|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 191/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Elektron raqamli imzo – matnga biriltirilgan va uning kriptografik o’zgartirilishini aniqlab beradigan ma’lumot bo’lib, matn boshqa
foydalanuvchi tomonidan olinganida uning haqiqiyligini va muallifini tekshirishga imkon beradi
Elektron hujjat – axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat bo‘lib, qog‘oz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Elektron xablar – buinterfaol bozorlar bo‘lib, biznes-modelning eng Yangi ko‘rinishi hisoblanadi. Interfaol bozorlar yordamida kompaniyalar boshqa xaridorlar bilan bir vaqtning o‘zida ularning har biri bilan bevosita ulanmasdan aloqa o‘rnatishlari va Yangi imkoniyatli xaridorlarni topishlari mumkin.
Ekotizimlilik - dasturiy ta’minotning turli xil avtonom qismlari birgalikda ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga erishish. Dasturiy ta’minotning ekotizimiga misol qilib,2007 yilda yaratilgan iPhoneekotizimini keltirishimiz mumkin, unda kalit printsip Apple, dominator Google va yetkazib beruvchilar dasturiy ta’minot ishlab chiqaradigan kompaniyalaridir. Dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va oxirgi foydalanuvchilar butun jahon bo’yicha taqsimlangan bo’ladilar. Dasturiy ta’minot ekotizimi bir qancha programmaviy ta’minot platformalaridan, uning ichki va tashqi yaratuvchilarida hamda foydalanuvchilar jamoasiga hizmat ko’rsatadigan ekspertlar guruhidan (pulidan) iborat bo’ladi.
Efirium yoki Efir – bu nafaqat kriptovalyuta, balki to’laqonli platforma bo’lib, uning yordamida istalgan aktivlar (valyuta, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) bilan ish olib borish mumkin. Uning imkoniyatlari blokcheynga Yangicha yondoshuv natijasida bitkoin potentsialidan ham kattaroqdir. Uni aqlli (smart) kontraktlar asosida ishlaydigan markazlashmagan virtual mashina deb tushunish ham mumkin.
|
| |