• GettTaxi, Yandex.Taxi
  • AMAZON yoki OZON
  • Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratib
  • Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi.
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet179/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o’zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznes-modellar ham o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko’pgina o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud on-laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga internetda o’z bizneslarini tashkil qilishga undaydi. Hozirgi davrda elektron tijorat kanallarining qandayligiga bog’liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to’la on-layn

    kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an’anaviy of-line biznesga o’z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud.

      • Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta’sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google Analitics va Яндекс.Метрика kabi bepul servislar hosil bo’ldi.

      • Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi. Bu esa ko’plab yangi smartfonlar modellarining, kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp’yuter o’yinlarining yangi versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo’lishiga turtki bo’ladi. Bir qancha olimlar va mutahassislarning fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion transport tizimlari paydo bo’lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar, vakuumli transport vositalari, Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin.


      • Download 2,85 Mb.
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.