingan. Kursning dasturida katta ma’lumotlar manba’lari va ularning ko’rsatgichlari, bulutli platformalar (AWS, EMR, Azure), Hadoop va MapReduce da ishlash asoslari bo’yicha qimmatli ma’lumotlar olish imkoniyati mavjud. Attestatsiya va bilimlar sinovi sifatida kurs tinglovchilari olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash maqsadida diplom ishi loyihasini bajaradilar. Bundan tashqari talabalar marketingni, loyihalarni boshqarishni, dizaynni va dasturlashni ham o’rganadilar.
Yuqorida ko’rsatigan fanlar bo’yicha bilimlarni oshirish va mustahkamlash uchun Skillbox va Courserakabi onlayn ta’lim platformalaridan ham unumli ravishda foydalanish mumkin. Skillbox da turli xildagi kurslarningkattaginato’plami, shujumladan, dizayn, dasturlash, marketingvaboshqaruvbo’yichainteraktivdarslaryig’ilgan. Courseradaesatanlov imkoniyatlari bundan ham ko’ra ko’proq – unda jahondagi eng ilg’or universitetlarning magistrlik diplomlarini ham olish mumkin. Shular bilan bir qatorda, raqamli iqtisodiyot masalalari bo’yicha Stenford universitetining kriptografiya, blokcheyn va mashinaviy ta’lim kurslarini ham ko’rsatib o’tish mumkin.
Atamalar va ularning ma’nosi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish nima uchun kerak?
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Misol sifatida, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2020 yil 25 yanvarda mamlakat taqdiri uchun ahamiyatli bo’lgan eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni vazifalarni ko’rsatib o’tdi: “Мамлакатимизда илм-фанни янада равнақ топтириш, ёшларимизни чуқур билим, юксак маънавият ва маданият эгаси этиб тарбиялаш, рақобатбардош иқтисодиётни шакллантириш борасида бошлаган ишларимизни жадал давом эттириш ва янги, замонавий босқичга кўтариш мақсадида мен юртимизда 2020 йилга “Илм, маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили”, деб ном беришни таклиф этаман”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida 4 , shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida
4 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni
zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan:
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish5.
5 O’zbekistonRespublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018dagi“O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi.
|
| |