|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 194/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Ijtimoiylashtirish – buindividualizmning aksi bo‘lib, uning asosida inson shaxslararo o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi va u jamiyat kishisiga aylanadi. Inson maqsadi jamiyatning institusionallashgan tartib va qadriyatlari asosida shakllanadi va u mutlaq mustaqil subyekt tarzida ko‘rilishi mumkin bo‘lmay
qoladi. Insonlar bir ijtimoiy muhitda yashaydi va rivojlanadi, ular tashkil topgan jamiyat institutlarining mahsuloti hisoblanadi, shuning uchun ham umumiy institusional asosga ega bo‘ladilar. Boshqa tomondan, ijtimoiy muhit bir jinsli bo‘lmaydi, bu esa turli xil insonlar maqsadlarining yo‘nalishlari turlicha ekanligi bilan tushuntiriladi.
Ijtimoiy tanlov – bushaxsiy fikrlarni, boshqacha qilib aytganda,ovoz berishni namoyish qilish va hisobga olish jarayonidir.
Ijtimoiy o‘zaro ta’sir– ikki individning o‘zaro jamoa bo‘lib bajargan ishi bo‘lib, buning natijasida har birining farovonligi o‘zgaradi. Ijtimoiy o‘zaro harakat tovarli va shaxslararolarga bo‘linadi. Tovarlararo o‘zaro harakatlar shaxssizlik xususiyatiga ega.
Industriya 4.0. – bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlarining ketma-ket zanjiri bo’lib, ular orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar raqamli texnologiyalar vositasida qandaydir ishlarni bajaradi. Bu jarayon kompaniyaning va mamlakatning raqobatbardoshliligini oshrishga hizmat qiladi.
Interoperabel bilet – barcha turdagi transportga yagona bilet.
Insoniy kapital– kishi va jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan bilim, mahorat va tajribalar yig‘indisi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqainvestitsiyalar kattaligi bilan o‘lchanadi. Bu atama amerikalik iqtisodchi G. Bekker (1930-2014 yillar)tomonidan kiritilgan va ushbu nazariya uchun u 1992-yilda Nobel mukofotini olgan.
Institusional xulq– inson tomonidan o‘zlashtirilgan jamiyat me’yorlari bilan belgilanadigan axloqiy qoidalardir. Etika (axloq-odob)ga oid jamiyat me’yorlari ustunlik qiluvchi institusionallashtirish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, insonning aniq tanlash ishidagi maqsadi jamiyat maqsadi bilan shunchalik ko‘pmos keladi.
|
| |