|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 162/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Kriptovalyutalardan real pul sifatida foydalanish maqsadga muvofiqmi yoki yo’qmi?
Kriptovalyuta va tokenlarning o’ziga va qiymatiga davlat kafolat bera oladimi?
kabi bir qancha savollarni mutaxassislardan boshqa insonlar to’liq tushunmaydilar va ularga bu kerak ham emas. Ularni ko’proq “Pullarni qanday qilib ko’proq topish va saqlash mumkin?” degan savol qiziqtiradi xolos. Agarda tarixga nazar solsak, dunyoning barcha davlatlarida pullarni chiqarish va uni boshqarish masalalari bilan tegishli davlat organlari shug’ullanadilar. Bunday yondoshuvning o’z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud, albatta. Agarda bunday salbiy tomonlar kimlargadir yoqmasa, ular umumiy xolatni o’zgartirib va yaxshilab ololmaydilar, chunki bu ish qonunga hilof amal bo’lib hisoblanadi. Shuni ham aytish kerakki, eng avvalo qandaydir xolat yuzaga keladi, shundan so’nggina uni tartibga soladigan qonunlar yaratiladi. Xuddi shunday holat radio sohasi bilan ham, internet tizimi bilan ham, avtomobil texnologiyasi bilan ham va shunga o’xshash boshqacha texnologiyalarda ham kuzatilgan. Endi esa xuddi shunday hodisa kriptovalyutalar bilan ham kuzatilmoqda. Umuman aytganda, kriptovalyutalar iqtisod, kriptografiya, komp’yuter texnologiyasi va siyosat masalalari kesishuvida paydo bo’lgan. Ilk kriptovalyuta – bitkoin esa pastdan (halqdan) chiqqan innovatsiya bo’lib, yuqoridagilarning (davlat organlarining) bunga hech qanday aloqasi yo’q. Ya’ni, raqamli kriptovalyutalar davlatning emas, balki halq tomonidan ulaning xohish-istaklarini hisobga olgan xolda yaratilgan yechim
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu innovatsion g’oyaning yaratilish tarixi va
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
uning rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi, kelishuvni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi. Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy kelishuvlarni chetga surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi. Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar, shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari, depozitariylar va boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta, yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi. Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari oldiga jinoyatchilik bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday
ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, kriptovalyuta jini Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (Fintex) industriyasi blokcheynni zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan biri deb hisoblashgacha bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir (adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang). Biz ham sizni bu jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.
Blokcheyndan foydalanishning yana bir imkoniyati sifatida World Wi-Fi platformasi yordamida aholi uchun internetdan tekin foydalanish imkonyatini yaratishni ko’rsatishimiz ham mumkin. Bu platforma “Efir” (Ethereum) kriptovalyutasi blokcheyniga asoslangan. World Wi-Fi platformasida uch tomon bo’ladi: internet foydalanuvchisi, router egasi va reklama beruvchi. Ularning har qaysisi ham tizimdan o’z foydasi ulushini oladi. Uyida router bor bo’lgan va internetga ulangan oddiy insonlarni tekin Wi-Fi o’ziga jalb qila oladi, chunki ular internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib, unga boshqalarni jalb qiladilar
va shu orqali pul ishlay oladilar. Ularga ish haqqi WeToken kriptotokenlarida keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki kriptovalyutalarga almashtirib oladilar.Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti- harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshishi va rivojlanishi uchun, bizning fikri ojizimizcha, hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi asosiy yo’nalishlar taklif etish mumkin:
Birinchi stsenariyda bit so’m kriptovalyutasi muomalaga chiqarilishi mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi - degan savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi.
Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi (masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda).
Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiya Federatsiyasidagidek Markaziy bank tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan pilot loyihani ishga tushirishdir (mastercheyn loyihasi). Ushbu platforma bozor ishtirokchlarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va
blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga o’tkazilishini ta’minlashi mumkin.
Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib qolmoqda (bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot universitetiga, moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir). Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar va ular keyinchalik barcha raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.Respublikaga innovatsion iqtisodiyotni tezkorlik bilan rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun yuqoridagi tegishli bo’limda tavsif etilgan ICO (Initial Coin Offering) mexanizmini ham qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya qilib, yig’ilgan mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. Loyiha amalga oshirlib bo’linganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi kriptovalyutalar egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. Masalan, gipotetikUzCotton kriptovalyutasining (quyida keltirilgan barcha
|
| |