• Goldman Sacks
  • Microsoft
  • Samsung, Sony, Microsoft
  • Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari




    Download 2,85 Mb.
    bet159/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari


    Raqamli elektron iqtisodiyotning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 Buymlar interneti, Virtual va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan (Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“,
    Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoT tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan. 2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16 milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib esa internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT bozori eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020 yilga kelib bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi BCG konsulting kompaniyasi tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74).
    Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented reality AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq
    ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar, ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir hizmatchiga mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini kuzatishga imkon beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq tushunish, boshqarish va undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini olishlari mumkin bo’ladi. Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari markasi uchun mashina dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan to’ldirilgan reallik ko’zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko’zoynaklar yordamida motorning ishini rangli uch o’lchamli tasvirda ko’rish va ta’mirlashlash uchun instruktsiyalarni olish mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish joylari, BCG, 2015, p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol qo’llanilish soxalariga ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni kiritish mumkin. Digi Capital kompaniyasining baholashiga ko’ra, 2020 yilga kelib, to’ldirilgan reallik bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan. Goldman Sacks ning bashoratlriga ko’ra esa 2025 yilga kelib, to’ldirilgan reallik dasturiy ta’minotining sotuv hajmining o‘zi $9 milliard dollarga yetar ekan (Texnoligiya va tarix//RBK, 15 iyul 2016 yil. №125(2381)). 2015 yilda Apple va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya RTS to’ldirilgan voqe’lok texnologiyalarini rivojlantirish uchun katta miqdorda investitsiyalar qilidilar – Applekompaniyasi Metaio kompaniyasini sotib oldi, RTS esa $65 million dollarga Vuforia kompaniyasini harid qildi. To’ldirilgan voqe’lik qurilmalarini sotish bo’yicha Microsoft kompaniyasi ham mablag‘ ishlab olish maqsadida mahsus HoloLens ko’zoynaklarini sotuvga chiqardi. VR va AR texnologiyalari bilan Facebook ham faol ravishda qiziqmorda. Masalan, bu kompaniya virtual voqe’lik shlyomlarini ishlab chiqaradigan kompaniya Oculus ni $2 milliard ollarga sotib oldi. Virtual voqe’lik shlyomlarini ishlab chiqaradigan kompaniyalarga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Samsung, Sony, Microsoft va boshqalar. Hozirgi davrda bitta virtual voqe’lik loyihasini amalga oshirish narxi 1-10 million
    rubl atrofida bo’lishi tahmin qilinadi. IDC kompaniyasining baholoviga ko’ra, AR va VR bozorining umumiy hajmi 2020 yilga kelib$162 milliard dollar bo’lishi mumkin ekan. Kelajakdagi eng perspektiv texnologiyalar sirasiga esa aralash voqe’lik texnologiyalarini yoki gibrid voqe’lik texnologiyalarini kiritishimiz mumkin.

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari

    Download 2,85 Mb.