|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 189/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Davlat domen nomi–davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ma’muriy birliklari (viloyat, hokimiyat, shahar, shaharcha, qishloq, ovul va boshqalar) nomlarini yoxud ularning belgilarini yoki nomlarini boshqacha tarzda ifodalaydigan, shu jumladan, qisqartmalari va/yoki abbreviaturalarini o‘z ichiga oladigan domen nomi.
Domen– nomli mezon bo‘yicha ajratilgan va uni qo‘llab-quvvatlash uchun javob beradigan, tashkilotga egalik qilish uchun taqdim etilgan Internet tarmog‘ining qismi.
DSA algoritmi- (Digital Signature Algoritm) elektron raqamli imzo uchun AQSH standarti (Digital Signature Standart – DSS)
Dropshipping–vositachilar omborlarini chetlab o’tgan xolda ishlab chiqaruvchi va iste’molci orasida to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladigan savdo jarayoni.
DSS - Digital Signature Standart– Raqamli imzo standarti
e-SQM (Elektronic Service Quality) – elektron platformalar va kompleks elektron hizmatlar sifatini baholash metodikasi.
Elektron demokratiya – bu ishlab chiqarish texnologiyasida ro‘y beradigan revolyusion o‘zgarishlar ijtimoiy qarorlar qabul qilish texnologiyalаrida revolyusion o‘zgarishlarni, ya’ni siyosiy tizimda tubdan o‘zgarishlarni talab etishini ta’kidlovchi konsepsiyadir. Bu konsepsiya asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya yotadi, ya’ni jamiyat qarorlarini qabul qilish tamoyillari tanlangan vakil tomonidan emas, balki bilvosita oddiy fuqaroning elektron saylash jarayonida ishtirok etishi orqali amalga oshiriladi.
|
| |