|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 167/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Raqamli iqtisodiyot – jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir.
Raqamli (elektron) iqtisodiyot – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish kabi o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’ektlari – tovarlar va hizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’ektlari va sub’ektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot - xo’jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi quyidagi bosqichlardan iborat:
1990-2005 yillar: Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo’lib, bu davr to’rt qismdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin – dotkomlar davri, yangi elektron hizmatlar ko’rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga kelishi va elektron tijorat.
2005-2010 yillar: Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi.
2010-2015 yillar: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta- sekinlik bilan kirib kela boshladi.
|
| |