Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




Download 2,85 Mb.
bet43/217
Sana15.05.2024
Hajmi2,85 Mb.
#236153
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   217
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

qiymatga yo‘naltiriganlik: dunyoni o’zgartirish va qiymat yaratish yoki uni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tushunish.

  • bajarishi lozim bo‘lgan vazifa: tashkilot mavjudligidan qanday ma’no kutiladi? Bu korxonani nima uchun tashkil qilyapmiz?

  • konstitutsiya: tashkilotning umumiy maqsadlari va u qiymat yaratadigan qoidalarni tavsiflash lozim.

  • ish usullari: masalan, tashkilot qiymat yaratishda o‘zini qanday tutishi, u qanday moliyalashtirilishi (kraudfanding orqali, ilk bosqichda an’anaviy investitsiyalar orqali, foyda hisobidan), resurslarni qanday xarid qilish zarur.

  • mehnatning odamlar va mashinalar o‘rtasida taqsimlanishi: yaqin istiqbolda, aftidan, yaratilayotgan tizimda odamlar rahbarlik qilishi lozim.

  • dastur funksiyalari: korxona tashqi shartlar o‘zgarishini qanday aniqlaydi va ularga qanday javob qaytaradi.

  • odob-axloq kodeksi: bu yerda «yovuzlik qilma»Googletamoyili bilan cheklnaib bo‘lmaydi. Taqsimlangan mustaqil korxonaga maqbul keladigan xulq- atvor aniq va ravshan ta’riflanishi kerak bo‘ladi.

    Ehtimol, yaqin kelajakdataqsimlangan mustaqil korxonalar hali-zamon paydo bo‘lmaydi, lekin ular ortida turgan kontseptsiya biznes-strategiyaga ta’sir etishi mumkin. Global pirring platformalari rivojlanishi bilanshaxsni tasdiqlash, ishonch asosida munosabatlar o‘rnatish, nufuz shakllantirish va tranzaksiyalar o‘tkazish uchun ko‘pchilikning muvaffaqiyatga erishishiga hizmat qilishi lozim bo‘lgan yangi firma tuzilmalarini yaratish mumkin. Yuqoridagilarni diqqat bilan o’qib chiqqan bo’lsangiz, siz boylikni demokratik ruhda taqsimlashni ta’minlaydigan va tarmoqni muvozanatdan olib chiqishga yordam beradigan yangi biznes-modellar haqida ancha narsalarni bilib oldingiz.Umuman olganda, uzoqni ko‘zlab ish yuritadigan kompaniyalarblokcheyn iqtisodiyotida ishtirok etishga harakat qiladilar. Rivojlanayotgan dunyoda qiymat yaratishni (tadbirkorlik tufayli) va qiymatda ishtirok etishni (kompaniyadagi taqsimlangan mulkchilik mexanizmi orqali) taqsimlash mexanizmi muvaffaqiyatga erishish paradoksini hal qilishga qodir deb o’ylaymiz.Alohida shaxslar yoki markazlashtirilgan vositachi-ilovalar emas, piring tarmoqlari qatnashchilari tomonidan jarayonlarni modernizatsiya qilish va avtomatlashtirish yuqorida qayd qilingan qator ustunliklar keltirishga qodir bo’ladi, shu jumladan:

    • tezlik o’sishi (boshdan-oxir avtomatlashtirish);

    • harajatlarning kamayishi (amalda bu cheksiz ma’lumotlar hajmini qayta ishlash markazlariga yetkazish bilan bog‘liq vabunda qimmatga tushadigan vositachilar istisno qilinadi);

    • foyda, natijaviylik va yoki unumdorlikni oshirish (ortiqcha resurslarni ulardan takroriy foydalanish uchun bo‘shatish);

    • samaradorlikni oshirish (kiritilgan nazorat reglamentlari va inson omilining ta’sirini pasaytiradigan boshqa protokollar);

    • axloqiylik va havfsizlikni oshirish (shaxsiy ishonch talab qilinmaydi, chunki ishonch tarmoq arxitekturasiga kiritilgan bo‘ladi);

    • tizimning ishdan chiqish ehtimoli pastroq (zaif jihatlarni bartaraf qilish, ishdan chiqishga chidamlilik);

    • energiya iste’moli pastligi (energiya sarfi tarmoqning o‘zi tomonidan yo‘qotishlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish, dinamik narx shakllantirish va teskari aloqa sirtmoqlari bilan qoplanadi);

    • shaxsiy axborotlarning himoya qilinishini yaxshilash (vositachilar blokcheynda berilgan qoidalarni buzishi yoki pisand qilmasligi mumkin);

    • «cheksiz ma’lumotlar» to‘plash va tahlil qilish tufayli ularni yaxshilash imkoniyatlari, jarayonlar va qonuniyatlarni yaxshiroq tushunish;

    • turli xildagi ham salbiy (noqulay ob-havo, zilzila, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar), ham ijobiy (qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun qulay vaqt, xarid shablonlari) hodisalarni bashorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash.

    Taqsimlangan ochiq biznes model shuni anglatadiki, kompaniya bozorni tark etadigan yoki ishlab chiqaruvchi xonavayron bo‘ladigan bo‘lsa ham,buyumlar Interneti tarmoqlari o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlab turishi mumkin. Blokcheyn texnologiyasiistalgan shaxsga o‘zining rivojlanishi va gullab-yashnashiga yo’naltirilgan yo‘l xaritasini tuzishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotda ishtirok etish uchun eng oddiy shartlar – uyali aloqa telefnoi va internetga ulanish imkoniyati yetarli boladi.Yuqorida ta’kidlaganimizdek, blokcheyn texnologiyasihar bir kishiga iqtisodiy munosabatlar qatnashchisi bo‘lish imkonini beradigan biznes-modellar yaratishga imkon beradi.Blokcheyn kompaniya yaratishning uchta tarkibiy qismi bor – uni tashkil qilish, moliyalashtirish va uni bozorda ilgari surishni atvomatlashtirish, soddalashtirish va sezilarli darajada takomillashtirish. Kelejakda bunday kompaniyani tashkil qilish qiymati sezilarli darajada pasayadi, chunki blokcheyn – korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishning mashhur va ishonchli usuli hisoblanadi. Mulk hamma uchun ko‘rinarli, qaydlar yuritish esa oson, bu ayniqsa, qonunchilik bilan tartibga solish qiyin bo‘lgan sohalarda foydali bo’ladi. Ishonchli va o‘zgarmas registrlar tufayli, tadbirkorlar o‘z korxonalarini va korporativ aktivlarga egalik qilishni ro‘yxatdan o‘tkazishi, tovar zaxiralari va majburiyatlarini boshqarishi, shuningdek, uch karralik buxgalteriya
    hisobi yoki blokcheyndagi boshqa ilovalar uchun dasturiy ta’minot yordamida boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlardan foyda olishi mumkin, bu esa auditorlar, soliqqa tortish bo‘yicha mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi. Smart-shartnomalar tufaylitadbirkor kompaniya faoliyatining ko‘plab jihatlarini avtomatlashtirishi mumkin, chunonchi: xaridlar, mehnatga haq to‘lash, kredit bo‘yicha foiz, real vaqt rejimida moliyaviy auditni amalga oshirish. Bizning fikrimizcha, yaqin kelajakda blokcheyn texnologiyasi yordamida yakka tartibdagi tadbirkorlikning ikkita yangi biznes modeli yuzaga kelishi mumkin:

    • ortiqcha narsalarni dozalangan tarzda ijaraga olish va ijaraga berish. Blokcheyn texnologiyasi yordamidagi biznes model individual shaxslarga noan’anaviy qiymat yaratish va daromad olishga imkon beradi.

    • ma’lumotlarni mikromonetarizatsiyalashtirish. Dekret ta’tilidagi ota-ona va kichkina bolalar yoki keksa ota-onaga qarash bilan band bo‘lgan boshqa oila a’zolari nihoyat o‘z uy mehnatini monetarizatsiyalashtirishi va ular har soat yaratadigan qiymat uchun e’tirofga ega bo‘lishi mumkin.

    • raqamli «aqliy hujum». Muammolar yoki qandaydir ehtiyojlarni aniqlash maqsadida real vaqt rejimida davlat amaldorlari va oddiy fuqarolarning biror bir masala yoki muammo haqidagi fikrlarini aniqlaydigan«bitta odam – bitta ovoz» ko’rinishidagi onlayn-sessiyalar tashkil qilish mumkin;

    • qasamyod qilgan onlayn hakamlar va oddiy fuqarolardan iborat bahs- munozaralar o’tkazilishi ham mumkin. Hakamlar axborot bilan o‘rtoqlashish, savollar berish, muammolarni muhokama qilish, dalil-isbotlarni bilib olish uchun Internetdan foydalanadilar. Blokcheyn nufuz tizimlari munozara qatnashchilari va hakamlar nufuzi haqidagi ma’lumotlarni va ularning tarjimai holini bilib olishga yordam beradi. Qarorlar va muhokamalar blokcheynda qayd qilinadi;

    Blokcheyn texnologiyasihukumatningharajatlari hajmini ancha qisqartirishi mumkin, lekin buning uchun ko‘plab sohalarda yangi qonunlar kerak bo’ladi. Mualliflik huquqlari va intellektual mulk muammolarini hal qilish uchun ham texnologik va biznes-modellar mavjud. Shu sababli, patentlarning ortiqcha himoya
    qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki ulardan umuman voz kechish zarur.

    1. Download 2,85 Mb.
  • 1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.