• LaModa - ASOS, KuriVIP – Gilt Group
  • Zalando
  • Groupon
  • Amazon
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet151/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Chiqish bosqichi Exit – bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin.

    Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri moliyaviy royalty (Royalty Financing) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.
      1. Elektron biznesini rivojlantirish strategiyasi


    Global iqtisod va raqamli iqtisodiyotning mavjudligi tufayli, qandaydir mamlakatning jahon trendlaridan ajralgan holda rivojlanishi mumkin bo’lmay qoldi. Elektron biznesda ham bu holat shunda namoyon bo’ladiki, agarda biror-bir mamlakatda biror-bir sohada muvaffaqiyatga erishgan kompaniya paydo bo’lsa, bu kompaniyaning klonlari darhol boshqa mamlakatlarda ham paydo bo’ladi. Chet el kompaniyalari kloni sifatida hosil bo‘lgan kompniyalar juftliklariga misol qilib quyidagialrni keltirishimiz mumkin: LaModa - ASOS, KuriVIP – Gilt Group, AnywayAnyday – Expedia/Kayak, Game Insight – Zygna, Avito – Craigslist, Wikimart – eBay, Biglion – Groupon, Ozon – Amazon. „Lider ortidan yurish“ strategiyasi vositasida kompaniyalar yaratish va uni rivojlantirish Internet tarmog’ida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar uchun juda ham ommabop bo’lib qoldi va bu strategiya jahon bo’ylab juda yaxshi tijoriy natijalarga olib kelayapti. Masalan, Zalando deb nomlangan nemis oyoq-kiyim kompaniyasi va Rossiyaning Sapato kompaniyasi amerikaning Zappos kompaniyasi nusxasidir. Groupon kompaniyasining klonlaridan biri BuyWithMe.com Grouponning Xitoydagi nusxasi bo‘lib, unda ko’pchilik elementlar – nomlar, logotip va sayt dizayni aynan bir xil qilib ko’chirib olingan. Qonun nuqtai-nazridan bunday ishlarga qarshi turish juda murakkab va katta sarf-harajat talab qiladi. Shuning uchun kompaniyalar
    ko’pchilik xollarda klonlarga unchalik e’tibor bermaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, agar kompaniya yangi bozorlarga chiqishni rejalashtirsa, o’sha mamlakatlardagi klonlarni uni barcha elementlari bilan birgalikda (mijozlari, infratuzilmasi, ommaviyligi va injener-texnik xodimlari bilan) sotib oladi va ortiqcha harajatlardan qutulgan holgan yangi bozorlarni ham egallab oladi. Masalan, shu strategiyaga amal qilgan xolda Groupon kompaniyasi dunyo bo’ylab 20 dan ortiq yangi bozorlarni o’zlashtirib oldi. Alando.de deb nomlangan eBay ning kloni esa 1999 yilda eBay ga $54 miilonga sotildi. Turli xil mamlakatlarda yaratilgan klonlarni sotib olish biznesning boshqa davlatlarga expansiysi strategiyalaridan biri bo’lib qolishi ham mumkin, chunki muvaffaqiyatli klon yaratish va uni yirik korporatsiyalarga sotish katta foyda keltiradi.
    Raqobat va koopertsyia orasidagi tanlov masalasini eBay va Amazon misolida ko’rib chiqishga harakat qilamiz (Stoun B. The everything Store. Djeff Bezos va Amazon erasi. M: Azbuka Biznesa, 2014). 1994 yilda Djeff Bezos oldin kitoblar, so’ngra esa B2B va B2C bozorlarida mahsulot va xizmatlarning keng assortimentini taklif etadigan Amazon internet kompaniyasiga asos soldi hamda bu kompaniya tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1998-99 yillarda esa uning juda havfli raqobatchisi bo‘lgan eBay kompaniyasi rahbariyati bilan yuqori darajadagi uchrashuv uyushtirildi va bu uchrashuvda ularning birgalikda ish olib borishlarining turli variantlari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida shunga kelishildiki, Amazon saytida eBay ga tegishli bo’lgan ilovalar joylashtiriladi, eBay saytida ham Amazon ga tegishli ommabop kitoblar bo’yicha ilovalar joylashtiriladi. Natijada ikki tomon mutasaddilari ham raqobatlashish o’rniga o’zaro ancha foydali bo’lgan kelishuvga erisha oldilar.
    Hozirgi davrda Internetda yangi va ommabop raqamli tovarlar hamda hizmatlar yaratishning quyidagi asosiy strategiyalari mavjud:

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.