|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 181/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Internet tizimida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi asossiz ravishda juda ham ko’payib ketishi hamda kriptoaktivlar bahosining “moliyaviy puffak” ko’rinishida haddan tashqari ortib ketishi;
Internet tarmog’ida reklama-biznesi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalarning daromadlari sarf-harajatlaridan ko’ra ancha ko’proq kattalikka ega bo’lib ketishi;
Tarmoqdagi tadbirkorlar nafaqat moddiy boyliklar va hizmatlarni, balki raqamli va elektron tovarlarni ham sotish bilan shug’ullana boshladilar. Masalan, 2016 yilda internet savdoning umumiy hajmi bir trillion dollardan ham ortib ketdi. Elektron tijoratda esa eng katta ulushni avia- va temir yo’l chiptalari sotuvchi kompaniyalar egallab turibdi;
Intellektual mulkka egalikning yangi litsenziya turlari (halq litsenziyalari
- Public Lisence) paydo bo’lishi. Bunda yaratilgan mahsulot yoki hizmatga ko’pchilikning egalik qilish qoidasi amal qiladi. Masalan, halq tomonidan
intellectual mulkka egalik qilishga imkon beradigan Creative Common (CC) turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan General Publik License (GPL, GNU);
Virtualizatsiya bo’yicha ko’rsatiladigan hizmat turlari asta-sekinlik bilan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni va komp’yuterchilarni bozordan siqib chiqara boshladi. Masalan, SONY korporatsiyasi ham noutbuklarni korporativ zakazga binoan ishlab chiqarishni boshladi, chunki mijozlar borgan sari talabchan bo’lib borayaptilar va shu tufayli sifatli tovar va hizmatlarni istab qoladiar.
Biznes-modellarning transformatsiyasi. Raqamli iqtisodiyot yangi biznes- modellarda namoyon bo’ladi va bu bozorning boshqa ishtirokchilarda o’ziga hos bo’lgan zanjirli reaktsiya hosil qiladi. Bular ichida eng ommaboplari – kastomlashtirilgan mahsulot va hizmatlarga bo’lgan intilish, personallashtirilgan hizmatlar olish istagi, kompaniyaning rivojlanish strategiyasiga elektron tijorat vositalarini jalb qilsh hamda Freemium-model, Tree-to-play, Print-on-demand, Full-Crowdsoursing, Donation kabi raqamli biznes arxitekturalaridan foydalanishdir. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita sotuvlarni tashkil qilishi, elektron vitrinalardan foydalanish, tarmoq va tarmoqlararo virtual birjalarni tashkil qilish, omborlarsiz ishlash imkoniyati (drop shopping) va zahiralarni talabga binoan qondirish (on-demand).
|
| |