• Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud .
  • Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi
  • Bunda u quyidagi yo‘nalishlarni va texnologik segmentlarni o‘ziga qamrab oladi
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi
  • Davos Jahon iqtisodiy Forumi asoschisi va prezidenti hamda eksperti Klaus Shvabning aytishicha
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet170/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Gibrid dunyo bu – real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir.
    Raqamli biznes bu – jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes- modellar paydo bo‘lishidir.
    Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi.
    Raqamlashtirish esa – raqamli shaklda bo’lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning interaktiv tizimi – bu raqamlashtirishdir.
    Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud.

    Birinchi yo‘nalish – mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir.
    Ikkinchi yo‘nalish – eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda, biz ularni masshtablashtirish tufayli ular xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan taqqoslaganda kamida o‘n baravar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishini tushunamiz.
    Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi:

        • real tovarlar va hizmatlar ta’minotchilari hamda xaridorlari sektori;

        • dasturiy ta’minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori;

        • qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi

    ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma.
    Bunda u quyidagi yo‘nalishlarni va texnologik segmentlarni o‘ziga qamrab oladi:
    Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi:

        • Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?

        • Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim?

        • Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak bo’ladi?
    Davos Jahon iqtisodiy Forumi asoschisi va prezidenti hamda eksperti Klaus Shvabning aytishicha:

    Hayot bizga raqamli texnologiyalar ommaviy hizmat ko’rsatish sohasini qanday o’zgartirib yuborganligi yaqqol ko’rsatib turibdi. Hozirda esa Uber, Alibaba Group, Amazon, Kriptovalyuta va Blokcheyn kabi butunlay yangi biznes modellar paydo bo’layapti va ular haridor va mijoz orasida bevosita munosabat o’rnatishga imkon berayapti. Huddi shunday transformatsiya moliya, bank, sug’urta kabi sohalarda ham ro’y berayapti. Raqamli ishlab chiqarish va insonning raqamli nushasi robotlar paydo bo’lganidan so’ng, ishlab chiqarish modeli ham tubdan o’zgarib ketadi. Bular esa information texnologiyalarning asta-sekinlik bilan insonlar o’rnini
    egallashiga olib kelib, ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshiradi – huddi shu holatni raqamli iqtisodiyot deb tushuniladi

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.