|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 178/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Raqamli prodyuser – ko’p platformali murakkab medialoyihalarni boshqaradi, hamda ishlab chiqarishdagi raqamli imkoniyatlarni amalga oshiradi, mobil ilovalar, mul’timedia adabiyotlar, videoo’yinlar, onlayn kurslar va web-seriallar yaratadi.
Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va rivojlanishining o’ziga hos hususiyatlari:
Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi.1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish
hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda.
Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.
Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishlariga sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan ko’p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko’paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi mablag’ ishlab olishga sabab bo’ladi. Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning o’zidan 26,9 milliard dollardan ortiq mablag’ ishlab oldi. 2016 yil natijalari bo’yicha Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 milliard dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiy muhit bo’lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.
|
| |